March 25

Bola aziz odobi undan aziz

MA'RIFAT SOATI 2025-yil 25-mart kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida “Bola aziz, tarbiyasi undan aziz!” mavzusida Ma’rifat soati o`tkazildi. Kun tartibidagi masala bo`yicha kafedra mudiri f.f.d,prof. D.Rajabovning ma’ruzasi tinglandi:
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda farzandlarimizni jismonan va ma’nan barkamol etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mantiqan bir-birini to‘ldiruvchi “Oila yili”, “Sog‘lom avlod yili”, “Sihat-salomatlik yili”, “Ijtimoiy himoya yili”, “Yoshlar yili” va “Sog‘lom bola yili”da amalga oshirilgan barcha ishlar hamda yoshlar tarbiyasi va ularning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil davlat siyosatining amaliy ifodasi hisoblanadi.   Shu ma’noda muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”, deb aytgan so‘zlari farzandlarimiz jamiyatning birlamchi bo‘g‘ini ekanligini isbotlaydi.