September 19, 2024

O'rmon Parisi

β€’ #Γ’rmon_Parisi β€’
β€’ #01_Epizod β€’
β€’ #Minatozaki_Hemi β€’

Hech qanday bud, sanam va xochlarga sig'inmasdim, ishonmasdim. Men faqat ota-onamga ishonardim va tayanardim. Ular hayotimdagi 2 ta eng katta ustun edilar. Ammo men 24 soat ichida bu ustunlarimdan ayrildim va yer bilan yakson bo'ldim.! Eng kichik farzand bo'lganim uchun hamma narsani so'zsiz muhayyo qilishardi. Erka farzand edim. Birgina istagim ot-onam akalarimdan faxrlangani kabi mendan ham faxrlanishlari edi. Faqatgina ota-onam mendan faxrlanishlari uchun o'qidim, o'z yo'limda kattadan katta maqsadlar qo'ydim va ularga yetishda juda qattiq harakat qildim. Ammo endi modomiki ota-onam yutuqlarimni ko'rib baxtiyor holda "Sendan faxrlanamiz o'g'lim" deyishmas ekan, bularning menga keragi yo'q ! Men va ikki akam uchun bu hayotda ota-onamiz katta ahamiyatga ega shaxslar edilar..

– Jimin balki taksi kelgunicha biroz suhbatlasharmiz ? – Edvard Jiminning qarshisiga o'tirishidan avval uning oldiga qahvalardan birini qo'ydi.

Jimin tashqaridagi nigohini avval qahva keyin Edvardga qaratdi

– Qahva ? – ohista kuldi – avvallari men senga qahva taklif qilardim. Endi esa sen menga.

– nima allaqachon qahvaxonangni qumsab, rashk qilishni boshladingmi ? – to'g'ridan-to'g'ri mazax qildi jiddiy yuz bilan, bir qoshini ko'tarib.

Jimin uning savolini javobsiz qoldirgancha, kichik qoshiqcha bilan qahvani 3 martta aralashtirib keyin bir qultum xo'pladi

– demak qahvaxona borasida tajribang yo'q, shundaymi ? – u qahvani stol ustiga qo'yib, hushlamagandek biroz uzoqroqqa surib qo'ydi

– nima uchun bunday deb o'ylayabsan ?

– sen hatto mendan qanday qahva yoqtirishimni ham so'ramay, o'z bilganingcha tayyorlab kelding. – agar qahvaxona Edvardning qo'lida qolsa, inqirozga yuz tutishini tasavvur qilib xo'rsindi – men shakarli qahva ichaman, bu esa – biroz avval o'zidan uzoqlashtirgan qahvaga ishora qildi – mutlaqo shakarsiz qahva.

– hoy, kichkina ! Men senga o'xshab onamni qornidayoq bu ishni o'rganishni boshlamaganman ! – Edvard so'zlarini yakunlab Jiminga tikilarkan, uning ko'z kosasida yaltirayotgan ko'z yoshlarni ko'rib xato gapirganini tushundi. – emm, shunday qilib senga shakarsiz qahva qoymaydi va mijozlardan buyurtma olayotganda ularga qanday qahva hush kelishini so'rash kerak – u gapni boshqa mavzuga o'zgartirgancha, Jiminning qahvasini stol yonida turgan katta gul tuvak tagiga quyib yubordi – eslab qoldim.

– damn! sen aqildan ozganmisan, nima qilyapsan ? – qadrli qahvaxonasining xo'rlanishiga chidolmay o'shqirib yubordi

– sen baribir uni ichmasding, seni o'rningga tuvakdagi gullar ichsin loqal. – hotirjamlikni saqlagan holda, kursiga suyandi.

– hozirdan qahvaxonani senga ishonganimdan afsuslanyabman! – yigit xo'rsinib qo'ydi

– Jimin, do'stim. Siqilishni bas qil. O'zingni xarob qilyapsan. Bas endi, qo'pol bo'lsada aytaman! Ota-onang o'lib ketishdi, akalaning ona yurti Koreaga ketishdi. Ular qaytmaydi. Unut barini, o'zing uchun yasha. Atrofing to'la jononlar senday yoqimtoy karesni hech biri rad etishga jur'at qilolmaydi, mashinang bor, uying yana mendan ham qadrli qahvaxonang bor – ohirgi jumladan so'ng kulib yubordi – shu yerda qolib hayottan zavqlan. Qandaydir lanati qishloqlarga qochib ketib hech narsani hal qilolmaysan.

