January 28

"Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch"

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida 2025-yil 28-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov xotirasiga bag’ishlab “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” g’oyasi ostida “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida Ma’rifat soati tashkil qilindi. Ma’rifat soatini kafedra mudiri, f.f.d.,prof. H.Eshonqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi va mavzu doirasida axboroti tinglandi: Islom Karimovning "Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch" asarida yoshlarga oid siyosat alohida o‘rin egallaydi. Asarda yoshlarga nisbatan e’tibor, ularning ma’naviy va intellektual tarbiyasi, milliy qadriyatlar bilan uyg‘un holda rivojlanishi mustaqil O‘zbekiston kelajagini belgilovchi omil sifatida talqin etiladi. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab Islom Karimov milliy davlatchilik, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy yangilash, bugungi kunda butun dunyoda mashhur “o‘zbek modeli” asoslarini ishlab chiqdi. Kun tartibidagi masala bo`yicha kafedra professorlari D.O`rayeva, D.Quvvatova, M.Rajabova, f.f.f.d(PhD) D.Sodiqovalarning ham axborotlari tinglandi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha kafedra mas'uli  D.Sodiqova.