SIYOSIY MA"RIFAT SOATI
Kun tartibidagi masala bo‘yicha kafedra mudiri f.f.d.prof. D.Rajabovning axboroti tinglandi:
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-mart kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini Hazrati Xizr majmuasidagi mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Islom Abdug‘aniyevich qabriga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi. Qur’on tilovat qilinib o‘tganlar xotirasi yod etildi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Ma’lumki, ushbu majmuada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan juda katta hajmdagi qurilish, hududni obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmalari asosida majmua loyihasi takomillashtirilib, maqbara granit va marmar bilan qoplandi. Maqbara peshtoqi va unga tutash ayvon milliy naqshlar asosida bezatilib, unga Qur’oni Karim oyatlari bilan birga Islom Karimovning hikmatli so‘zlari bitildi. Prezidentimiz majmuada olib borilayotgan ishlarni mantiqiy yakuniga yetkazish, ziyoratchilarga tegishli sharoitlar yaratish, unga yondosh qabristonni obod qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Mavzu doirasida kafedra professor-o`qituvchilarning ham axborotlari tinglandi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha kafedra mas'uli, f.f.f.d(PhD) D.Sodiqova.