May 3, 2025

Targ‘ibot tadbiri: Turizm va Mehmondo‘stlik yo‘nalishi bo‘yicha!

Bugun Turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Buxoro shahridagi 22-umumta’lim maktabida bo‘lib, 2025–2026 o‘quv yili uchun Turizm va Mehmondo‘stlik yo‘nalishiga qabul bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordilar.

Tadbir davomida:
Yo‘nalishning o‘ziga xos jihatlari;
Kasbiy imkoniyatlar va amaliyot dasturlari;
Turizm sohasi bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilarning faoliyati;
Qabul jarayoni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Maqsadimiz – iqtidorli yoshlarni zamonaviy, xalqaro talablar darajasidagi turizm sohasi kasblariga yo‘naltirish! Kelajagingizni mehmondo‘stlik va turizm bilan bog‘lang – imkoniyatlaringizni kengaytiring!