June 2, 2025

BuxDU talabalari “O‘zbekiston tarixini o‘rganish” bo‘yicha malakaviy amaliyotni o’tashdi.

Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti 3- bosqich Tarix ta’lim yo‘nalishi talabalari “O‘zbekiston tarixini o‘rganish” bo‘yicha malakaviy amaliyot jarayonlarini amalga oshirdilar. Amaliyot rahbari t.f.f.d. (PhD), dotsent Sh.S.Shodiyeva tomonidan Buxoro shahri va tumanlarda joylashgan tarixiy-me’moriy obyektlarda olib borilgan amaliyot jarayonida talabalarning O‘zbekiston tarixi bo‘yicha olgan bilimlari nazariy va amaliy jihatdan yana bir bor mustahkamlandi.