October 16

Magic Station

β€’ Qadrli Saewonga bag'ishlanadi ~

Odatiy va bir xillik asoslangan kun. O'zgachalik, yangilanish va hech qanday quvonchli onlarsiz.

– Jungkook, allaqachon tong otdi. Yo'lga chiqishing kerak ! Uyquni yig'ishtirib tayyorlan, – va yana doimgidek bir xil ovoz.

Xona tashqarisidan eshikni ketma-ket taqillatib baqirgan xolasining ovozi tufayli uyqudan ko'zlari chala ochildi. Ustidagi choyshabni sidirib to'g'ri polga uloqtirdi. Yotgan holdan, o'tirgan holatga ko'chib yotoq to'g'risida butun bir xona devorini egallagan ulkan ko'zgudagi aksiga tikildi. Bugun bu qarg'ish tekkan lanatlarga boy ammo shu bilan birga yoqimli hotiralari yaralgan shaharni tark etishini o'ylab biroz o'ylanib qoldi.

Ko'zgudagi aksiga chuqur tikilarkan tanasidagi har bir o'zgarish va chandiqlar unga beehtiyor xotiralar yodga olishiga sabab bo'la boshladi.

Masalan yuzidagi kichik chandiq, uni marhum sevgili bilan birinchi uchrashuvida qo'pollik qilgani uchun qiz tomonidan hujumga uchragan. O'ng qo'lidagi uzun tattoo, uni yaqinlaridan ayrilib tarki dunyo qilganida chizdirgan.

– Nega men kutgan mo'jiza ro'y bermayabdi ? – hali ham aksiga tikilgancha charchoqli ovozda dedi

⋆ ⋆ ⋆

– umid qilamanki, senga qaytmayman jir urgan SEOUL ! – mashina boshqarish mobaynida, shahardan chiqganini anglatuvchi "Oq Yo'l" yozuvli peshtaxtani ko'rib tug'ilgan makoni bilan iliq* hayrlashdi

18 soatlik yo'lni bosib o'tgan Jungkook, tog'-u toshlar orasidagi vodiyga yetib keldi. Shahardagiga qaraganda ancha muncha toza kislarod va ochiq ob-havo tufayli kayfiyati anchayin yaxshi edi. Tunda uhlamasdan yo'l bosgandagi charchaqlarini ham unutdi. Qishloq va o'rmon yo'llariga nomutanosib tarzda tekis va ravon yo'llarda uchardi mashinasi go'yo. To'rt tarafi ulkan, mo'jizakor tog'lar. Yaylovlarda ora-orada ko'zga tashlanayotgan qo'y echki va sigirlar, qushlarning tinmay turli notalarda chirillashi bularning bari bir biriga uyg'unlashgan san'at namunasi edi.

Jungkook tez-tez mashinadan boshini chiqarib ko'zini yumgancha chuqur nafas olib jilmayib qo'yardi.

Ushbu vodiyda uning Buvisi va Buvasi o'zlarining kichik 1980-yillarni eslatuvchi qasrlarida yashashardi. U sevgilisi va ota-onasining birdan yuz bergan o'limidan so'ng ruhsiz huruq jasadga aylandi. Hizmatkorlarni hushlamagani uchun beva holasi u bilan yashay boshladi. Huddi onasidek mehribonchilik qilar, otasidek yo'l ko'rsatar maqtar edi, ammo... suyuklisining o'rnini bosish uchun qo'lidan hech narsa kelmasdi. Aslida u ota-onasining ham o'rnini bosolmasdi biroq har qalay bunga taqlid qilardi bechora ayol.

Jungkook qasrga yaqinlasharkan darvozani bir nechta oddiy qishloq odamlaridek kigingan erkaklar katta ochib, mashina kirishi uchun sharoit yaratishdi

⋆ ⋆ ⋆

– o'shanda judayam mitti eding, qi'limda bir parcha go'shtdek bo'lib yotarding ammo yig'ing hammamizni ado qilardi – buvisi Jungkookga yoshligidagi voqealarni so'zlab berarkan, shirin hotiralar qurshovida kulgancha nabirasining yelkasini qoqib qo'yardi

– ayshhh, buva buvimga ayting bas qilsinlar. – yuzini bujmaytirdi. Yigit stol ustidagi qahvani lablariga keltirib bir qultum ichgach tezda joyiga zarda bilan qaytardi – u juda achchiq, men faqat sutli qahva ichaman !

