March 28

Nizom

“Imkon shou” tanlovi nizomi
I. Umumiy qoidalar:
1.1. Tanlov universitetdagi barcha yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida o‘tkaziladi;
1.2. Ishtirokchilar 5 kishidan iborat jamoa tuzishlari kerak;
1.3. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun maxsus tashkiliy qo‘mita tuziladi.

II. Tanlov maqsadi:
2.1. Talabalar o‘rtasida iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;
2.2. Talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
2.3. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va jamoaviy ishlash madaniyatini shakllantirish.
III. Tanlovni o‘tkazish shartlari:
3.1. “Tezkor savol-javob” sharti - bu shartda boshlovchi tomonidan 1 daqiqa vaqt ichida berilgan qiziqarli savollarga ishtirokchilar javob berishi kerak.
3.2. “Pantomima” sharti - bu shartda boshlovchi tomonidan ko‘rsatilgan harakatni ishtirokchilar ovoz ishlatmagan holda jamoa a’zolariga ko‘rsatishi kerak.
3.3. “Test” sharti - bu shartda har bir jamoaga qur’a tashlash yo‘li orqali turli yo‘nalishlarda boshlovchi tomonidan test savollari beriladi.
3.4. Umumiy ballar hisoblangandan so‘ng ikkala jamoa ballari teng bo‘lgan holda, jamoalar uchun qo‘shimcha test savollari beriladi.
IV. Tanlovni o‘tkazish bosqichlari:
4.1. Tanlovning har bir sonida 2 ta jamoa ishtirok etadi va o‘yinlar o‘tkaziladigan kun arafasida qur’a tashlash natijalariga ko‘ra tuziladi va tanlov tashkilotchilari tomonidan tasdiqlanadi.

4.2. O‘yinlar final bosqichiga qadar davom etadi.
4.3. Musobaqalar davomida jamoalar tarkibini o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga ruxsat berilmaydi.
V. G`oliblarni aniqlash va taqdirlash tartibi
5.1. Tanlovda har bir g`alaba qozongan jamoa keyingi bosqichga yo`llanmani qo`lga kiritadi, mag`lubiyatga uchragan jamoalar musobaqani tark etadi.
5.2. Tanlovda 1, 2, 3-o‘rinni egallagan talabalar BuxDU ma’muriyati tomonidan maxsus diplom, vaucher va quyida keltirilgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Birinchi o‘rin uchun – bazaviy stipendiya miqdorining uch baravari miqdorida(har bir g‘olib talabaga);
Ikkinchi o‘rin uchun – bazaviy stipendiya miqdorining ikki baravari miqdorida(har bir g‘olib talabaga);
Uchinchi o‘rin uchun – bazaviy stipendiya miqdorining bir baravari miqdorida(har bir g‘olib talabaga).
VI. Jamoani tanlovdan chetlashtirish tartibi
6.1. Jamoalarning dalolatnomasida mazkur Nizomning I bobiga zid ravishda qayd etilgan ishtirokchi yoki dalolatnomada qayd etilmagan ishtirokchi o`yinda ishtirok etganligi aniqlangan yoki jamoa o`yinga kelmagan hollarda, bu jamoaga “texnik mag`lubiyat” yoziladi.
6.2. Jamoa ishtirokchilari tomonidan tanlov qoidalariga zid, turli ko`rinishdagi Reglamentga nomuvofiq xatti-harakatlar, o‘yinni o`z foydalariga hal qilish uchun tashkiliy jamoaga, raqib jamoalarga tazyiqlar o`tkazish va boshqa nomuvofiq huquqbuzarliklarga yo`l qo`yganliklari aniqlangan taqdirda ushbu jamoa tanlovdan chetlashtiriladi.
6.3. Jamoa o`yin boshlanish vaqtidan 15 daqiqadan ortiq muddatga kech qolganida, u o`yinga uzurli sabablarsiz kelmagan deb hisoblanadi.
VII. Qo‘shimcha qoidalar:
7.1. Tashkiliy qo‘mita tanlov shartlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega;
7.2. Ishtirokchilar o‘z chiqishlari uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar.
DALOLATNOMA SHAKLI*

                             “TASDIQLAYMAN”

                           _____________________
                       (imzo)        (F.R.Karimov)

                     2025 yil   _____       __________

Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkilotining “Imkon shou” tanlovida ishtirok etish uchun

________________________________________________________
(jamoa nomi)

DALOLATNOMASI

№  F.I.Sh  Fakulteti  Guruhi  Kursi
1       
2       
3       
4       
5       

Jamoa sardori:     ___________________________                         _____________
                                                               (F.I.Sh)                                                                        (imzo)