October 23

"Matematik tahlil" fanidan ochiq dars

Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti 411-xonada 2024-yil 18-oktabr kuni 2-kurs magistranti M.I.Ravshanova tomonidan 1-mex-24 guruh talabalari bilan “matematik analiz” fanining “Funksiyaning hosilasi. Funksiya hosilasining geometrik hamda mexanik ma’nolari, hosilani hisoblash qoidalari” mavzusida ochiq amaliy mashg’ulot o’tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika va  axborot texnologiyalari fakulteti 411-xonada 2024-yil 18-oktabr kuni 2-kurs magistranti M.I.Ravshanova tomonidan 1-1mex-24 guruh talabalari bilan “matematik analiz” fanining “Funksiyaning hosilasi. Funksiya hosilasining geometrik hamda mexanik ma’nolari, hosilani hisoblash qoidalari” mavzusida ochiq amaliy mashg’ulot o’tkazildi. Ochiq amaliy mashg’ulotning tashkiliy qismida talabalar 2 ta guruhga bo’lindilar, A4 formati metodidan foydalanib o’tgan dars takrorlandi. Mustahkamlash qismidan keyin yangi mavzuga ozgina tushuncha berilib, namunaviy misollar doskaga o’qituvchi tomonidan ishlab berildi. So’ngra o’quvchilar “Daraxt metodidan” foydalanib misollar ishladilar. “Bonkamat” metodidan foydalanib guruhlar musobaqa tarzida misollar ishlandi. Mavzuni mustahkamlash uchun chehralar metodidan foydalanildi, tushunmagan misollar tushuntirib berildi. Kafedra professor-o’qituvchilari so’zga chiqib, o’tkazilgan ochiq dars haqida o’z fikr-mulohazalarni bildirdilar