Qilichqo'l botir qahramonligi.
11-bob. Toshqinobod. 2-qism.
Qilichqo’l ana shu paytda kirib keldi. U eshikdan kirishi Muqimxonni biroz esankiratib qo’ydi. Ammo u o’ziga kelib, qarsak urdi.
- Qilichqo’l – biz xaloskorimiz, uni jasorati sababligina To’liqbek ham, biz vatanga qaytdik! – deb e’lon qildi Brikshaga o’ng qo’lini uzatib turib Muqimxon.
Briksha boshini egib, ta’zim qilib qo’ydi.
- Tuzalibsanda! – dedi Muqimxon unga tikilib turgan Brikshaga.
- Ha, xon, tuzaldim, shukr, - dedi Briksha, - seni topishni istagandim. O’zing meni topipsan.
Muqimxon jilmaydi. Briksha yana ta’zim etmoqchi edi, u qaytardi.
- Qo’y, Qilichqo’l! Senga aslida ta’zim qilishim kerak! – dedi.
Majlisni Muqimxon erta tugatdi. U Briksha bilan gaplashishga oshiqmoqda edi.
- Yur, ortimdan, - dedi Muqimxon.
Majlisni tugatib, Muqimxon Brikshani yelkasidan tutdi va qasr sahniga olib chiqdi. Qasr sahni tor edi. Muqimxon sahndan chiqadigan eshikka yurdi. Briksha ham ergashdi.
Ko’rinishidan, Sobiqxonni bog’iga o’xshash, lekin undan kichikroq va ulkan, qalin, mitti yaproqli va mevasiz daraxtlardan iborat, salqin bir joyga chiqdilar. Muqimxon labini tishlab oldinda yurardi, ortidan boshini quyi solgancha Briksha ketardi. Bir joyga yetganida xon to’xtadi. O’girilib, Brikshaga so’z qotdi :
- Qanday kelib qolding, bu yerga?
Briksha uni qidirib kelganini aytdi.
- Kimsan, o’zi? Maqsading nima?
Briksha shunda, barchasini boshini, qisqa qilib aytdi. Akasi Sehrxon haqida, To’liqbek haqida aytdi. Ammo qahramonliklari haqida lom-mim demadi.
Muqimxon uni zo’r qiziqish bilan tingladi. Briksha uni juda qiziqtirib qo’ygan edi, u tez-tez uni noodatiy yuziga, qo’llariga ko’z qirini tashlab-tashlab qo’yardi. Brikshaga esa favqulodda Muqimxon qiziq tuyulmadi. Endi o’rta yoshlarga o’ta boshlagan, lekin sochi g’amdan oqara boshlagan, yuziga ham g’am soya solgan oddiy, qayg’uli bir kimsa edi u.
Briksha hikoyasini aytib bo’lib, oxiri ichida saqlab turgan savolni xonga berdi :
- Sarg’un lashkarboshingiz kim?
- Sargonus – Komnvellarni bu yerdagi vakil-lashkarboshisi, Bo’g’oz qal’asi kutvoli.
- Demak, sizni aldagan u, - dedi Briksha shunda, - Sargonus Sehrxonni xizmatida. Uni birodari bo’ladi.
- Sargonus komnvellarga xiyonat qilmaydi, - boshini sarak-sarak qildi Muqimxon zo’r ishonch bilan.
- Unga nimani va’da qilishganini bilmaysiz! – xitob qildi Briksha.
Va qo’qqisdan, qal’a tashqarisida to’p ovozlari gumburlab qoldi. Soqchilar baqirig’i eshitildi.
- Xujum qilishyapti! To’plar! To’plar!
- Sargonus, komnvelni allaqachon sotgan! – deb yana baqirdi Briksha va Muqimxonni hayratda qoldirib, qal’a tashqarisiga qarab yugurib ketdi.
Muqimxonni ortda ovozi yangradi :
- Jangga shaylaning! Qo’rg’onni mudofaalang!
Qo’rg’onni tashqi devoriga qattiq urilgan katta – katta narsalar urilib, devorlar gursillab ketdi. Yana to’p ovozlari yangradi. Askarlar atrofda hayqira ketdi. Qiy-chuv bosdi.
