May 3, 2025
Ark qal'asi va unga tutash bo'lgan tarixiy me'moriy obidalarda sayyor dars tashkil etildi.
BuxDU Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti 1 bosqich 2–1EKOKT-24 gurihida 2025 yil 2 may sanasida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonnig ma’naviy va madaniy tarqqiyoti” mavzusi doirasida “Arxeologiya va Buxoro tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi O.I.Rajabov tomonidan ochiq sayyor dars mashg’uloti o‘tkazildi. Mavzu doirasida Ko‘hna va qadimiy Buxoroning Ark qal’asi va unga tutash bo‘lgan tarixiy me’moriy obidalarning vujudga kelish tarixi, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlarning ma’naviy-madaniy yuksalishdagi o‘rni haqida talabalarga atroflicha ma‘lumotlar berildi.