February 22

EHSONDAN MUNAVVAR QALB EHSONI" MONOGRAFIYASI TAQDIMOTI                                                                                                                                            

2025-yil 21-fevral kuni Buxoro davlat universiteti  Axborot resurs markazida  Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori H.Eshonqulovning "Ehsondan munavvar qalb ehsoni" nomli monografiyasi taqdimoti o`tkazildi. Ushbu taqdimotda kafedra professor-o`qituvchilari, magistrlar, doktorantlar hamda ARM boshlig`i A.Qilichev, kutubxona xodimlari faol ishtirok etishdi.   Monografiyada umrini ilm yoʼlida bagishlagan, uning ziyosidan minglab koʼngillarni munavvar eta olgan ustoz, taniqli navoiyshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Rahim Joʼrayevich Vohidovning ibratli hayot yoʼllari, ustoz-shogirdlik munosabatlari, oʼzbek mumtoz adabiyoti, xususan, navoiyshunoslik borasida olib borgan ilmiy izlanishlari mahsuli boʼlgan asarlarining tavsif va tasniflari, ularning eng muhim jihatlari xususida soʼz yuritiladi. Kitob taqdimoti qizg`in bahs-munozaralar bilan davom etdi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha kafedra mas'uli, f.f.f.d(PhD) D.Sodiqova