April 21
MENING MAKTABIM
2025-yil 21-aprelda Peshku tumanida "Mening maktabim" loyihasi doirasida bir qator tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirda BuxDU professori, f.f.d. N.Bekova va f.f.f.d(PhD) U.To`rayevalar o`z ma'ruzalari bilan faol ishtirok etishdi. Shu bilan birga, kitobxonlikni targ`ib qilish maqsadida o`quvchi-yoshlar o`rtasida "Kitobxonlik tanlovi" ham o`tkazildi. BuxDU ustozlari ushbu tanlovda hakamlik qilishdi. Tanlov so`ngida g`olib o`quvchilar va BuxDU ustozlari esdalik sovg`a va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. O`tkazilgan tanlov barchada katta taassurot qoldirdi.