April 29, 2025

BuxDUda Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun yuzasidan seminar o‘quv mashg‘uloti o'tkazildi.

Buxoro davlat universiteti rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari va ishchi-xizmatchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligidagi o‘zgartirishlar hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2022-yil 28-oktyabrdagi O‘RQ-798 qonuni mavzusida seminar o‘quv mashg‘uloti bo'lib o'tdi.

Buxoro davlat universitetining mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha 2025-yil 14-yanvardagi chora-tadbirlar rejasining 7-bandi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 26-aprel kuni soat 10:00 da universitet fakultet va kafedra rahbarlari, professor-o‘qituvchilari, texnik xodimlari, ishchi-xizmatchilari bilan Buxoro viloyati kambag‘allik qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi bosh boshqarma Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Buxoro viloyat kengashi mehnat texnik inspektori ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligidagi o‘zgartirishlar hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2022-yil 28-oktyabrdagi O‘RQ-798 qonuni mavzusida universitet katta majlislar zalida seminar o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminar mashg‘ulotida Buxoro davlat universiteti o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor R.G‘.Jumayev, Buxoro viloyati kambag‘allik qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi bosh boshqarma Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori B.I.Qo‘shshayev hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Buxoro viloyat kengashi mehnat texnik inspektori H.F.Barnoyevlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, departament, bo‘lim boshliqlari, fakultet menejerlari, kabinet mudirlari, departament va bo‘limlardan mas’ullar, o‘quv bino komendantlari, TTJ mudirlari va fakultetlar tyutorlar jami 178 nafar kishi ishtirok etdi.

Seminar o‘quv mashg‘uloti o‘tkazish uchun asos,- Buxoro davlat universitetining mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha 2025-yil 14-yanvardagi chora-tadbirlar rejasining 7-bandi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida talablari ijrosini ta’minlash.

Seminarni o‘tkazish maqsad, universitet rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligidagi o‘zgarishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2022-yil 28-oktyabrdagi O‘RQ-798 qonuni va bilan tanishtirish, ularning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlash.

Universitet o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor R.G‘.Jumayev seminarni ochib, qatnashchilar, seminar mavzusi, o‘tkazish asoslari, asosiy maqsadi, tashkilotchilar hamda olib borish tartib bilan tanishtirdi.

Buxoro viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi davlat mehnat texnik inspektori B.I.Qo‘shshayev hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Buxoro viloyat kengashi mehnat texnik inspektori H.F.Barnoyevlar O‘zbekiston Respublikasining Mehnat qonunchiligidagi o‘zgarishlar va O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2022-yil 28-oktyabrdagi O‘RQ-798 qonuni hamda 28-aprel Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuni to‘g‘risida ma’ruza qilib, seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollar javob berdi.

Fuqaro va mehnat muhofazasi sektori muhandisi F.F.Boltayev so‘zga chiqib, universitetda mehnat muhofazasi sohasida olib borilayotgan ishlari, majburiy sug‘urta, ish joylari attestatsiyasi, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar, ish joyida mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish tartiblari, bu yo‘riqnoma o‘tkazish bo‘yicha mas’ul rahbarlar va xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.