April 29, 2025

YOSH MATNSHUNOSLAR TO’GARAGIDA SAYYOR MASHG’ULOT

Filologiya fakulteti, o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi to’garaklaridan biri “Yosh matnshunoslar” to’garagining navbatdagi aprel oyi mashg’uloti Buxoro Adabiyot va san’an muzeyidagi qo’lyozmalar fondida bo’lib o’tdi. Aprel oyining reja bo’yicha mashg’uloti “Xo’janazar Huvaydo Devonining Buxoro toshbosmasini o’qish” edi. Mazkur manba qo’lyozmalar fondida 163- inventar raqami bilan saqlanadi. Shu munosabat bilan ushbu toshbosma bilan tanishish, nodir manbaning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish maqsadida Adabiyot va san’at muzeyiga mashg’ulot tashkil etildi.

Mashg’ulot davomida asarning kalofon qismidagi ma’lumotlar bilan ham tanishildi. Kalofon bu asarning oxirgi sahifasi bo’lib, bu sahifa odatda kotib yoki xattotlarning bitiklari qayd etiladigan qism sanaladi.

Mashg’ulotdan so’ng, shahrimizning tarixiy obidalarini ziyorat etish, ajdodlarimizning yuksak san’at namunalari bilan tanishish uchun sayohat yuyushtirildi. Mashg’ulot va sayohat yuksak saviyada tashkil etildi. Talabalar uchun unutilmas lahzalardan bo’ldi, deyish mumkin.