April 18, 2020

Ўраб олувчи темиратки

Òrab oluvchi temiratki
Qòzğatuvchi nomi Varizella virus
Kasallik soğlom odamda yuzaga kelishining sabablari oddiy: travma, sovuq qotish; shuningdek, pnevmoniya, limfoleykoz, limfogranulematoz, rak metastazlarining asorati sifatida uchraydi
Kòproq bahor va kuzda uchrashi aniqlangan.
Yashirin davri 2-3 hafta. Kasallik zararlangan nerv tolasi(kòpincha qovurğalararo nervlar) yònalishi bòyicha nevralgik oğriq(kòpincha chidab bòlmas) bilan boshlanadi. Isitma, bosh oğriq, zararlangan soha terisida achishish, qichishish belgilari ham kuzatiladi. Alohida sezuvchan nerv yònalishi bòyicha òlchami 3-5 sm va undan ham kòp bòlgan chegaralangan pushti doğlar paydo bòladi. Mana shu doğlar paydo bòlgandan sòng 1-hafta oxiri yoki 2- haftada doģlar ustida zich joylashgan pufakchalar(0,1-0,3 sm) paydo bòladi. Pufakcha ichi shaffof suyuqlik bilan tòlgan bòladi. Doğlar ustida pufakcha toshishi bir vaqtda bòladi, va toshmaning umumiy kòrinishi polimorf bòlishi mumkin.


Zararlanish òchoqlari soni turlicha(1 yoki undan kòp); alohida hollarda, òchoqlar bir-biriga zich joylashadi va "сплошная лента"ni hosil qiladi. Pufakcha paydo bòlgandan sòng bir necha kun òtib shaffof pufakcha suyuqligi xiralashadi, eritematoz fon esa odatda sezilarli darajada oqaradi, va pufakchalar xuddiki soğlom terida joylashadi.
Pufakchalar 6-8- kunidan boshlab quriy boshlaydi, pòstloq(корочка) hosil qiladi, pòstloq(корочка) esa 3-hafta oxiriga kelib òzi tushib keta boshlaydi. Shundan sòng terida yengil pigmentatsiya qolishi mumkin. Ba'zan, yoshi kattalarda, nevralgik oğriq turlicha intensivlikda kechishi mumkin va bu oğriqlar teri toshmalari tuzalib ketgandan sòng ham yana bir necha oygacha chòzilishi mumkin. Zararlanish bir tomonlama bòladi odatda. Bunda nerv yòllari bòylab limfa tugunlar kattalashishi va oğriqliligi kuzatiladi.