February 4

Alisher Navoiy

2025-yil 4-fevral kuni O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida “Buyuk shoir, davlat arbobi  va mutafakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi– ibrat maktabi”  mavzusida Ma’rifat soati o`tkazildi. Kun tartibidagi masala bo`yicha kafedra mudiri f.f.d,prof.D.Rajabovning ma’ruzasi tinglandi. Ma'lumki, turkiy xalqlarning “shams ul-millat”i bo‘lgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy jahon adabiyoti xazinasini o‘zining hassos she'riyati, buyuk “Xamsa”si, fan sohalarining turli tarmoqlariga bag‘ishlangan boy ilmiy merosi bilan boyitgan so‘z san'atkoridir. O‘z ijodiy merosida 26 mingdan ortiq lug‘at boyligidan foydalangan bu buyuk daho mana besh asrdan oshibdiki, asarlaridagi chuqur falsafiy mushohadakorlik, ma'no-mohiyatning keng ko‘lamligi va nazmiy merosidagi fasohat dengizining bepoyonligi bilan jahon ahlini hayratga solib keladi. Mavzu doirasida kafedra professori D.O`rayevaning ham fikr mulohazalari tinglandi. O`tkazilgan Ma'rifat soati qizg`in bahs-munozaralar bilan davom etdi.                                                                                                                                                   Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha kafedra mas'uli, f.f.f.d(PhD) D.Sodiqova