"Siyosiy ma’rifat soati" tashkil etildi.
San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Musiqa ijrochiligi va madaniyat kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirokida Haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari yuzasidan navbatdagi "Siyosiy ma’rifat soati" tashkil etildi.
Yurtimizda va xorijda ro`y bergan yangiliklar bilan kafedra professor-o`qituvchilar tanishtirildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning telefonda muloqotlari haqida ma’lumot berildi.
Davlat rahbarlari ikki va koʻp tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi kooperatsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqildi.Mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Bundan tashqari Xivada o`tkazilgan IV Baxshichilik xalqaro san’ati festivali haqida axborot berildi.