Briksha zumda, qo’rg’onning o’ttiz tirsak yuqorilikdagi darvozasi ustidagi devorda paydo bo’ldi. U oldinda komnvel dragunlari va piyoda qismlarini shaylanib turganini, qo’rg’on atrofini esa zambaraklar o’rab olganini ko’rdi. Briksha avvaliga ular devorni qulatishadi va keyin xujumga o’tishadi deb o’ylagandi. Ammo Sargonus qo’shinlari shoshilib, zambarak to’pidan shikast topgan darvozaga qarab telbalarcha yugurishdi. Briksha pastga yugurdi.
Darvoza oldida pala-partish xujum, ximoya boshlanib ketdi. Briksha komnvellar jangchilarini eng birinchi qatorda qarshiladi. U biri bilan olishib turib, ikkinchisini qulatardi, uchinchisini turtib ketib, to’rtinchisini uloqtirib yuborardi. Darvoza oldida, g’alati to’s-to’polon va changdan iborat jang bo’lardi.
Briksha mardlarcha jang qildi. U ikki shamshiri bilan dushmanni qilich, miltiqlarini cho’rt uzib tashlardi va eshonasini chiqarardi. Mudofaachilar ham jang maydoni torligidan foydalanib, dushmanni orqa qilib urushishdi. Qayerdandir oz sonli komnvel kiyimidagilar jangga mudofaachilar tomonda qo’shildi. Har ikki tomon miltiq va shamshirdan boshqacha qurol ishlatishmasdi, xatto ba’zilarida cho’qmor va nayza bo’lsa ham, ularni ishlatish uchun joy umuman torlik qilib, to’g’ri kelmasdi. Bir soatcha jang bo’lgandan keyin qo’rg’on mudofaachilari chekinmaganidan va o’zlari qurolsizlanganidan, zambaraklar otilmay qolganidan komnvel askar qismlari tartib bilan chekina boshlashdi. Oldin dragunlar jangdan chiqishga shoshildi, keyin miltiqboz piyodalar qismi o’q uza-uza mudofaachilarni chalg’itib qochdi, jang maydonida faqat qilichlilargina qoldi.
Jang xal qiladigan pallaga yetganda, Briksha mudofaachilar ortida ot mingan Muqimxonni ko’rdi. Muqimxon bor ovozi bilan hayqirib askarlariga dalda bo’lardi. Va o’zi ham to’pponchasidan o’q uzib, dushmandan bir-ikkitasini yerga qulatdi. Briksha yalt etib qaradiyu, urushni davom ettiraverdi.
Sargonus lashkari oldiniga chekindi. Mudofaachilar darvoza oldidan oldinga ketib qola boshladi. Ana shunda kam sonli dushman ura qochib qoldi. Mudofaachilar baralla ura-uralashdi. Lekin, Briksha darhol xiylani payqab qoldi.
- Ichkariga! Dushman yana zambarak ishlatadi! – deb baqirdi u.
Eng birinchi Muqimxon ko’zdan g’oyib bo’ldi. Shundan so’ng, qolganlar ham ichkariga kirishdi. Briksha yana hayqirdi :
- Devordan nariroq turing, bir qator saf tortib, miltiqlaringizni o’qlang!
Janggohda Brikshadan boshqa buyruq beradigan hech kim yo’q edi. Hamma Brikshaga itoat qildi. Brikshani o’zi esa qayerdandir adashib yurgan bir dragun otiga egarladi va darvozadan tashqariga chiqib, qo’lini musht qilib tugib, dushmanga o’qtaldi.
Shu tobda, Briksha musht tuggan joydanmi, boshqa joydanmi, bir oppoq olovli shar to’g’ri Sargonus lashkari zambaraklari turgan tomonga qarab uchdi. Portlash ovozi ichkarida ham, tashqarida ham baralla yangradi.
Komnvellar xujum qilishini Briksha birpas otda turib kutdi. Ammo, butunlay o’takasi yorilgan qo’shin oldinga qarab umuman siljimadi.
“ O’zlariga yaxshi. Kamroq qurbon bo’ladi. “ deb ichida o’yladi Briksha.
Yarim kun davomida Sargonus lashkari qal’adan tartib bilan chekinishdi. Mudofaachilar esa shodlanishar, ovozlari bo’g’ilguncha :