– Men unutibman o'g'lim, kechir. – qari kampir va chol Jungkookning sovuqligidan entikkancha bir-birlariga g'alati nazar tashlashdi

– Men uchun xona tayyor degan umiddaman. – qoshlarini ko'tarib "To'g'rimi?" degandek buvisiga qararkan, ayol shoshgancha o'rnidan turdi

– albatta arslonim, yuraqol senga xonangni ko'rsataman – ayol endigina yo'l boshlamoqchi yo'lganda yigit uni to'xtadi

– ovora bo'lmang, qayerdaligini ayting. Qattiq charchaganman, dam olishni istayman. – ovozidagi sovuqlik yoqolmagan holda gapirgach, bosh va ko'rsatgich barmoqlari bilan ikki ko'zi orasidagi bo'shliqni uqaladi.

Hali ham bu muomilaning sababini tushunmayotgan bechora keksa ayol, dovdiragancha javob qildi.

– uchinchi qavat, chapdagi yo'lning ohiridagi katta naqshinkor eshikli xona seniki.

– yaxshi, tushunarli. – quruqqina javob bilan qutilgach, qadamlari og'irlashgancha yuqori qavatga yo'l oldi.

⋆ ⋆ ⋆

Yigit xonaga kirganida bir chetida allaqachon xizatchilar tomonidan keltirilgan chamadoni turardi. Xonaga bur boshidan nigoh tashladi. Qaymoq rangdagi devor va shunga mos tarzda oq rangli jihozlar. Bulutdek yumshoq yotoq. Jungkookning e'tiborini eng ko'p tortgan narsa uning to'g'risidagi katta shisha eshik. Ochiq bo'lgani uchun yengil shabada xonaga singib yupga to'r pardalarni tebratardi.
Qo'llarini cho'ntagiga solgancha turarkan, ochiq ayvonga chiqishni istadi ammo charchoq ustunlik qilib, qadamlari yotoq tomon yo'naldi. Og'ir tanasini yotoqqa tashlashi bilan, bulutdek yumshoq yotoq uni uyqu saltanatiga ravona qildi

Yigit qattiq uyquda yotarkan birdan ustiga bir chelak judayam sovuq suv quyilganini his qilib sapchigancha o'rnidan turdi. Dir-dir titrab seskanarkan, atrofa nigoh tashlaganida yotog'ida emasligini tushundi. Atrof yam-yashil o'tloqdan iborat edi holos. Faqatgina moviy osmon va oyoq ostidagi tekkis begona o'tlarsiz yashil barra o'tlar edi. Bu huddi sun'iyga o'xshardi. Ustiga ahamiyat berganida esa hech qanchay suv yuqi va namligi yo'q edi. Hech narsaga tushunmasdi. Bir-ikki qadam oldinga yurganida to'g'rida 80-90 metr uzoqlikda bekat paydo bo'ldi. Atrofga alanglagancha bekat tomon harakatlandi. Bekatning yuqorisiga katta harflarda "Magic Station" deya yozilgandi. Yozuvdan ko'zlarini uzmay tikilarkan, birdan hayoliga hotiralar quyilib kelib, sergaklashdi. Bekatga yetishiga bir necha qadam qolganida oyoqlari behosdan chalishib, birdan paydo bo'lgan chuqur jarlik tomon quladi.

Jungkook birdan cho'chib uyg'ondi. Chuqur nafas olgancha tushidagi voqealarni eslarkan yuragi yupurlashni boshladi. Qo'lini ikki yonga yoyib o'zini qayta yotoqga tashlagancha ko'zlarini yumib kuldi

– Keldi. tez orada keladi, men kutgan ehtirosli mo'jiza~