– Eddi, bu sen o'ylaganchalik oson emas. Siz Americanlarda ota-ona katta ahamiyatga emasdir, bilmasam balki Koreada ham unday emasdir. Men Kareslarni ha Americanlarni ham urf-odatlariga tupurganman. O'zing o'ylab ko'r Eddi ota-onamiz bizni katta qilgunicha qancha mashaqqat chekishadi. Tunlari yer-u ko'kka ishonmay bag'rilarida uhlatishadi, kasal bo'lsak tunni tongga ulab g'amxo'rlik qilishadi, biz uchun og'ir mehnat qilib pul topishadi. O'zlarining kiyimlari qayta-qayta yamalgan eskirib ketgan bo'lsa ham bizga doim eng yaxshilari olib berishadi. Qahvaxona ochishimizdan avval otam zavodda ishlardi. Qora mehnat qilardi. Yarim tunda uyga beli og'rib charchab kelganda men uni ot qilib minardim. U esa meni hafa qilmaslik uchun indamasdan meni yelkasiga o'tkazib o'ynatardi... – borgan sari ovozi bog'ilib borarkan, ohir-oqibat tomog'iga qattiq nimadir tiqildi-yu, ortiq gapirolmadi.

– yaxshi, yaxshi. Seni tushundim. O'zing uchun to'g'ri deb bilgan ishni qil. Men shunchaki o'z fikrimni aytdim.

Oraga kichik sukunat hukumronlik qilayotgan bir vaqtda Jiminning qo'l telefoniga qo'ng'iroq bo'ldi. U darrov javob berish tugmasini bosib, qulog'iga tutdi

– Eshitaman

– qahvaxona yonidaman. Mashinani olib keldim.

– tushunarli 2 daqiqada chiqaman

– yaxshi, kutaman.

Qo'ng'iroq yakunlandi. Ketish vaqti kelgandi. Edvard va Jimin o'rnilaridan turib chiqish eshi tomon yurishdi. Jimin qahvaxona ichini diqqat bilan tomosha qildi. So'ng'i bor peshtahtaga qarab jilmayib turgan ayol siymosini tsavvur qildi-yu tabassum qilib tashqariga chiqib ketdi.

– Edvard, qahvaxona men uchun qanchalar qadrliligini bilasan, u ota-onamdan qolgan yagona meros. Uni yaxshi boshqar. – do'stining yelkasiga urib qo'ydi dalda bergandek

– ishonchingni oqlayman. – jilmayib bosh silkidi

– unda senga ishondim ko'rishguncha

– ko'rishguncha. O'zingni ehtiyot qil

– sen ham.

Ular bir-birlarini bag'rilari bosishgach Jimin bir necha qadam narida turgan qora tanli yigit yoniga borib, qimmat va olganiga endigina 1 yil bo'lgan mashinasini eski shaldiroq aravaga almashdi. Bir necha soniyada shaldiroq avara bilan trassadagi mashina qatnovi orasiga qo'shilib, yangi hayot sari qadam bosdi

– Lanati !!! – qiz qo'lidagi hozirgina boshidan qirqib olgan bir tutam sochiga qarab so'kindi – men nima qildim, aa nima qildim ? – oynani qarshisida turgancha yig'lamsiradi

– Yona ? – xonaga yoshi o'yib qolgan, biroz bukri ayol birdan bostirib kirdi – xonangdan chiqishing uchun alohida taklifnoma kerakmi senga ?!

Yona darhol bir tutam sochni va qaychini ortiga yashirdi-yu, egnidagi hoodiesini kapishonkasini boshiga ildi

– asabiylashmang farishtam, endigina o'zim ketayotgandim – tulki ko'zlari yanada qisilib, keng tabassum qildi – men xonamni tartibga keltirayotgandim, tugatishim bilan yoningizga boraman.

– imillamay tez-tez harakat qil, uyni yangi egasi 3 soatlarda yetib kelarkan. U yetib kelguncha uy top-toza bo'lishi kerak !

– yaxshi farishtam, 5 daqiqaga qolmay oldingizda bo'laman.

Yona onasi Bonhee xonim bilan qadamma-qadam eshikgacha yurdi-yu, onasi xonadan chiqishi bilan qulflab ko'zgu yoniga yugurdi. Ko'zgu yonida allaqanday qiliqlar qilib boshining orqa tomonidan sochlarini xato kesib qo'yilgan joyiga qarashga harakat qilardi. U sochlarini qisqartirmoqchi bo'ldi. Sochlarini peshonasidan yig'di, yuzi tepasidan tushurdi va ko'zi oldidan shartta kesdi.... shunda sochlarning ostki qismi uzun, ustki qatlami esa judayam kalta bo'lib sochlari ikkita bo'linib qoldi. Rosti bu judayam xunuk ko'rinardi.

