February 26, 2024

Sherlok Xolms : Bryus Partington rejalari

Tarjimon : Daminjonov Bahtiyor

Bryus Partington Rejasi

1895-yil, noyabrning uchinchi haftasida, Londonga quyuq sarg’ish tuman tushib keldi. Dushanbadan Payshanbaga qadar, Beyker Stritdagi derazamizdan, qarshimizdagi uylarni sharpasini ham ilg’ab qola ololmasdim. Birinchi kunni, Xolms kitoblarining ulkan kolleksiyasini qaytadan joylashtirib o’tkazdi. Ikkinchi va uchinchi kunni esa u xotirjamgina, o’ziga yangi topib olgan sevimli ishi – O’rta Asrlar musiqasiga bag’ishladi. Lekin, stollarimizni nonushta qilib olganimizdan so’ng, surib bo’lgan vaqtimizgacha to’rtinchi marta namli, og’ir tumanlik atrofimizdan, deraza oynalarida namli tomchilarni qoldirib suzib o’tayotganida, hamrohimning sabrsiz, serharakat tabiati bu xiralikka ortiq toqat qilib tura olmadi. U quvvatini tiyaverishdan jazavaga tushgancha, tirnoqlarini tishlab va mebellarga teginib, xonamiz bo’ylab bezovta yurib kela boshladi.

-        Ro’znomalarda bironta qiziq narsa yo’qmi, Vatson? – dedi u.

U qiziq narsa deganda biron bir jinoiy ishni nazarda tutganiga ishonchim komil edi. Ro’znomalarda inqilob, ehtimoliy urush, yaqinlashib kelayotgan hukumat almashuvi haqida habarlar bo’lib, birontasi sherigimni qiziqish doirasiga kirmas edi. Bosib chiqilganlar orasida kam uchraydigan yoki qidiruvi befoyda deb topilgan bironta jinoyat shaklini topa olmadim. Xolms uh tortdi va bezovtalikda davom etdi.

-        London jinoyatchisi shubhasiz zerikali shaxs, - deb to’ng’illadi u xuddi o’yinida yutqazib qo’ygan sportchiga o’xshab, - derazaga qarang, Vatson. Shakllar zo’rg’a ko’rinib paydo bo’lib, yana quyuqlik ortiga yashirinib ketishiga boqing. O’g’ri yoki qotil bu paytda Londonda xuddi changalzordagi yo’lbars kabi o’lja ko’ziga ko’rinsa, tashlanib qolishiga qadar payqalmasdan kezishi mumkin edi.

-        Shunday bo’lgan ham, - dedim men, - bir qancha mayda kisovurliklar sodir bo’libdi.

Xolms mensimaygina pishillab qo’ydi.

-        Bu ulug’vor va zulmatli sahna bundan ko’prog’iga arziydi! – dedi u, - bu jamiyatni baxtiga yaxshiyamki jinoyatchi emasman.

-        Rost! – dedim chin dildan.

-        Tassavur qilaylik men Bruks yo Vudxaus yoki bo’lmasam hayotimga nuqta qo’yishiga yaxshigina vaji bo’lgan boshqa elliktasidan bittasiman. O’zimni ta’qibimdan o’zim qanchagacha qochib qutila olgan bo’lardim? Bitta chorlov, soxta uchrashuv va hammasi tugagan bo’lardi. Yaxshiki, Lotin mamlakatlarida – yollanma qotilliklar mamlakatida tuman tushmaydi. Xudo haqqi! Aftidan, va nihoyat bizni o’ldirayotgan zerikishimizni yo’q qiladigan nimadir keldi!

U telegramma ushlagan oqsochimiz edi. Xolms telegrammani jildini yirtib tashladi va birdaniga kulib yubordi.

-        Xo’sh, xo’sh! Endi nima bo’larkin? – dedi u, - og’am Maykroft tashrif buyurarmish.

-        Nima qipti? – so’radim.

-        Nima qipti? Bu go’yoki tramvayni qishloq yo’lida ketayotganini ko’rib qolishdek gap! Maykroftni o’zini relsi bor va u o’sha bo’ylab harakatlanadi. Pal Mol lodjasi, Diogenlar klubi va Vaytxol ko’chasi – bular uni aylanmasi. Bir marta, faqatgina bir marta u shu yerda bo’lgan. Nima burilish bo’libdiki, uni yo’lidan chiqarib yuboribdi?

