Samarqand shahrida 2025 30 oktabrda boshlangan UNESCO bosh konferensiyasining 43-sessiyasi nafaqat O‘zbekiston, balki butun jahon hamjamiyati uchun tarixiy ahamiyatga ega voqeadir. Bu deyarli 40 yil ichida Parijdan tashqarida o’tayotgan ilk sessiyaning yurtimizda o‘tkazilishi O‘zbekistonning xalqaro nufuzini, ayniqsa, ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi tashabbuskorligini yaqqol namoyon etadi.
Bugun dunyo nigohi Markaziy Osiyoning yuragi — O‘zbekistonga qaratilgan. Bunga sabab, YuNESKO sessiyasining Parijdan tashqarida ilk bor 40 yildan so‘ng dunyo gavhari, ochiq osmon ostidagi muzey shahar — Samarqandda o‘tkazilishi Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning irodasi va xalqparvar siyosati natijasida Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganidan, shuningdek, butun Markaziy Osiyo mintaqasi madaniy, ma’naviy va gumanitar hamkorlik markazi sifatida tobora katta e’tirofga sazovor bo‘layotganidan dalolat beradi.

19-dekabr kuni soat 16:00 2-smena 3-juftlikda da Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Musiqa ijrochiligi va madaniyat kafedrasi o’qituvchisi Hasanov Halim Ravshanovichning 12–2 cholg’u 21 guruhi bilan birgalikda Turdosh cholg’ularni o’rganish fanidan “Dugoh maqomidan Samoi dugoh asarini o’rganish” mavzusidagi ochiq darsi bo’lib o’tdi. Ochiq dars davomida yangi asar tahlil qilindi. Talabalar ochiq darsda faol ishtirok etdilar.

Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti 3- bosqich Tarix ta’lim yo‘nalishi talabalari “O‘zbekiston tarixini o‘rganish” bo‘yicha malakaviy amaliyot jarayonlarini amalga oshirdilar. Amaliyot rahbari t.f.f.d. (PhD), dotsent Sh.S.Shodiyeva tomonidan Buxoro shahri va tumanlarda joylashgan tarixiy-me’moriy obyektlarda olib borilgan amaliyot jarayonida talabalarning O‘zbekiston tarixi bo‘yicha olgan bilimlari nazariy va amaliy jihatdan yana bir bor mustahkamlandi.

Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik va pedagogika fakultetining Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari mutaxassislik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi BuxDUning G’ijduvon tumanidagi binosida bo‘lib o‘tmoqda.
Юртимиздаги олийгоҳларда таҳсил олаётган ҳар бир талабани жаҳон стандартларига мос равишда сифатли таълим олиши, бозор иқтисодиётига рақобатбардош кадр бўлиб етишиши учун тинимсиз ислоҳотлар амалга оширилмоқда. Президентимизнинг 2024 йил 24-майдаги “Олий таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилиш ва давлат буюртмасини жойлаштириш тизимини такомиллаштириш тўғрисида” фармони ва Вазирлар Маҳкамасининг 2025 йил 10 мартдаги “Олий таълим ташкилотларида талабаларга грантларни тақдим этиш ва қайта тақсимлаш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида” қарори шу кунларда мамлакатимиздаги талабалар ўртасида ижобий маънода “кураш майдони”га айланди, десак муболаға бўлмайди. Бу олий таълим муассасаларида талабаларнинг дарсларни ўзлаштиришга чуқур...

Bugun Turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Buxoro shahridagi 22-umumta’lim maktabida bo‘lib, 2025–2026 o‘quv yili uchun Turizm va Mehmondo‘stlik yo‘nalishiga qabul bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordilar.

San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Musiqa ijrochiligi va madaniyat kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirokida Haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari yuzasidan navbatdagi "Siyosiy ma’rifat soati" tashkil etildi.

BuxDU Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti 1 bosqich 2–1EKOKT-24 gurihida 2025 yil 2 may sanasida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonnig ma’naviy va madaniy tarqqiyoti” mavzusi doirasida “Arxeologiya va Buxoro tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi O.I.Rajabov tomonidan ochiq sayyor dars mashg’uloti o‘tkazildi. Mavzu doirasida Ko‘hna va qadimiy Buxoroning Ark qal’asi va unga tutash bo‘lgan tarixiy me’moriy obidalarning vujudga kelish tarixi, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlarning ma’naviy-madaniy yuksalishdagi o‘rni haqida talabalarga atroflicha ma‘lumotlar berildi.

2025-yil 29-aprel kuni “Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari” mutaxassisligi 2-kurs magistranti Ramazonova Nilufar 5–2TAR-23 guruh talabalari bilan O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan “Oʻzbekiston 1925–1941-yillarda.Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar ” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Seminar mashgʻulotida talabalar 4 guruhga bo’lingan holda darsda faol ishtirok etishdi, turli interfaol usullaridan foydalanildi. Bundan tashqari, dars tanqidiy va tahliliy fikrlash, mahoratlarini rivojlantirishga qaratilgan edi. Dars jarayonida talabalar turli topshiriqlarni bajarib, mahoratlarini yanada oshirishdi. Dars Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti, t.f.f.d, (Dsc), Klichev O.A. hamda magistratura...