O'zbekiston–YuNESKO: umuminsoniy hamkorlikning yangi davri
Bugun dunyo nigohi Markaziy Osiyoning yuragi — O‘zbekistonga qaratilgan. Bunga sabab, YuNESKO sessiyasining Parijdan tashqarida ilk bor 40 yildan so‘ng dunyo gavhari, ochiq osmon ostidagi muzey shahar — Samarqandda o‘tkazilishi Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning irodasi va xalqparvar siyosati natijasida Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganidan, shuningdek, butun Markaziy Osiyo mintaqasi madaniy, ma’naviy va gumanitar hamkorlik markazi sifatida tobora katta e’tirofga sazovor bo‘layotganidan dalolat beradi.
Bugun har bir O‘zbekiston fuqarosi bor-ki, o‘z yurt rahbaridan, mamlakatda amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlardan minnatdor. Buning isbotini yurtimizda mana shunday xalqaro konferensiyalarni xush-xursandlik bilan, birlashib o‘tkazilayotganida yoki har bir tashrif buyurgan, buyurayotgan xalqaro mehmonlar tilida, fikridan bilish, eshitish mumkin.
Insoniyat tamadduniga nazar solsak, azaldan ham ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, ilm, san’at, madaniyat, ma’rifat va ma’naviyat beshigi bo‘lgan zamin — Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan konferensiya alohida ramziy ahamiyatga ega. Yurtimiz Rahbarining ikki renessansning asoschilari bo‘lgan zaminda, yana uchinchi renessansni poydevorini qurish kabi ulug‘vor maqsadlari, orzu-intilishlarining yorqin namunasini YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi yurtimizda o‘tkazilayotganida ko‘rish mumkin. Va bu esa, O‘zbekistonning sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ko‘prik, tinchlik va hamjihatlik g‘oyalarining markazi sifatidagi rolini yana bir bor namoyon etmoqda.
Muhtaram Prezidentimizning bu xalqaro konferensiyada ishtiroklari va so‘zlagan nutqlari xalqaro jamoatchilikni e’tiborini uyg‘otdi. Tarixiy chiqishning yuksak ahamiyati shunda-ki, bugun dunyoda kechayotgan insoniyatning tinch hayotiga solinyotgan turli ko‘rinishdagi tahdidlar, mamlakatlar o‘rtasidagi geosiyosiy, mafkuraviy va qurollik urushlar avj olayotgan bir davrda O‘zbekiston dunyoga ezgulik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, birgalikda xalqlarni farovon hayotini ta’minlash sari birlashish kabi ulug‘vor taklif va tashabbuslarni ilgari surilishi ko‘plab mamlakat rahbarlari, xalqaro sohalarning yetuk ekspertlarini ham qizg‘in va ijobiy mulohazalar qilishga chorlamoqda.
Prezidentimiz o‘z nutqida istiqbolda YuNESKO bilan hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Ular quyidagilardan iborat:
Ta’lim sohasida. YuNESKOning alohida ehtiyojli bolalar uchun Inklyuziv ta’limni rivojlantirish platformasini joriy etish; jahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish; O‘zbekistonda YuNESKO ishtirokida “Sun’iy intellekt — maktab” namunaviy loyihasini amalga oshirish; sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar anjumanini o‘tkazish kabi amaliy takliflar ilgari surildi.
Madaniy meros sohasida: YuNESKOning “Jahon xotirasi” dasturini rivojlantirish; 19 noyabrni “Hujjatli meros xalqaro kuni”, deb e’lon qilish; YuNESKO tuzilmasiga kiradigan Raqamli meros bo‘yicha xalqaro institutni tashkil etish va Buxoroda 2027 yili hunarmandchilik bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkazish kabi amaliy tashabbuslar bildirildi.
Xotin-qizlarning yetakchilik qobiliyati va kompetensiyasini ta’minlash sohasida: Bu borada ham, Xotin-qizlar yetakchiligi bo‘yicha YuNESKO akademiyasini tashkil etish; Samarqandda xotin-qizlarning Ta’lim, madaniyat va fan sohasidagi global forumini o‘tkazish kabi gender masalalariga ham katta taklif va tashabbuslar konferensiya kun tartibiga olib chiqildi.
Iqlim inqiroziga qarshi kurashish sohasida: “YuNESKOning Ekologik poytaxti” global tashabbusini amalga oshirish; YuNESKO Ijroiya Kengashining “Globallashuv va iqlim o‘zgarishlari sharoitida madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyusiyasini ishlab chiqish; Globallashuv va iqlim o‘zgarishlari sharoitida madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha Xiva shahrida xalqaro simpozium o‘tkazish borasida ham amaliy tashabbuslar ilgari surildi.
Virtual makonda noxolis axborotlar tarqalishining oldini olish sohasida: Bolalar madaniy kontenti xalqaro festivalini o‘tkazish; YuNESKOning Media savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli strategiyasini ishlab chiqish masalasida ham tashabbuslar aytildi.
Diniy bag‘rikenglikni targ‘ib etish sohasida: Islom madaniyati va ma’rifatini dunyoga tarannum etish orqali radikalizm va islomofobiyaga qarshi samarali kurashish; Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband tadqiqot markazlari salohiyatidan birgalikda foydalanish kabi qator amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Tarixiy nutqda berilgan taklif va tashabbuslarning barchasi Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va yurtimizning uzoq yillarga belgilangan davlat dasturlari, strategik maqsadlarida ko‘zda tutilgan. Endi ushbu xalqchil davlat dasturlarimiz, strategik maqsadlar xalqaro institutlar bilan hamohang tarzda amalga oshirilishi yurtimizni qanchalik demakratik, xalqparvar ekanligi, davlatimiz Rahbarining uchinchi renessansni poydevorini qurish g‘oyasiga dunyo xalqlarini ergashishga kirishayotganidan dalolat beradi.
Xulosa o‘rnida, Mamlakatimiz Prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari bilan birgalikda barcha maqsad va intilishlarni, xalqlarni birlashtirdi. Birlashgan millatlar tashkiloti tashkil topganining 80 yillik yubileyi arafasida YuNESKOning 43-sessisi Samaqard shahrida o‘tkazilishi nafaqat o‘zbekistonliklarni balki Markaziy Osiyo xalqlarining yutug‘i hisoblanadi. Shu ma’noda, biz yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, xalqimizning farovonligi, yurtimiz tinligi yo‘lida har jabhada o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shmog‘imiz zarur. Zero, Yangi O‘zbekiston istiqboli porloq, kelajagi buyuk davlatdir.