Izlash
Ketgan qaytmaydi, kelgan ketolmaydi...
Ortga qaytishni istamayotgan edi...
Yetishmovchiliklarga qaramay onasi biln yiqqan pullarini gilamning tagidan oldi-da, orqasiga ham o'girilmay u yerdan shitob bilan chiqib ketti. Qochayotib endi qayerda yashashni yoki nima qilishni o'ylamayotgan edi. Yagona o'yi - bu yerdan tezroq kutilish. Ortidan uni taqib qilib kelayotgan qon izlariga ko'z tashladi. Shoshilinchda orqasiga temir gulli zulfin o'rnatilgan tashqi eshikka qo'lini urib olgandi.
Bir necha daqiqalik to'xtovsiz qochish burilishda uzun bo'yi va so'laqmonday gövdesi bilan g'ira-shira har kimni ham qo'rqitib yuboradigan odamga urilib ketishi bilan to'xtadi.
Osonlikcha yiqiladiganga o'xshamaydigan bu odam bilan to'qnashdiyu , o'zi ag'anaguday bo'ldi. Barvasta odamga esa, aftidan hech narsa ta'sir qilmadi. O'zini kichik tog'larning yaratuvchisidek tutadigan bunday og'alarga urilib ketish ular uchun haqoratdek gap. Bu odam ham g'azabga minib, og'zidan ko'pik sachratgan ko'yi do'pposlashga chog'langan edi hamki, qarshisida katta yoshli kimnidir emas, nima bo'lganini tushuna olmay dovdirgancha turgan o'spirinni ko'rdi.
Osonlikcha yiqiladiganga o'xshamaydigan bu odam bilan to'qnashdiyu , o'zi ag'anaguday bo'ldi. Barvasta odamga esa, aftidan hech narsa ta'sir qilmadi. O'zini kichik tog'larning yaratuvchisidek tutadigan bunday og'alarga urilib ketish ular uchun haqoratdek gap. Bu odam ham g'azabga minib, og'zidan ko'pik sachratgan ko'yi do'pposlashga chog'langan edi hamki, qarshisida katta yoshli kimnidir emas, nima bo'lganini tushuna olmay dovdirgancha turgan o'spirinni ko'rdi.
Bemaxalda ko'chada o'zini bilmaydigan axvolda chopib ketayotgan bu bolaning ma'nosiz qarshlari atayın urilib ketmaganini aytib turgande edi.
Gungursday odamning tishlari sigaretani ko'p chekkanidan mog'orlab ketgan nim qorong'ida ham ko'rinib turibdi. Orqaga taralgan sochlari, dag'al soqoli, uzun qora paltosi, tugmalari qornigacha ochilgan ko'ylagi va qo'lidagi qahrabo toshli tasbexi uning qaysi dunyoga mansubligudan darak berardi.
U esa o'zini oldinda nimalar kutib turganinidan bexabar xolda yugurishda davom etdi. Anchagacha yugurdi, oyoqlarida mador qolmadi. Allaqanday ko'prik tagida kanalizatsiya qudug'ining qopqog'i ustiga tashlangan, ketma-ket yog'gan yomg'irlarning ta'sirida tusi sariqdan jigarrangga aylangan kartonlarning ustiga o'tirdi-da, tushuniksiz nigohi bilan atrofga alanglay boshladi. Yonoqlari sovuqdan qiziy boshlagan, qip-qizarib ketgandi.
Bu shaharda qish odatda qattiq keladi.
Ishchining qo'llariga o'xshash qo'llarining taram-taram yoriqlaridan kirayotgan sovuq deyarli butun tanasini qoplab olgandi. Yana bir qadam tashlashga majoli qolmaganidan o'sha yerning o'zida pinakka ketdi...
Gohida biror do'konning qulflangan eshigi oldida, gohida qaysidir ko'p qavatli uyning yo'lagida yotib, oppoq qorning odamga kafan kiydiradigan darajadagi sovug'iga chidashga urinayotgan bu bolaning cho'ntagida bir-ikki kun mehmonxonaga yashashga yetadigan puli bor. Oqibatini o'zi xam bilmaydigan ko'cha hayotida ninalarga duch kelishi mumkinligini taxmin qilolmagani uchun extiyotkor bo'lishi, pulini tejab ishlatishi zarur.
