"Yoshlar -kelajagimiz pydevori"
"Yoshlar – kelajagimiz poydevori, ularning orzu va intilishlari mustahkam bo‘lsa, xalqning ertasi ham porloq bo‘ladi."
Joriy yilning 14-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashib, ularning fikrlarini eshitdi, muammolariga yechim topishbo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazdi.
Bugun yoshlar uchun imkoniyatlar eshigi ochiq. Kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi
- ta’lim krediti foizsiz beriladi;
- qo‘shimcha grant ajratiladi;
- kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.
Bunday imkonyatlar beriladigan yurt yana qayda bor. Bugun turli yoʻnalishlarda yoshlarimiz, tengdoshlarimiz ulkan zafarlarga erishmoqdalar. Ularni koʻrib inson yanada motivatsiyaga toʻladi. Bu esa kishini harakatga undaydi. Asosiy muammo iqtisodiy jihatda emas, aksincha jijoat va jasoratdadir. Apple kampaniyasi asoschisi menga pul kerak boʻlganda oʻzimni ishga urmayman. Hotirjamlikni saqlagan holda imkoniyatlarimdan kelib chiqib samarali rejalar tuzishga harakat qilaman degan gapi bor edi. Bugun biz bor kuchimiz bilan bilim olsak, chet tilini oʻrgansak, ertangi kunimizni bugunimizdan yaxshilay olamiz, Xaqlimiz bejizga "Harakatda barakat demaydi."
Uchrashuvdan so‘ng men shuni angladimki, yoshlar uchun imkoniyatlar nihoyatda ko‘p. Eng muhimi — ulardan to‘g‘ri foydalanish, izlanish va harakat qilishdir. Davlat rahbarining yoshlarni qo‘llab-quvvatlashi, ularning g‘oyalarini tinglashi va ularga amaliy yordam berishi kelajakka bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Men ham bu jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishni va o‘z bilimim bilan yurtim rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qildim. Ushbu uchrashuv davomida aytilgan boshqa fikirlar ham meni juda ilhomlantirdi.
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti jurnalistika yoʻnalish talabasi Nargiza Nuʼmonova