– endi nima qilaman !? Shimsekki* soch kesmay men o'lay ! – zarda qilgancha so'kindi. Jahl bilan qadam bosib, axlat chelak yoniga bosib, qo'lidagi tutam sochlariga qarab yig'lamsiradi-yu, xo'rsinib tashlab yubordi. Ko'zgu yoniga qaytib qaychini tortmaga joyladi. Kapishonini yechib, sochlarini yig'di. Iloji boricha buklab yig'di, keyin ko'zgu yonidagi pandachali paxmoq soch qisqichini olib taqdi. Qayta kapishonini boshiga boshtirdi va ko'zguga qarab chilmaydi – Malikam meni har qanday soch turmakda va ko'rinishda ham huddi go'zallik mabudasidek jozibalisan ! – to'lqinlangancha o'zini-o'zi maqtadi.

Yotoq ustini va biroz to'zg'igan buyumlarni epaqaga keltirgach, hotirjam qadamlar bilan xonasidan chiqib ketdi.

Jimin soatlar avval o'zining sport mashinasiga almashgan eski mashinada deyarli 5 soatli yo'l bosib o'tdi. Hayollari sira tinchlik bermasdi. Ota-onasining to'sattan bo'lgan avtohalokatdagi o'limidan so'ng, ikki akasi Koreyada ko'chib butunlay ketishga qaror qilishdi. Jimin ham hotiralarga to'la uyda yolg'iz qololmadi. Xotiralar qadrli bo'lsada ularni birga barpo qilgan insonlar allaqachon bu borliqda mavjud bo'lmaganligi unga qattiq og'riq berardi. Manzilga yetib kelishiga oz qolgandi. Borgan sari gaz pedaliga qattiqroq kuch bilan bosim berardi. U taxminan 2 soatdan beri mashinani katta tezlikda harakatlantirar, biroq buni deyarli sezmasdi. Soat chiziqlarini bir-birini quvib, vaqtni o'tkazishardi. Mashina allaqachon o'rmon ichida. Yo'lning ikki yoni quyuq daraxtlar bilan qoplangan edi. Jimin qishloq shu yaqin atrofda degan taxminga kelib, mashina tezligini pasaytirdi. Hayollarini bir joyga yig'ib, miyyasining qaysidir qafasiga qamadi. Keyin ziyraklashib, qishloq nomi yozilgan peshtaxtani yo'l bo'ylab ko'zlari bilan izlab ketdi.

Jiminning piska siren ko'zlarini yo'l chetida daraxtga ilingan yozuvli taxtani ilg'ab, mashinani to'xtatdi. Eski mashinaning eshiklari sharaqlab shovqinli ochilgach, Jimin unda tushib yozuvli taxta yoniga bordi. Uning taxminicha, taxtada Qishloqqa olib boruvchi yo'l ko'rsatilgan bo'lishi kerak edi. Ammo taxtada mutloq boshqa narsa yozilgandi
β€” Fairies gather here β€”

– Yaa, shibal ! Nima qishloq aholisi o'zini Parilar (Fairies) deb atashadimi shunda ? – yuzi bujmaydi va asabiy sochlarini ortga taradi – menda qishloq aholisidan biror kimning telefon qarami bo'lishi kerak

Jimim mashinaqa qaytib borib, qishloqsan sotib olgan xujjatlarni titkilab jamadon ichidan topdi. Bir nechta qog'ozlarni ko'zdan kechirarkan, uy haqida ma'lumotlar qatoridan so'ng favqulotda vaziyatlar uchun uyning sobiq egasining telefon raqami yozilgandi.

‐ Huhh~ topdim – cho'ntagidan telefonini olib yana bir bor so'kindi – ahh Yotmoka – aloqa yo'q edi.

Bir necha yurish, va telefonni har tomonga silkitib ko'rish natijasida, kuchsiz aloqa tiklandi. Jiminning asablari esa poyoniga yetib borardi. U xujjatlardagi raqamlarni terdi va chaqiruv tugmasini bosdi. Kutdi ammo hech qanday javob bo'lmadi. Ikkinchi martta raqamni terdi, ammo yana javob yo'q. Chuqur "uhh" tortib uchinchi bor hafsalasiz chaqiruv yuborganda darrov javob berildi.

– Eshitaman, nima xizmat ? – qari kishining bo'g'ilgan va ingichka ovozi yangradi Jiminning telefon tutgan quloqlarida.

