Sukunatdagi faryod
Ko'm ko'k osmon oppoq bulutlar bilan bezangan, bulutlar orasidan quyosh moralab turardi. Keng dala, yam yashil o'tlar orasidan moychechaklar o'sib chiqqan. Shamol ohista esardi. Ohiri ko'rinmayotgan bu daladan qo'limga moychechaklar terib borardim. Bir qurigan moychechak ustiga qo'nib turgan oppoq kapalakka ko'zim tushdi. U tomon borib egildim. Shuncha ochilgan oppoqqina chiroyli moychechaklarni orasida bir dona qurigan moychechak turardi. Kapalak ham shu qurigan moychechakka qo'nib turgandi. Bunga qiziqib u gul tomon yanada yaqinroq keldim. Kapalak uchib ketti, kapalak ortidan qararkanman uzoqdan biri uzun bo'yli oppoq kiyingan, uzoqdaligi sabali qanday kiyimdaligi aniq ko'rinmasdi. Qo'lida esa qurigan moychechaklar bilan turgan odamga ko'zim tushdi. U men tomon qarab turardi.
Kim ekanligini aniqlashtirish uchun yuziga aniqroq qaray boshladim. Qancha qaramay yuzi aniq ko'rinmasdi. U tomon ikki qadam bosganimni bilaman birdan qo'limdagi gullar qurib to'kila boshladi. Yuzimga urilgan tomchilardan osmon tomon qaradim. Qora bulutlar toplanib yomg'ir yog'a boshlagandi. Birdan yomg'ir kuchaydi. U hamon qimirlamay turardi. Unga qarab:
- Janoob, janob meni eshityabsizmi. Yomg'ir quyyabdi bu yerdan ketish kerak." dedim u tomon ovozimni ko'tarib. - hoy meni eshityabsizmi...
Atrof qora bulutlar tufayli qorong'ulashgandi. U huddi farishtadek nur taratib turardi va men tomon kela boshladi...
- Kechiir... hammasi uchun meni kechir. - u tomondan shu ovoz jaranglab kelardi. Ovozi judayam mayin edi. Atrofda boshqa hech kim yo'q edi. Shu sababli bu ovoz undan kelayotganiga ishonch hosil qildim. U birdan to'xtadi. Nima sababdan mendan uzr so'rayotganini tushunmay:
- janoob, sizni tushunmayapman, nima sababdan mendan uzur so'rayabsiz. - dedim uni ovozini yana bir bor eshitish uchun umid qilib.
Ko'zimga kirgan yomg'ir tomchisi achishtirdi, ko'zimni ishqalab u tomon qaraganimda yonida kalta qora ko'ylakda bir qiz turardi. U qiz bilan keta boshladi. Oldinda o'sha qiz, orqadan u ketardi. Uni orqasidan uzun bo'yli qop qora kiyingan yana biri kelib, hammadan orqada ketardi. Nima bo'layotganiga tushunmay ular tomon baqira boshladim:
- to'xtaang, men buyerlarni bilmayman. Yomg'irda ivib kettim men ham sizlar bilan ketaman.
Shunda ohirgi ketayotgan odam men tomon burildi va tez-tez yurib kela boshladi. Sovqota boshlagandim. U odam mendan besh qadamcha narida turardi, bu kim. Bularni nega yuzi ko'rinmayapti? Ko'zimga yomg'ir tomchilari kirganidanmi bilmadim atrofim xiralasha boshladi. Yuzini ko'rolmayapman, nega? Nega bularni yuzi aniq ko'rinmayapti. Ko'zlarimni ishqalay boshladim shunda u birdan yaqinlashib qo'llarimdan ushlab torta boshladi.
- Qani yur kettik...
Unga ergashmoqchi bo'ldimu lekn oyoqlarim yurmasdi. Ular qotib qolgandi.
- Oyoqlarim... oyoqlarim ular qimirlamayapti. Qo'rqa boshladim. Atrof juda qorong'ulashib ketgandi. U qo'llarimdan qattiqroq torta boshladi.
- hoy, qo'llarim og'riyapti...
- sen men bilan ketishing kerak, - dedi yog'on ovozda va o'zi tomon hamon tortardi. Undan qo'llarimni olmoqchi bo'ldim lekn qattiq ushlab olgandi. Qo'llarim va oyoqlarim og'riy boshladi. Qancha qo'yib yuboring deb baqirsam ham ta'sir qilmasdi. Ko'zlarimdan yoshlarim yomg'ir tomchilari bilan qo'shilib shir shir oqardi. Shunda birdan Opaa! Opa! degan ovoz kela boshladi. Yelkamdan kimdur turtkilay boshladi. Ko'zlarimni ochdim.
