May 1, 2025

BuxDU, Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi 70220303- Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Ramazonova Nilufar tomonidan 5–2 TAR-23 guruhi talabalari bilan ochiq dars o'tkazildi.

2025-yil 29-aprel kuni “Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari” mutaxassisligi 2-kurs magistranti Ramazonova Nilufar 5–2TAR-23 guruh talabalari bilan O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan “Oʻzbekiston 1925–1941-yillarda.Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Seminar mashgʻulotida talabalar 4 guruhga bo’lingan holda darsda faol ishtirok etishdi, turli interfaol usullaridan foydalanildi. Bundan tashqari, dars tanqidiy va tahliliy fikrlash, mahoratlarini rivojlantirishga qaratilgan edi. Dars jarayonida talabalar turli topshiriqlarni bajarib, mahoratlarini yanada oshirishdi. Dars Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi dotsenti, t.f.f.d, (Dsc), Klichev O.A. hamda magistratura talabalari tomonidan tahlil qilinib, yutuq va kamchiliklari aytib oʻtildi.