April 15

Пост 15.04.2025

MA'RIFAT SOATI  2025-yil 15-aprel kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida “Globallashuv  jarayonida yoshlar ma’naviyati” mavzusida Ma’rifat soati o`tkazildi. Kun tartibidagi masala boyicha kafedra mudiri, f.f.d,prof. D.Rajabovning ma’ruzasi tinglandi:
Yangidan yangi tashabbus, g‘oyalarni ilgari surish, zamonaviy ish yuritish uslublarini joriy qilishda aynan shu qatlamning nuqtayi nazari, sa’y-harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirda mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etadi. Ayni davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni jadallashtirish, ta’lim-tarbiya sohasini isloh etish, yoshlarimizni zamonaviy bilimlarni puxta egallagan yuksak aql-zakovat sohibi etib voyaga yetkazish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biridir. Biroq xalqimizning o‘ziga xos va mos milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiya borasidagi azaliy an’analariga, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga «ommaviy madaniyat», mentalitetimizga yot g‘oya va qarashlar soya solayotgani ham hech birimizga sir emas. Ushbu jarayonda tarbiya masalasiga o‘z vaqtida jiddiy e’tibor qaratish, bu borada ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» degan purma’no so‘zlarini aslo unutmasligimiz lozim.  Kun tartibidagi masala bo`yicha kafedra professor-o`qituvchilarining ham axborotlari tinglandi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha kafedra mas'uli, f.f.f.d(PhD) D.Sodiqova.