..
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida 2025-yil 7-fevralda navbatdagi Siyosiy ma’rifat soati o‘tkazildi. Siyosiy ma’rifat soatini kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha kafedra mas’uli D.Sodiqova kirish so‘zi bilan ochib berdi va uning mavzu doirasidagi axboroti tinglandi:  
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.
 "Siyosiy-ma'rifat" soatining bugungi soni orqali yurtimizda va xorijda ro'y bergan muhim voqealar tavsilotlari, shuningdek,  aholi bandligini ta’minlash investitsiyalarni jalb qilish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Kun tartibidagi masala bo`yicha f.f.d, professor Sh.Davronovaning ham fikr-mulohazalari tinglandi: