April 12
"Mahorat darsi"
“Mahorat darsi” tashkil etildi
2025 yil 12 aprel kuni soat 09:20 da Buxoro davlat universiteti Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi K.J.Rahmonov tomonidan Buxoro shahar 8-umumta’lim maktabining 9 “Ye” sinfida “O‘zbekiston tarixi” fanidan “Qo‘qon xonligida kiyinish madaniyati” mavzusida “Mahorat darsi” tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotiga maktabning oliy toifali tarix fani o‘qituvchisi Alisher Muxtorov, tarix fani o‘qituvchilari Zilola Rahmonova, Maftuna Tog‘oevalar ishtirok etdilar. Shuningdek, 5-4TAR-22 guruhi talabalari o‘quv rejaga ko‘ra “Tarix o‘qitish metodika” fanining sayyor darsini amalga oshirdilar.