- opaa, turing kech qolyapsiz. Ustingiz ochiq qolibdi, derazalaringizni ham yopmagansiz. Qanday uxladingiz.
Tushunish qiyin bo'lgan ko'rgan tushlarimdan, o'y hayollarimdan o'zimga kelgunimcha krovatim ustida boshimni ushlab qotib o'tirgandim. Birdan bugun domlaga amaliy ish topshirishim esimga tushib vohma bilan:
- soat nechi , - deb so'radim.
- 8 dan besh daqiqa o'tdi. Yana biroz o'tirsangiz kech qolasiz, - opasiga o'rnini to'g'irlashda yordamlashib. - vaav! buni qachon qilishga ulgurdingiz, judayam zo'r chiqibdi. - dedi, stol ustidagi maketni qo'liga olib.
- ehtiyot qil ! kechasi, soat 4 gacham qilib tugattim. Qale chiqibdi.
- Ajoyib! nonushta tayyor, tezroq chiqing.
Nonushtadan bir nimalarni cho'qilab yegandek bo'ldimu shoshib uydan chiqdim. Soat 8dan 35 daqiqa o'tgan. Qoyil bunchalik tez chiqaman deb o'ylamagandim. Ko'k kofta, ko'k jensi shim, ustimdan yashil rangli jenfirimni kiygandim. O'ng yelkamda sumkam, chap qo'limda esa kechasi uyqusirab yasab chiqqan maketim :) Yugurib avtobus bekatiga chiqib oldim. Bir qo'lim bilan sumkamni ichidan hamyonimni qidirarkanman...aaysh u qolib ketibdi.
Shunchalar tez chiqqanimdan hamyonimni unutib qoldiribman yaa nimasi bu. Uyimdan o'qishim tomon yarim soatlik yo'l, agar avtobusda ketsam. Piyoda ketsamchi? Soat 9 gacham bu maketni topshirishim kerak. Qani kettik! Qo'limdagi maketim bilan yugura boshladim. Havo sovuq edi, yetmagandek shamol bo'layotgandi. Burnim oqishni boshladi. Ko'k jenfirimni cho'ntagidan quruq salfetka qidirarkanman yo'lkiram bilan ovqatlanishimga yetib ortadigan darajada naxd pul chiqdi. Aah dadam. Biram mehribonsiz! Ko'prik ustidan o'tib borarkanman uzoqdan o'qishim tomon ketadigan avtobus kelardi. 9 bo'lishiga 5 daqiqa qoldi. Baxtimga avtobus bekatiga yaqinlashib qolgandim. Bekat tomon yugura boshladim. Qo'limdagilar bilan biroz qiyin bo'ldi - yu lekn ulgurdim. Uuuh, bo'sh joy topib joylashdim. Vanihoyat yetib keldim, universitet darvozasidan kirib hovlisidan o'ttim va B bino tomon kettim. 9 dan 20 daqiqa o'tayotgandi. 206 - hona eshigi yonida Areum turardi.
- kelaqol, nega bunchalar qolib ketting! Domla hali topshirilmagan maketlar ro'yxatini tuzyabdilar. Menimcha ulgurding.
- ha keyin aytaman, domla mumkinmi? eshikni taqillatib so'radim.
- kir, nega bunchalar kech qolding.
- uzur, domla.
- mayli stol ustiga qo'yib chiq.
- hop bo'ladi, maketimni stol ustiga qo'yib qaytib chiqib ketayotgandim ustoz... to'xta familyangni aytib ket dedi. Ism Familyamni maket bir chetiga yozib qo'yganim uchun hotirjam chiqib ketayotgandim.
- maket chetiga yozib qoydim domla
- bo'ldi ko'rdim chiqishing mumkin.
Eshik yonida Areum kutib turardi.
- ha nima dedi?
- stol ustiga qo'yib chiq dedi holos
- shumi faqat, boshqa hech nima demadimi
- yo'q nima deyishi kerak edi
- ha yo'q endi aytamanda. Aytgancha nega kech qolding, uxlab qoldingmi?
- ehhaa, tarixi uzuun, - unchalik uzun bo'lmasada aytib vaqt o'tgizgim kelmadi.
- ha mayli, unda yur kettik do'kon aylanamiz. Hali 2 soat bo'sh vaqtimiz bor.
- yo'q ish qidirishim kerak.
- unda tashqaridagi ish e'lonlariga qaradinmi ?
