.
" V Respublika Kitobxonlik haftaligi" Joriy yilning 21-aprel kuni Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida " V Respublika Kitobxonlik haftaligi" doirasida anjuman o`tkazildi. Anjumanda BuxDU O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, f.f.d. M.Rajabova, f.f.f.d(PhD) D.Sodiqova, tyutor D.Rahmonova hamda 6.1MAM22, 6.5UZB23- guruh talabalari, ARM xodimlari, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi R.Mahmudov, viloyat Ma'naviyat va ma'rifat bo`limi xodimlari, 20-umumta'lim maktabi o`qituvchi va o`quvchilari faol ishtirok etishdi. Anjuman doirasida kitobxonlikni targ`ib etish borasida soha mutaxassislarining ma'ruzalari tinglandi. BUndan tashqari talabalar ijodidan namunalar tinglandi.Tadbini yuqori saviyada tashkillashtirish va o`tkazishda amaliy yordami uchun BuxDU ustozlari va faol talabalar esdalik sovg`alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.