February 20

Yangi Oʻzbekiston-yangi imkoniyatlar!

Yangi O'zbekiston - yangi imkoniyatlar!

Prezidentimiz tomonlaridan amalga oshirilgan yoshlar bilan uchrashuv davomida yoshlar orasida tobora keng avj olib borayotgan bir qator muammolar, ularning bandligi, yoshlar orasida sport va kitobxonlik targ‘ibotini yana kuchaytirish bo‘yicha kerakli bo‘lgan bir qator chora tadbirlar aytib o‘tildi.
Uchrashuvning ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgani  biz yoshlar uchun quvonarli hol bo‘ldi desam adashmagan bo‘laman.
Rahbarimiz tomonlaridan: “- Bugungi kunda biz mard va matonatli xalqimizga, serg‘ayrat yoshlarimizga ishonganimiz uchun o‘z oldimizga kata-katta maqsadlar qo‘ymoqdamiz, marrani baland olmoqdamiz.
-  Men qayta-qayta takrorlashdan charchamayman. Albatta, bu ezgu g‘oyalarni sizlar – bugungi Yangi O‘zbekiston yoshlari amalga oshirasizlar” deb aytilgan ushbu so‘zlar, biz yoshlar uchun kelgusida bundanda yuqori marralarni egallashamiz uchun poydevor bo‘ladi degan umiddaman.

Firdavs Jo‘rayev
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti
Yoshlar ittifoqi koordinatori