October 1, 2024

O'rmon Parisi

Jimin mashina past tezlikda boshqarib borarkan, qayerdandir qiz bolaning yig'i ovozi qulog'iga chalindi. Mashina oynalarini tushurib, yo'lning ikki chetini sinchiklab ko'zdan kechirishni boshladi. Mashinani to'xtatishga qo'rqdi, telefondagi amakining so'zlaridan. Ammo yig'i ovozi mashina bilan birga yurardi go'yo. Ovoz shunchalar ingichka va mungli ediki, Jiminning rahm-shavqat tuyg'ulari borgan sari mashinani to'xtatib ovoz sohibasiga yordam berishga undardi. Ammo qalin o'rmondagi, qo'rqinchli aura uni bezovta qilib, tezroq ketishni o'yladi. Endigina gaz pedaliga bosib berishni boshlaganida "O'tinaman, kimdir yordam bersin!" degan yig'i aralash ovozi eshitildi. Jimin lablarini tishlab, ko'zlarini qattiq muyib ochdi va birdan mashinani to'xtatib, undan tushdi. Ikkinchi bor yordam so'ragan og'riqli ovoz eshitildi. Yigit mashinadan uzoqlashib tobora o'rmon tomon yurib borarkan, undan 10-15 metr uzoqlikda yerda oyoqlarini quchib, boshini tizzasiga qo'yib o'tirgan uzun sochli qiz ko'rindi. Qizning kiyimsiz yalang tanasidan allaqanday sust nur taralardi. Jiminda borgan sari hayrat va achinish jo'sh urib, telefon fanarini yoqib qiz tomonga bir qadam tashlashi bilan mashinasining qattiq chiyillagan signalizatsiya ovozi butun o'rmon bo'ylab tarqaldi.

– bu nimasi bo'ldi ? – u ortga kelgan tarafga qaradi o'girilib qaradi. – kechirasiz, Miss ? – qayta qiz tomon qaraganida esa u yer kimsasiz edi. Hech qanday ovoz ham, kiyimsiz qiz ham yo'q edi.

Jiminning tanasi muzlab, telefon tutgan qo'li qaltirashga tushdi. Shu zahoti katta yo'l tomon bor kuchi bilan yugurdi. 2 daqiqada mashina yoniga shamol tezligida qaytib kelib, egilgancha kislarod yetishmovchiligidan tizzasiga ikki kafti bilan tayanib chuqur-chuqur nafas ola boshladi.

Qaddini rostlab, mashina kapoti ustida o'tirgan qizni ko'rib bir chinqirdi-yu, orqaga yuraman deguncha yuragini ushlab yerga o'tirib qoldi.

– cho'chima bolakay. – qorachiqlarini ko'z kosasi bo'ylab aylantirdi – o'rmon ichida nima qilayotganding ?

Jimin javob berish avvalidan qizni butun tanasini ko'zdan kechirdi. Quloqlargacha qoplagan qizil to'qilgan shapka va huddi shu rang va talqinida to'qilgan uzun jemfer. Qora rangini yoqotgan shimga monand eskirgan krasovka. Jimin uning qishloqdan yordam uchun yuborilgan qiz ekanligini taxmin qildi.

Yona sovuq qiyofasini bo'rttirgancha, mashina kapoti ustidan yengil sirpatish bilan tushdi. Shapkasini boshiga qulayriq bostirgan ko'yi, Jimin tomon egildi. O'ng kaftini u tomon yo'naltirdi

– Kang Yona. Denzel bobo yubordi meni.

– Park Jimin, – qizning qo'lini ushlashi bilan Yona uni kaftini qattiq siqib bir tortgancha o'rnidan turg'azib qo'ydi.

Jimin nimalar bo'layotganini tushunib ulgurmagandi. Ammo shuni bilardiki, u bu qishloqda 1 yildan ortiq yasholmaydi...

Jiminning qo'llari rulni boshqarsa, ko'zlari atrofni kuzatib ketardi. Onda sonda yonidagi qizga nigohlarini qaratganda, uning sovuq tikilishidan cho'chib yana o'rmon tomon ko'chirardi nigohlarini. Hech qancha yo'l yurishmasidan Jimin yo'l chetiga qoqilgan taxtani ko'rdi. Mashina tezligini sekinlatib yozuvlarni o'qishga urundi

– "Shshsh... Fairies sleep here." – taxtadagi yozuvni ovoz chiqarib o'qidi Jimin

– "FAIRY GARDEN please step carefully" – avvalgisidan uzoqlashgach yana yo'lidan chiqgan taxtadagi yozuvni o'qidi

Yuzida hayron ifoda bilan qoshlari chimirilgandi. Yona esa hech narsaga ahamiyat bermay sukut ichida ketardi.