- shoshib kelganimdan e'lonlarga ko'zim tushmabdi.
Areum mening eng yaqin dugonam. Yoshlikdan birga o'sganmiz. Bitta
universitet va bir xil fakultetta o'qiymiz.
Birga Universitet hovlisiga chiqdik. Eshikdan chiqishda to'g'rida ish e'lonlari osilgandi. Areum meni tashqariga chiqish eshigi yonida kutib turishini aytib o'sha tomon ketti. Tushlikdan keyingi bo'sh vaqtlarim uchun ish qidirardim. Ish e'lonlari katta kichik qog'ozlarda ikki tomonlama osilgandi. Odamlar bir u tomonidan bir bu tomonidan ish qidirardi. Qog'ozlardagi yozuvlarni birma ketin o'qishni boshladim. Bo'yim tengi balandlikda osilgan kichik qog'ozdagi yozuvlarni o'qirkanman, orqa tomondan boshqa bir qog'oz olindi... Moviy ko'zlar qahva rangi ko'zlar bilan to'qnash keldi. Bu qog'oz olingan o'rnidan faqatgina ko'zlarni ko'rish mumikin endi. Besh soniyaga dunyo to'xtagandek. Ko'zlari muloyimlik bilan bo'sh katakchalardan menga qarab turardi. Uyalganimda ko'zlarimni olib qochdim. Aylanib orqa tomoniga o'tmoqchi bo'ldimu kimgadur urilib kettim. O'sha muloyim ko'zlar egasi. Mendan uzur so'radida yo'lida davom etti. Ovozi tanishdek tuyildi. Biz o'rin almashgandik. U old tomoniga men esa orqa tomoniga o'ttim. Qog'ozlardagi yozuvlardan biriga ko'zim tushdi. Oziq ovqat do'koni uchun ishchi qidirishayotgan ekan. Men uchun oson va qulay. O'qishimdan so'ng bemalol borib ishlashim mumkin deya o'ylab u qog'ozni bir burchagidan ushlagandimu uni boshqa bir chetidan yana bir odam ushlab turardi. Yana o'sha yigit. U qo'lini qog'ozdan olib:
Areum mening eng yaqin dugonam. Yoshlikdan birga o'sganmiz. Bitta
universitet va bir xil fakultetta o'qiymiz.
Birga Universitet hovlisiga chiqdik. Eshikdan chiqishda to'g'rida ish e'lonlari osilgandi. Areum meni tashqariga chiqish eshigi yonida kutib turishini aytib o'sha tomon ketti. Tushlikdan keyingi bo'sh vaqtlarim uchun ish qidirardim. Ish e'lonlari katta kichik qog'ozlarda ikki tomonlama osilgandi.
Odamlar bir u tomonidan bir bu tomonidan ish qidirardi. Qog'ozlardagi yozuvlarni birma ketin o'qishni boshladim. Bo'yim tengi balandlikda osilgan kichik qog'ozdagi yozuvlarni o'qirkanman, orqa tomondan boshqa bir qog'oz olindi... Moviy ko'zlar qahva rangi ko'zlar bilan to'qnash keldi. Bu qog'oz olingan o'rnidan faqatgina ko'zlarni ko'rish mumikin endi. Besh soniyaga dunyo to'xtagandek. Ko'zlari muloyimlik bilan bo'sh katakchalardan menga qarab turardi. Uyalganimda ko'zlarimni olib qochdim. Aylanib orqa tomoniga o'tmoqchi bo'ldimu kimgadur urilib kettim. O'sha muloyim ko'zlar egasi. Mendan uzur so'radida yo'lida davom etti. Ovozi tanishdek tuyildi. Biz o'rin almashgandik. U old tomoniga men esa orqa tomoniga o'ttim. Qog'ozlardagi yozuvlardan biriga ko'zim tushdi. Oziq ovqat do'koni uchun ishchi qidirishayotgan ekan. Men uchun oson va qulay. O'qishimdan so'ng bemalol borib ishlashim mumkin deya o'ylab u qog'ozni bir burchagidan ushlagandimu uni boshqa bir chetidan yana bir odam ushlab turardi. Yana o'sha yigit. U qo'lini qog'ozdan olib:
sen olaqol
- nega?
- bugun man oladiganimi oldim, - dedi mayin kulib.
Unga minnatdorchilik bildirib Areum yoniga bordim:
- bitta topdim, qani kettik
- topibsan, yaxshi
Yurib avtobus bekatiga ketayotganimizda birdan Areum honada bannerini unitib qoldirganini aytib kirib ketti.