ππΆπππΉπ² π¦ππΌπΏπ ~
β bu qanday tasodif ? β qiz u bilan barobar qadam tashlayotgan yigitga yuzlandi β hatto bu 3 chinchi bor, tasodifan uchrashib qolishimiz! β hayratlangan ovozda gapirib, yigitga qaradi va quvnoq kuldi.
β balki, men tasodifga raxmat aytishni istayman.. β yigit qo'llarini cho'ntagiga tiqgancha, qizni yuziga qaramasdan so'zladi.
Yigitning so'zlarining tagidagi ma'noni tushungan qiz, gupurlab urayotgan yuragidagi hayajondan va yengil titroqsan so'zlarini yoqotdi
Qiz do'kondan o'ziga kerakli mahsulotlarni harid qilib chiqarkan, do'kon yonida ikki qo'lini cho'ntagiga tiqgancha, mashinalar qatnovini kuzatib turgan yigitga duch keldi. Unga hayrat nigohlari bilan qarab turarkan, yigit qizning qo'lidagi bir nechta paketlarni hech bir so'zsiz oldi. Oldinga bir necha qadam tashlab, orqasiga o'girildi
β hali uzoq turmoqchimisan o'sha yerda ?
Qiz hayollarini yig'ib unga yetib oldi va birga qadam bosa boshladi
β nima siz menga GPS o'rnatib qo'yganmisiz ? Inson qanday qilib naqt 4 martta tasodifan* uchrashib qolishi mumkin ?
β balki camera ham o'rnatib qo'ygandirman, aa? Kiyinayotganingda ehtiyot bo'l! β yigit keng tabassum qilib, qizni mazax qildi
β ayshhh, sizga bir gap aytib bo'lmas ekan!
β seni yaxshi ko'rib qoldim ! β ikkovining o'rtasidagi do'stona suhbatni buzib birdan tuyg'ularini oshkor qildi yigit.
Qiz biroz hayratdan nima deyishni bilmay jim qoldi.
β endi yomon ko'rib qoling ! β yigitning izhorini hazl deb qabul qildi, aslida haqiqatligini bilsada.
β hooy, kichkina ! Tuyg'ularimni mazax qilma! β yo'lida to'xtab, qizga ko'satgich barmog'ini bigiz qildi.
β tavba qilsam!? Tuyg'ularingizni emas sizni mazax qilyabman. β o'zining gapiga o'zi xoxolab yubordi
Qiz darsda o'tirarkan, parta tagidagi telefoni habar kelganini bildiradigan tovush chiqardi. Ustoziga unga qaramayotganiga ishonch hosil qilgach, "Kasal" deya saqlangan kontaktdan kelgan habarni ochdi.
'' hey, zahar! bugun naqt 1 oy bo'ldi. Sendan javob kutyabman. ''
Qiz habarni o'qub beehtiyor jilmaydi. Va barmoqlari klaviaturaga yugurib, javob yozdi
'' tavba, menda nima borki bir oydan beri dil izhor qilishdan charchamayabsiz ? ''
Habarni jo'natdi. Daqiqa o'ymay yana javob keldi
'' Ayshh, nima bo'lsa ham. Bugun javob berishga so'z bergansan! Kutaman..''
Qiz chuqur 'Uhh' tortib, unga javob qilishni istamadi. Telefonini o'chirib qayta joyiga qo'yib, boshini parta ustiga qo'ygancha ko'zlarini yumdi
β to'g'ri siz idealsiz va men sizga ishonaman... ammo, bunday munosabatlar uchun tayyor emasman !
β ideal emasman. Ammo sen uchun o'zgarishga so'z beraman. Seni hech narsaga majburlamayman, ortiqcha harakatlar qilmayman. Shunchaki meni o'zingniki deb bil. Mehr ber....
β afsusdaman, javobim o'zgarmaydi
β yanami ? β ensa qotirdi qiz, allaqachon siyqasi chiqqan ammo yuragi tezlashishiga sabab bo'ladigan so'zni eshitib.
β SE - VA - MAN! β takrorladi qattiq va dona-dona qilib
Kechagina sevishganlarga aylangan juftlik tun qo'ynida sayr qilisharkan, yigitga qo'ng'iroq bo'ldi.
β Eshitaman mehribonim, β qo'ng'iroqqa javob berdi
β bolajonim, tuzukmisan? Qorning to'qmi, ancha sovuq tushib qoldi sovuqqotmadingmi ? Qachon uyga kelasan ? β ayolning shirali ovozi yangrashidan avval yigit telefonni ovozini ko'tardi, qiz ham eshitishi uchun
β ha buvijon men yaxshiman. Sovuq yemadim, hozirgina Bo'lajak keliningiz bilan ovqatlanib keldim β qiz bu gapni eshitib qo'lidagi suv idishi bilan boshiga tushurgan bo'lsa, yigit tinmay baqidib kulardi.
β ha yaxshi o'g'lim, senga ishondim. Qizimga salom ayt.
β hop bo'ladi qirolicham β hush kayfiyatda kulgudan zo'rg'a tiyilib gapirdi
β ha aytgancha... dadang ichib kelgan yana, uyga kirishingdan avval menga qo'ng'iroq qil. Uni chalg'itib turaman, xonangga chiqib ketasan. Ko'rib qolsa yana urush qiladi yaramas!
Yigit buvisining so'zlarini eshitishi bilan yuqori kayfiyatdagi quvnoq yuzi, bir zumda tundlashdi
β yarim kechasi qaysi go'rda yurganding xaromi ? β yigit tungi soat 01:10 da uyga kirib kelarkan, mast holda hovlida qo'lida alkagol butulkasini ushlagancha o'tirgan otasi haqoratlagancha kutib oldi.
β hotiningiz meni ko'chadan orttirib kelganmidiki, o'zingizga ishonib xaromi deb atayapsiz meni !? β yigit otasiga qahr bilan tishlari orasida baqirishdan beri bo'lib gapirdi
β gap qaytarma menga it. Bugun maktabda ustingdan shikoyat tushdi. Qizlar bilan ahloqsizlik qilayotgan emishsan. Bu nima degan gap iflos β maslikdan qizargan ko'zlari, bo'g'iq ovozida yanada qo'rqinchli aura berardi. U o'z o'g'li uchun ayni damda maxluqdek ko'rinardi.
β o'o' ! ana misol bo'ldi sizga o'shashimga β soxta kuldi.
β agar yana bir bor ustingdan shikoyat tushsa kamarlarim bilan tanishtiraman seni !! Yoqol ko'zimdan it β qo'lidagi shisha idishni o'g'li tomon uloqtirdi.
Yigit kiprik qoqmay joyida turarkan, shisha idish uchib kelib uning qo'l tirsagiga tegib chil parchin bo'ldi. Qo'li ham jarohatlanib bir oz o'tgach qon tomchilashni boshladi.