December 16, 2024

Oltin O‘rda hukmdori O‘zbekxonning Qur’oni taqdimoti.

Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan «АЛТЫН ОРДА ӨРКЕНИЕТІ: РУХАНИ МҰРА ЖӘНЕ ДӘСТҮР ЖАЛҒАСТЫҒЫ» mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjumanda Oltin O‘rda hukmdori O‘zbekxonning Qur’oni taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Oliy muftiy Naurizboy qozi Taganuli o‘z nutqida O‘zbekxon islom dinini davlat dini darajasiga ko‘targanini, Oltin O‘rdada masjid va madrasalar qurib, islom dinining jahon diniga aylanishiga yo‘l ochganini ta’kidladi. “O‘zbekxon Oltin O‘rda hukmdori bo‘lganida uning sharafiga Qur’oni karim tayyorlanib, tilla siyoh bilan qayta yozilgan. Bugungi kunda bu Qur’on Turkiyaning Kutahiya shahridagi Vohid Posho kutubxonasida saqlanmoqda. Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi ishtirokida Islom ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zbekxonning tilla siyohda qayta yozilgan Qur’oni nusxasi mamlakatimizga olib kelindi”, — so‘ngra anjuman ishtirokchilarini O‘zbekxon Qur’oni bilan tanishtirdi.
Qayd etish joizki, ushbu Qur’on 1318-yilda Badr Hamadoniy ismli kishi tomonidan maxsus qayta yozilib, Ulus Jo‘shiy hukmdori O‘zbekxonga berilgan. Qo‘lyozmadagi “O‘zbek xoni, mo‘g‘ul-qipchoq mamlakatining hukmdori” degan yozuv ham shundan dalolat beradi.

KAZISLAM.KZ