– Salom amaki, meni eshiting ! Qisqasi men shahardan qishlog'ingizga ko'chib o'tayotgandim va sizning uyingizni sotib oldim. Hozir esa men qishloqni aniq qayerdaligini topa olmayapman, menga yordam kerak – u boshini ko'tarib, kattakon, bahaybat va uzun daraxtlar orasidan arang ko'rinayotgan samoga qaradi – hademay qorong'u ham tushadi. Yangi yashash joyimdagi birinchi tunimni o'rmonning ichida, mashinada o'tkazishni istamayman ! – ovozida hotirjamlik bo'lsada, asabiylashganini bilinib turardi

– Ha men esladim, sizni menga yoshgina kares yigiti deyishgandi.. ismingiz... ismingiz.. meni hotiram biroz chatog'roq, ismingizni eslolmadim – yoshi anchagina o'tib qolgan Bobo so'z ohirida hijolatomus xoxolab kulib qo'ydi

– hech qisi yo'q amaki, ismim Jimin ! Menga qishloqni topishda yordam bera oladigan biror yo'lni ayta olasizmi ?

– albatta, men seni olib kelish uchun odam jo'nataman. Afrofingda taxminan nimalar bor, biror belgi ayta olasanmi o'g'lim.?

Jimin "og'lim" so'zini eshitib biroz sunutga cho'mdi. Telefon o'rtidan "alo" degan ovoz eshitilishi bilan, hayollarini yig'ib oldi

– h.haa ~ bu yerda daraxtga taxta qoqilgan va unga "Fairies gather here" deya yozilgan. Bu yerdan shu taxtadan boshqa aytarli belgi yo'q – telefonni hamon qulog'ida tutgancha, atrofga sinchiklab qaradi

– nima ? – Jiminning so'zlarini eshitib hayratlanib baqirib yubordi – o'g'lim.. sen u yerda to'xtama! Aslo nima bo'lsa ham yo'lingda davom et. Yo'lingdan biror kim chiqsa ahamiyat bermay o'tib ket. Sen uchun odam jo'nataman ‐ hovliqqancha shoshilib gapirardi

– nega !? biror nima bormi bu yerda – ichiga g'ul-g'ula tushib, mashinasiga allaqanday tezlikda o'tirdi. Kalitni buragach, matorning shovqinidan cho'chib ketdi

Telefonning narigi tarafidagi bobo unga kimni yordamga jo'natishni bilmay, afrofga shoshilinch qararkan, qip-qizil shemferli kampishoni boshiga bostirilgan qizga tushdi

– o'g'lim, senga odam jo'nataman. Velesipedda qizil jemferli qiz.

– bobo, siz yomonsiz! Gaplaringiz meni cho'chitib qo'ydi – mashina haydash davomida nolidi.

– tanishuvimiz chiroyli bo'lmaganidan afsusdaman o'g'lim. Yo'lda ehtiyot bo'l.

– yaxshi.

– Uyimdan uzoqlashganimdan allaqachon afsuslana boshladim, jin ursin!

Pov Jimin
Mashinani bir tekisdagi yo'l bo'ylab harakatlantirardim, boyagi amakining gaplari biroz cho'chitdi meni. Uning ovozi qandaydir havotirli edi. Jin yoki maxluqlar bormikin bu hududda ?

Jimin o'zining so'ngi o'y-hayollaridan so'ng baqirib kulib yubordi. 2 martta rulga yengil urib "uhh" tortdi

– Tabriklayman Mister Park, rasman aqildan ozding endi!

⋆ ⋆ ⋆

– qizalog'im Yonam! – telefonda Jimin bilan aloqani yakunlagach, biroz tezkor harakat qilib dugonalari bilan qahvaxo'rlik qilayotgan qizning oldiga keldi

– biror gap bo'ldimi, Denzel bobo ? – qahva finjonini stol ustiga qo'yib, hayron yuz ifodasi bilan qaradi

– qishlog'imizga ko'chib kelayotgan shaharli yigitcha qo'ng'iroq qildi. Yo'lni topolmay qolibdi. Hademay kun qorayadi, uni olib kela olasanmi ?

– ohh hudoyim. Hozir qayerda ekan ? – o'rnidan turdi

– parilar pesh taxtalariga to'la hududda ekan – ovozi biroz pasaydi

Yona bu gapni eshitib, biroz jim qoldi. Keyin bosh silkidi

– qizlar, ertaga ko'rishamiz. – qo'l silkitib chiqish eshigi tomon yurarkan, biroz to'xtab Denzel boboga qaradi – agar kelishgan bo'lmasa, o'rmonga adashtirib kelaman – uni so'zlarini eshitgan ikki dugonasi va Denzel bobo xoxolab kulib yuborishdi

β€’ 01-qism tugadi....

β€’ for: Park Yona....