-        Izohlamaptimi?

Xolms menga akasini xatini uzatdi.

“ Kadogen Vest ichida bo’yicha ko’rishishimiz shart. Yo’ldaman. – Maykroft. “

-        Kadogen Vest? Bu ismni eshitganman.

-        Meni xobimga kelmadi. Biroq, bu Maykroftni izdan chiqarib yuborgani hayratlanarli! Sayyoramiz orbitadan chiqib ketgandek go’yo! Aytgancha, Maykroft kimligini bilasizmi?

Mavhum xotiramga “Yunon tarjimon” ishidagi tafsilotlar keldi.

-        Britaniya hukumatida kichikroq bir idorasi bor degandingiz.

Xolms jilmaydi.

-        U paytlarda sizni uncha bilmasdim. Mamlakatning katta ishlari haqida gapirilganda albatta ehtiyotkor bo’lmog’i kerak. Fikringiz to’g’ri – u Britaniya hukumatiga ishlaydi. Agarda uni goh-gohida ayni Britaniya hukumatning o’zi ekanligini ta’kidlaganingizda ham bir tomondan haq bo’lardingiz.

-        Qadrdonim Xolms!

-        Sizni hayron qoldirsa kerak deb o’ylagandim. Maykroft yiliga to’rt yuz ellik funt ishlaydi, u itoatkor, shuhratparastligi yo’q, u hech qanaqangi sharaf ham, unvon ham olmaydi, lekin aynan u mamlakatdagi g’oyatda muhim inson bo’lib qolmoqda.

-        Biroq, qanaqasiga?

-        Xo’sh, uni mansabi o’zgacha. Uni o’zi tanlagan. Bunaqasi avval bo’lmagan, keyin bo’lmaydi ham. Unda, har qanday foniy insonlar ichidagi eng saranjom va tartibli, faktlarni sig’dirish bo’yicha eng katta xajmdagi miya bor. Xuddi shu qobiliyatdan kamina jinoyatlarni aniqlashda foydalanaman. Har bir idoraning xulosalari undan o’tadi. U muvozanatni ushlab turuvchi markaziy birja, hisob-kitob markazi. Boshqa kishilar muayyan bir narsada mutaxassis ammo uning fazilati ham har narsani bilishida. Faraz qilaylik, bir vazirga Qirollik floti, Hindiston va Kanada hamda ikki metaldan yasalgan buyumni qamrab olgan axborot kerak bo’lib qoldi, endi u har bitta bo’limdan alohida-alohida maslahat olishi lozim bo’ladi. Biroq faqat Maykroftgina bularni hammasini jamlab, har bir bo’lak boshqasiga qanday ta’sir qilishi haqida ayta oladi. Hukumat uni vaqtni qisqartirish, bitta qulaylik sifatida ishlata boshlagandi, hozir esa u o’zini eng asosiyga aylantirgan. Uning teran aqlida barcha narsalar joy-joyida turadi va bir zumda taqdim qilinadi. Qayta va qayta, uning so’zlari milliy siyosatni belgilab berdi. Hayoti ham shuning ichida. U, agarda kamina biraqliy chigalyozdi qilish uchun, uni chorlab, kichik muammolarim ustida maslahat so’rab turishimni aytmasak, hech bir narsa haqida o’ylamaydi. Lekin bugun u o’z osmonidan pastga tushibdi. Bu nimani anglatishi mumkin? Kim ekan bu Kadogan Vest va Maykroftga qanday aloqasi bor ekan?

-        Men bilaman, - xitob qildim va o’rindiq tagida qog’ozlar uyumiga sho’ng’idim, - xo’sh, xo’sh, mana u, ishonchim komil! Kadogan Vest, Seshanba kuni ertalab o’lik xolda metroda topilgan yosh bir yigit.

Xolms diqqat bilan o’tirib, labini yarmiga trubkasini qistirib oldi.

