Z.M.Bobur
MA'RIFAT SOATI 2025-yil 11-fevralda O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida Z.M.Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Shoh va shoir, buytuk sarkarda Zahriddin Muhammad Bobur" mavzusida navbatdagi Ma'rifat soati o`tkazildi. Kafedra mudiri, f.f.d.prof. D.Rajabovning mavzu doirasida ma'ruzasi tinglandi: O‘tmish adabiyot va tarix, musiqa va san’atdan yaxshi xabardor bo‘lgan, diniy ta’limotga chin ixlos qo‘ygan Bobur har doim olimu fozillar davrasida bo‘ldi, xususan ijod ahliga, kasb-u hunar sohiblariga samimiy ehtirom ko‘rgazib homiylik qildi, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib turdi. Ijod va san’at ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz bo‘lmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shug‘ullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan to‘xtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi. Bobur 18—19 yoshlarida ruboiy va g‘azallar yoza boshlagan. Uning «Topmadim» radifli g‘azali va «Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi» misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi o‘sha yillardagi hayoti bilan bog‘liq. Boburning ulkan san’atkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga ko‘tara oladi va natijada asarlarida olg‘a surilgan g‘oyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tariladi. Bobur ijodida, xususan, she’riyatida kindik qoni to‘kilgan ona yurtini dildildan qo‘msash, uning tuprog‘iga talpinish, g‘ariblik azoblaridan o‘tli hasrat, yoru diyor soginchi va visol ilinji, taqdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola badiiy tahlil etiladi. Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzui ham salmoqli o‘rin tutadi. Uning g‘azal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida ma’shuqaning maftunkor go‘zalligi, beqiyos husnu latofati, sharqona odobu axloqi, nozu karashmasi yengil va o‘ynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi. Mavzu doirasida kafedra professor -o`qituvchilaridan f.f.n,dotsent H.Safarovalarning ham axborotlari tinglandi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha kafedra mas'uli, f.f.f.d.(PhD) D.Sodiqova.