Borgan sari betoqat bo'layotgan yigitni kuzatdi Yona va ogohlantirdi

– qishloqqa oz qoldi. – Jimin unga javoban bosh chayqadi

Yozuvlarni o'qish mobaynida Jiminning hayollari turli ko'chalarga kirib chiqardi: Mo'jizaviy, hayratlanarli, ayyorona va buzuq.

O'zining g'alati o'ylaridan, yuziga bilinar bilinmas tabassum yugurarkan, yana bir qoqilgan taxtaga duch keldi. Ammo bu galgisi avvalgilaridan biroz katta ko'rinishga ega edi. Yozuvlari biroz ko'proq bo'lgani bois mashinani to'xtatdi

– " Believe in fairies? They hope you do make a wish it might come true " bularni nimani anglatadi ? balki tushuntirarsiz!. – yozuvni o'qigach, yonida beparvo o'tirgan Yonaga savol bilan yuzlandi.

Qiz o'rmon tomon tikilib, chuqur o'yga tolgach asta javob qoldi

– bu lanat. Ayni damda seni taqib qilmoqda!

Jimin qizning so'zlarini tushunmay, unga tikilarkan Yona quvnoq kulib uni yelkasiga nozik kaftlari bilan bir necha bor urdi va energiyaga boy kuldi.

– Hey bolakay, nega cho'chiyverasan aa ? Men shunchaki hazllashdim holos ~

– boshing bilan lat yegansan chamamda! – unga ko'zlarini olaytirib, ensa qotirdi Jimin

– ohh~ o'g'lim hush kelibsan, – Denzel bobo eshikdan kirib kelgan Jiminni ko'rishi bilan yoniga oshiqdi.

– Hayrli kech amaki – Jimin Denzel boboning bilan qo'l siqishdi

– ohh, meni shunchaki bobo, Denzel bobo deyishing mumkin – katta yoshli erkak kuldi. Nigohini vanihoyat Jiminni yonida e'tibor kutayotgan mushukdek turgan Yonaga qaratdi – Demak bu yigitcha kelishgan, shundaymi qizalog'im ?

– nima ? bu nima deganingiz bobo? – Jiminga yoqtirmagandek ko'z qirida nazar tashlab

– sen "agar u kelishgan bo'lmasa o'rmonga adashtirib kelaman" deganding. Ammo uyga yo'l boshlab kelibsanku, shunga aytdimda qizim.

Jimin shunchaki ularni kuzatgancha pastgi labini tishladi, ko'z ostidan Yonaga ayyorona nigoh tashlab.

– Bobo, bemani narsalarni gapirmasangizchi. Hazl ediku u, hazl! Men uyga borishim kerak. Oyim kutib qoldi. Hayrli kech sizlarga – balki uyatdan, balki hijolatdan qizardi.

– Tong | qishloqdagi 3 - kun –

Jimin yaqinda joylashgan kichik kulbasining, o'ziga yarasha shinam oshxonasida nonushta tayyorlar ekan eshik biroz qo'pol taqilladi. U allaqachon bu o'sha qizil qalpoqchali qiz ekanligini faxmlab bo'lgandi.

– erta tongdan nima ishing bor meni uyimda ofat ? – eshikni ochishi bilan o'qrayib, zaharini sochishni boshladi

– senga ham hayrli tong bolakay. – qiz keng tabassum qildi. Ohangidan kayfiyati yaxshiligi sezilib turardi – senda bir ikki og'iz gapim bor,

– gapir ? – eshikka suyandi, qo'llarini ko'ksiga bog'lab

– balki ichkariga taklif qilarsan, bunchalar qo'pol bo'lma! Har holda qiz bolaman. – uning doimiy qo'polligidan g'ashi keldi

– qiz bolamas ofatsan sen. Alvasti!

Yona unga biroz hissiz tikilgach, ortiga o'girilib uydan uzoqlashdi.

– hoy, qayerga ? Menda gaping bor edi! – Jimin nima qilganini tushunib yetmadi ochig'i, qizning ortidan baqirgancha qoldi

Yona Jiminga qiziqa boshlagandi kelganidan buyon. Ammo Jiminning boshidan beri qilayotgan qo'pol muomilasi hammasi barbod qilayotgandi.

– Ofat emushman, Alvasti emushman! Jir ursin seni kalta! Alvastini ko'rsataman hali senga! – jahl bilan oyog'i tagidan chiqqan toshni tepib, qalpog'ini boshiga bostirgancha zarda qilgancha yurjshda davom etdi

β€’ 2-Epizod tugadi...

β€’ #Minatozaki_Hemi