Shubxasiz, eng katta xatoimiz hammaning qalbi yaxshi ekanligiga ishonishimizdir.
Ko'chalarda kunlab tentirab yurdi. Bir kuni kechasi yana o'sha ko'prikning tagida ko'zi ilinar-ilinmas bo'lib yotganida biri kalta bo'yli, ikkinchisi novcharoq yigitchalar soyasi ko'rindi.
-Allamahalda bu yerda yotgancha qaraganda, boradigan joyi bo'lmasa kerak. Bu bola bugunning o'lchasi bo'la qolsin. Sariq suvsar yana kimnidir to'rimizga ilintirganimizni ko'rsa, rosa xursand bo'ladi-da. Balki olib borgan sovg'amiz uchun bizga mukofot berar, nima deysan?
Deyarli pichirlab gaplashayotgan bolalarning gaplarini aniq eshitmagan bo'lsa xam, ularning o'zini tutishi harakatlari unga ko'pam yoqmadi.
Bo'yi pastroq yigitcha Onado'li shevasida:
-Sen kimsan, qardosh? Bu paytda bu yerda nima qilib yuribsan? - deb so'radi.
-Kim ekanligim bilan nima ishing bor? O'zingiz kimsiz? - deya javob qaytardi to'ng ovozda.
Axir ularning niyatini bilmaydi, o'zini tanishtirmagani ma'qul.
Novcharoq yigitcha o'ziga yarashmagan yumshoq ohangda so'z qotdi:
-Qo'rqma, yomon niyatimiz yoq. Bu yerda yotganingni ko'rib balki yordamimiz tegar, degan niyatda keldik.
Bu gapdan keyin sal xijolat tortgan bo'lsa-da ehtiyotkorlikni qo'ldan boy bermay gapirdi:
-Raxmat, yordam kerak emas.
-Kerak emas, deyapsanu ko'rinishinga qaraganda boradigan joying yoqqa o'shaydi, qardosh - deb gapga aralashdi pakana.
Taxminan bir saatlik suhmatdan keyin ular o'zlari bilan ketishi taklif qildi-da javobini ko'pam kutib o'tirmay yo'lga ravona bo'ldi.
Bu yerda qolishning ular bilan ketishdan ortiq joyi yo'q. Ustiga ustak, onasi bilan to'plagan pullarining tobora cho'g'i kamayyapti.
"Bir o'zim ko'chalarda yana qancha yurishim mumkin? Badanim bu sovuq joyda yotishga yana qancha chiday oladi? - deya o'yladi. Ammo ichini shubhalar kemirayotgan edi: niyatlari yomon bo'lsachi? Hozirgina tanishib, darrov o'zlari yashaydigan joyga taklif qilishlari g'lati-ku."
Nima qilishni bilolmay qoldi. Miyyasida turfa fikrlar charx urar, ular bilan ketsinmi yoki ko'prikni tagida qolsinmi, bir to'xtamga kelolmayotgan edi.
U o'ylaguncha yigitlar ancha uzoqlashib, deyarli ko'zga ko'rinmay qoldi. Oqibati yaxshilik bilan tugaydimi yoki yomonlik bilan, aniq bilmasada, " Bir o'zim yashashimdan yaxshiroq " degancha ularning ortidan yugurdi.....
Yo'l yurishgani sayın ko'chalar tanholashib borardi. Ikki yigitcha bunga parvo qilishmas edi, bu yerlardan o'taverib o'rganib ketishgan. Mehmet esa bunday kimsasiz, jimjit va tor ko'chalardan ilk bor o'tyabdi, shu sababli yuragini allanechuk xadik chulg'ab oldi.
"Ularga ergashib hato qildimmi? Bu yerda meni o'ldirib yuborishsa, xech kim bilmaydi ham. O'ldirishsa nima bo'lardi, o'zi ish bo'lib boldi-ku. Boshimga bundan yomonroq yana nima tushishi mumkin?...."
