Zulfiya
“Zulfiyaxonim – vafo va sadoqat timsoli” Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim hayoti va unutilmas ijodini keng targ‘ib qilish maqsadida “Zulfiyaxonim – vafo va sadoqat timsoli” mavzusida Ma'rifat soati o‘tkazildi. Kun tartibidagi masala bo`yicha kafedra dotsenti(v.b.), f.f.fd(PhD) D.Sodiqova ma’ruzasi tinglandi. O‘zbek she‘riyatini o'zining eng sara asarlari bilan boyitgan, asarlarida inson hayotidagi voqealarni haqqoniy tasvirlashi bilan kitobxon e'tirofini qozongan shoiralardan Zulfiya Isroilova hayoti va ijodining o`ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot berildi. Shoira bosib o'tgan uzoq mashaqqatli yo'l,umr yo'ldoshiga bo'lgan sevgisi,uning sadoqati haqiqiy o'zbek ayoli matonati timsoli bo'lib tarixga muhrlandi. Zulfiya-o'z xalqining taqdiri bilan qo'shilib ketgan ijodkordir.Haqiqatdan ham, u hayotdagi hamma narsa haqida ayol qalbi bilan tinglab,ayol ko'zi bilan ko'rib, idrok etib, ayol so'zi bilan tasvirlaydi, ayol ovozi bilan kuylaydi!
Kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan shoira she'rlari tahlilga tortildi. Bundan tashqari filologiya fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirokida shoira she'rlari asosida bahr-u bayt o`tkazildi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha kafedra mas'uli, f.f.f.d(PhD) D.Sodiqova.