박 민아
@munisa0618
2 posts

Sukunatdagi faryod

Ko'm ko'k osmon oppoq bulutlar bilan bezangan, bulutlar orasidan quyosh moralab turardi. Keng dala, yam yashil o'tlar orasidan moychechaklar o'sib chiqqan. Shamol ohista esardi. Ohiri ko'rinmayotgan bu daladan qo'limga moychechaklar terib borardim. Bir qurigan moychechak ustiga qo'nib turgan oppoq kapalakka ko'zim tushdi. U tomon borib egildim. Shuncha ochilgan oppoqqina chiroyli moychechaklarni orasida bir dona qurigan moychechak turardi. Kapalak ham shu qurigan moychechakka qo'nib turgandi. Bunga qiziqib u gul tomon yanada yaqinroq keldim. Kapalak uchib ketti, kapalak ortidan qararkanman uzoqdan biri uzun bo'yli oppoq kiyingan, uzoqdaligi sabali qanday kiyimdaligi aniq ko'rinmasdi. Qo'lida esa qurigan moychechaklar bilan turgan odamga...