Mehmet ana shu o'ylar bilan ketar ekan, ko'zi devordagi ko'cha chiroqlari bazo'r yoritib turgan yozuvlarga tushdi. Bazıları bo'yoq tugagani uchun chala qolgan bazıları esa turfa xil ranglar bilan yozilib, butun devorni qoplab olgandi. Yozuvlardan biri etiborini tortdi: " Ketgan qaytmaydi, kelgan ketolmaydi " .
Bu gapning ma'nosini o'qishga urinar ekan qulog'ini tagidan bir ovoz yangradi:
-Koshonamizga hush kelibsan! Qani, ichkariga kir.
Ikki tomonga ochiladigan eski eshikdan ichkariga kirganida namoyon bo'lgan manzarani ko'rishi bilan Mehmet birinchi marta o'zining yolg'iz emasligini his qildi. " Demak, toleli kulmagan faqat men emasman ", o'yladi va ichkariga qadam qo'ydi.
Tashqi tomonining buyog'i yomg'irlarda oqib ketgan, yarmi qorong'uda ko'rinmayotgan, yarmini esa ko'cha chiroqlari yoritib turgan, bog' ichidagi ikki qavatli uy edi bu. Mehmetning ko'zi birinchi bo'lib ustki qavattagi balkonda o'tirgan, sariq sochlarini orqadan bog'lab olgan odamga tushdi. U atrofdagilar bilan suxbatga berilib ketganidan Mehmetni ham, uni boshlab kelgan ikki yigitchani ham sezmadi.
Sovuq suyak-suyagigacha o'tib ketgan Mehmet bog'ning bir chetida tunuka idishida yonayotgan olovning bir chetida tunuka idishda yonayotgan olovning yaqiniga o'tirdi-da, ham isinib, ham olov atrofida bolalarning gaplariga quloq tuta boshladi.
Bolalardan biri ikkinchisidan so'radi:
-molni nima qilding?
-hammasini pulladim, - deya javob qaytardi sherigi maqtanchoq ovozda.
Bir bola esa Mehmetni bu yerga olib kelgan bo'yi past yigitcha tomonga o'girildi:
-Xoqon pakana, bugungi o'lja qanday?
Laqabi jismiga mos Xoqon qat'iyat bilan javob berdi:
-yaxshi deb bo'lmaydi, lekn Sariq suvsar biz olib kelgan sovg'ani ko'rgach, kayfiyati ko'tarilib, bizni mukofotlaydi, degan umiddaman.
Mehmet esa o'zining Sariq suvsarga beriladigan sovg'a ekanligidan bexabar o'tirar, bo'layotgan gap-so'zlarni tushunishga urinardi. Bu paytda Sariq suvsar zinapoyalaridan tebrangancha tushib kelayotgan edi. To'riga tushgan yangi o'ljadan qanday foydalanish rejasini tuzgancha Mehmet tomonga qadam tashladi.
-bu ukamiz kim? Oramizga yangi qo'shildimi?
Sariq suvsar deganlari Mehmet ichkariga kirganida birinchi bo'lib etiborini tortgan kishi ekan. Uning savoliga Xoqon yaltoqlangancha javob qaytardi:
-Ha og'am, shunday.1
Xoqoni javobi uni rosa hursand qilganga o'xshaydi. Sariq suvsar ko'rishish uchun ishsha qo'lini Mehmetga uzatdi.
-Xush kelibsan, inim, kel, o'tir, tortinma. Qorning ochmi, biror nima yeysanmi?
Necha soatdan beri tomog'idan bir luqma ham o'tmagan Mehmetning qornini ochlikdan g'uldirayotgan bo'lsa-da, o'zini noqulay his qilib:
-raxmat, och emasman, - dedi.
Suvsar esa go'yo bu javobni eshitmagandek olov atrofida o'tirgan bolalarga buyurdi:
-tezda ovqat tayyorlab kelinglar.