-        Bu ish jiddiy ko’rinadi, Vatson. Akamni o’zgarmas kunlik odatini o’zgartirib yuborgan o’lim hodisasi jo’n bo’lishi mumkin emas. Uni bunga qanday aloqasi bor ekan? Eslashimcha bu ish ahamiyatsiz edi. Yoshgina bir yigit poyezddan o’zini tashlab, joniga suiqasd qilgan. O’g’rilik va zo’ravonlikka asoslanadigan hech bir dalil yo’q edi. Shunday emasmi?

-        Tergov ishlari bo’lgan, - dedim men, - va ko’pgina yangi tafsilotlar chiqib kelgan. Yaqindan tanishib, men ham amin bo’ldimki, bu ish qiziqarli ekan.

-        Akamga qilgan ta’siridan baho bersak, o’ylaymanki bu eng g’ayritabiiy ish bo’lishi kerak, - Xolms o’rindig’iga qunishib oldi, - Endi, Vatson, tafsilotlar bilan tanishsak.

-        Yigitni ismi Artur Kadogan Vest bo’lgan. U yigirma yetti yoshli, uylanmagan bo’lgan hamda Vulvich aslahaxonasida kotib bo’lib ishlagan.

-        Hukumat ishida. Mana, akam Maykroftga bog’liqlik!

-        U Vulvichni qo’qqisdan dushanba kuni tunda tark etgan. Unashtirilgan qizi – miss Vayolet Vestbyuri uni oxirgi marotaba ko’rgan. U qo’qqisdan, o’sha kechda soat taxminan 7yarimlarda chiqib ketib, tuman ichida g’oyib bo’lgan. Ular o’rtasida janjal bo’lmagan va qiz ketib qolishiga biron sabab aytolmagan. U haqida keyingi eshitgani – uning jonsiz jasadi shundoqqina London metrosining Oldgeyt stansiyasi ostonasida Meyson degan temiryo’l ta’mirchisi tomonidan topilgani bo’lgan.

-        Qachon?

-        Jasad Seshanba kuni soat oltilarda topilgan. U yo’lning sharqqa qarab ketadigan tomonida cho’zilib yotgan bo’lgan. Bu joy relslar shundoqqina tunneldan chiqaverishda, stansiya yaqinida bo’lgan. Jasadning bosh qismi pachoqlangan – bu jarohat poyezddan yiqilib tushganda orttirilgan bo’lishi mumkin. Tana qismi faqat shu tariqadagina yo’lakka tushgan bo’lsa kerak. Agar u biron bir yaqin ko’chadan olib kelinganda, har doim chiptachi turadigan stansiya to’siqlaridan o’tishi kerak edi. Bu mutlaqo aniq ko’rinmoqda.

-        Juda soz. Vaziyat yetarlicha ma’lum ekan. Kishi, o’lik yo tirik bo’lsa ham, poyezddan yo yiqilgan yo itqib yuborilgan. Bu narsa tushunarli. Davom eting.

-        Jasad topilgan yo’lning yonida o’tadigan poyezdlar g’arbdan sharqqa harakatlangan. Ba’zilari faqat shahar markazi ichida ba’zilari bo’lsa Villesden va boshqa tutash yo’llarga borgan. Bu sho’rlik yosh yigit, o’limga yuzlashganda, tun ikkinchi yarmining allaqaysi soatida shu yo’nalishda sayohat qilayotgan bo’lgan biroq, poyezga aynan qaysi vaqtda kirgani haqida aytish imkonsiz.

-        Uning chiptasi, albatta buni ko’rsatgan bo’lardi.

-        Cho’ntagida chiptasi bo’lmagan.

-        Chiptasi bo’lmagan! Azizim, Vatson bu juda hayratlanarli. Tajribamga tayansak, markazga yuradigan poyezdning platformasiga chiptani ko’rsatmasdan chiqib olish mumkin emas. Unda ehtimolki, yigitchada chipta bo’lgan. U chiqqan stansiyani sir tutish uchun chipta olib qo’yilmikan? Bo’lishi mumkin. Yo uni vagonda tushirib qoldirmikan? Bu ham ehtimol. Lekin, ayni shu masala qiziq. Tushunishimcha, o’g’rilik alomatlari bo’lmagan?

