March 4

..

MA'RIFAT SOATI.  2025-yil 4-mart kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida “Ayol borki, olam munavvar” mavzusida Ma’rifat soati o`tkazildi. Kun tartibidagi masala bo`yicha kafedra mudiri, f.f.d,prof. D.Rajabovning ma’ruzasi tinglandi:
    Onani e’zozlash, qadr-qimmatini o‘rniga qo‘yib, boshga toj kabi ko‘tarish bizlarga ota-bobolardan merosdir. Bir buyuk inson aytganidek: “Bu olamda ulug‘ zot kim, desang, shubhasiz doim onam deyman”.
    Ona ulug‘ zot bo‘lish bilan birga, o‘zida hayratli mo‘jizalarni mujassam etgan sir-sinoatlarga boy insondir. Masalan, go‘dak chinqirab yig‘layapti. Uni atrofidagilar qancha harakat qilmasin tinchlantirolmayaptilar. Bola na aldovga, na do‘qqa ko‘nadi. Yumushlardan bo‘shagan onasi uni darhol bag‘riga bosadi. Go‘dak ona isini olishi bilan tinchiydi. Yana bir holat: bola kasal, issig‘i baland, bir ahvolda yotibdi. Unga doktorning dori-darmonlari ham unchalik kor qilmayapti. Shunda ona alahsirayotgan farzandining peshonasiga mehr bilan haroratli kaftini qo‘yadi. Bir pastdan so‘ng bola orom ola boshlaydi. Ona bilan bog‘liq bunday hayratli misollarni ko‘plab keltirish mumkin.