Suvsarni akalarcha mehribonligi Mehmetning hayolidan yomon o'ylarni birma-bir quvayotgan bo'lsada, aniq bir to'xtamga kelishga hali erta ekanligini tushunib turardi. Shu kunlarda har xil fikrlar miyyasini, qochishlar esa vujudini haddan ortiq toliqtirib qo'ydi. U oldiga qo'yilgan ovqatni yegandan keyin o'zi uchun tayyorlangan yotoqqa cho'zildi-da chuqur uyquga ketdi.
"Yuragingizga yaqin bo'lmagan insonlardan uzoq bo'ling".(Hazrati Umar)
Ertalab uyg'onganida dasturxon allaqachon tuzilgan, nonushta qilib bo'lgan bolalar esa birin-ketin tashqariga chiqib ketishayotgan edi. Mehmetni ko'rgan Suvsar
-Ooo poshshom hayrli tong. Yaxshi dam oldingmi? Kel nonushta qilib ol, - dedi
Oshhonadan olgan choyi bilan dasturxonga otirgan Mehmet bir tomondan Suvsar bilan suhbatlashib, ikkinchi tomondan qornini to'ydirdi. Keyin esa havo olish uchun boqqa chiqdi.
Avvaliga bu yerga kelganiga ikkilangan bo'lsa'da dostuna tuyulgan muxit Mehmetning ko'nikishini osonlashtirdi. Kunduzlar kechalarni, tunlar kunduzlarni quvlar vaqt juda tez o'tib borardi. Mehmet bir necha kun ichida bu yerda nimalar bo'layotganiga oz-ma oz faxmladiyu, ba'zi narsalarga barbir aqli yetmedi.
"Bu bolalar kim ? Nega birga yashashyapti? Olib kelgan pullarini qayerdan va qanday olishyapti?..."
Mehmet bu savollarga javob topishga urinar, o'zini bu yerga tegishli deb his qila boshlaganiga qaramay ichida qandaydir bezovtalik bor edi.
Kech tushib, hamma ishdan keldi va topgan-tutganini Suvsarga berdi. Mehmet esa charchab kelgan o'rtoqlariga choy damladi. Asta sekin ularga aralashib ketishga urinardi. Ilyos va Xoqon pakana Mehmetning eng yaqin do'stlariga aylandi. Nima bo'lganda ham uni bu yerga ular olib kelgan, ko'chada yashashdan ular qutqargan. Shuning uchun Mehmet ularga boshqacha hurmat ko'rsatardi.
- olinglar, do'stlarim, sizlarga choy olib keldim.
Xoqon pakana olgan choyini Ilyosga uzattı va yana ikki stakanni olib, Mehmetning yoniga o'tirdi. Biroz suhbatlashgach, Ilyos Mehmetga qarab:
- nuqul biz gapiryapmiz, sen ham o'zing haqingda gapirib ber, ko'chalarda nima qilib yurganding? dedi.
Bu savoldan keyin ko'zlarini choyga tikkan Mehmet kaliti yo'qolgan, ichida sirli narsalari bor sandiq misoli jim bo'lib qoldi. Go'yo Xoqon va Ilyosning savolini eshitmagandek, ularning ovozi miyyasiga yetib bormagandek edi.
Tushunishdiki, Mehmet hech narsa aytmaydi.
Shu payt radioda yangragan qo'shiqda Mehmetning hislari aks etgandek bo'ldi. U qo'shiqning naqoratini faqatgina yonidagilar eshita oladigan darajada, past ovozda takrorlay boshladi:
"Qora qalam yozgan mening taqdirimni, Hech kim tushunmaydi parishon ahvolimni..."
- hotiralar azoblayaptimi, do'stim? Bilaman... Azoblar sal bo'lsa ham tinishini istasang, ol, sen ham tort.
Xoqon o'zi o'tirgan kursining yonida turgan plastik butilkani Mehmetga uzatdi.
Mehmet ozroq ikkilanib turdi-yu, ularning o'ziga do'st ekanligiga qattiq ishonganidan uzatilgan qo'lini ortidagi "qora niyat" ni ko'rolmadi. Shunday qilib, ilk bor zaxri qotildan tatib ko'rdi.