-        Aftidan yo’q. U egalik qilgan ashyolarning ro’yhati bor ekan. Hamyonida 2 funt 15 shilling bo’lgan. Unda “Poytaxt va Grafliklar” bankining Vulvich sho’basiga tegishli chek kitobchasi ham bo’lgan. Shu orqali uning shaxsi aniqlangan. Bundan tashqari uni Vulvich teatriga, o’sha kuni kechga belgilangan ikkita yuqori loja uchun chiptalari bo’lgan. Yana, texnikaga oid qog’ozlar to’plami.

Xolms mamnuniyat bilan hayqirdi.

-        Nihoyat topildi, Vatson! Britaniya hukumati – Vulvich. Aslahaxona – texnik xujjatlar – akam Maykroft, zanjir birlashdi. Ana, agar adashmagan bo’lsam, akamning o’zi hammasini tushuntirgani kelmoqda.

Bir zum o’tib, Maykroft Xolmsning haybatli, to’lacha jussasi xonaga kirib keldi. Uning gavdasi og’ir va gavdali, harakatsizlikdan jisman beo’xshovlikdan darak bersada, bu sumbatli jism yuqorisida joylashib olgan boshda shunday mohirona qalin qoshlar, kulrang-po’lat rangli, chuqur joylashgan ko’zlar, mustahkam lablar joylashgan ediki, bir qarashdayoq kishi bu qo’pol gavdani unutardiyu, faqat hukmronlikka daxldor aqlni ko’z oldiga keltirardi.

Unga ergashib, eski do’stimiz bo’lmish Skotlend Yarddan noziklik va loqaydlik bilan Lestryed kirib keldi. Ikkovining yuzlaridagi vazminlik allanechuk og’ir ishdan aytib turardi. Izquvar bir so’z aytmasdan, qo’l berdi. Maykroft Xolms paltosini qiynalibgina yechdi va kresloga cho’kdi.

-        Asabbuzar ish bo’ldi, Sherlok, - dedi u, - odatlarimni o’zgartirishni nihoyatda yomon ko’raman lekin, yuqoridagilar rad etishga o’rin qoldirmadi. Siamning hozirgi ahvolida idoramdan uzoqda bo’lishim noqulaylik tug’diradi. Ammo bu - haqiqiy inqiroz. Bosh vazirni shunchalik xafa xolida ko’rmaganman. Admirallikka kelsak, xuddi buzilgan ari ini kabi vizillab yotibdi. Hodisani o’qidingizmi?

-        Hozirgina o’qib bo’lgandik. Texnik xujjatlar nima edi?

-        Ha, masala shunda! Yaxshiyamki, u hali oshkor etilganicha yo’q. Agar shunday bo’lganda ro’znomalar shiddatga minardi. Sho’rlik yigitchani cho’ntagidagi qog’ozlar Bryus Partington suvosti kemasi rejalari edi.

Maykroft Xolms nozik urg’u bilan gapirdi, bu esa mavzuning u uchun muhimligini his qilishini ko’rsatdi. Ukasi va men unga quloq soldik.

-        Aminmanki, u haqida eshitgansiz? Hamma u haqida eshitgan deb o’ylayman.

-        Faqatgina nomini.

-        Uning ahamiyatini bo’rttirish mumkinmas. U hukumat ichida eng avaylanib saqlanadigan maxfiy sir bo’lib kelgan. Mendan eshitingiz mumkinki, Bryus Partingtonning harakati radiusi ichida dengiz jangiga kirishish imkonsiz bo’lib qoladi. Ikki yil avval, juda katta miqdorda pul Hisob-Kitob vazirligi orqali yashirincha olib o’tildi va ixtiro ustidan yakka egalik qilish uchun sarflandi. Har bitta harakat buni maxfiy saqlash uchun qilindi. Rejalar nihoyatda murakkab bo’lib, o’ttizta alohida patentdan tashkil topgan edi. Har biri butunning muhim qismi edi va ular aslahaxona yonidagi o’g’rilar kira olmaydigan eshiklar va oynalari bor ishonchli idoradagi maxsus ishlab chiqilgan seyfda saqlanadi. Aql bovar qiladigan bironta ehtimolda, rejalar idoradan olib chiqilishi mumkin emasdi. Xattoki, bosh konstruktor ko’z yugurtirishdan istasa ham Vulvich idorasiga borib kelishga majbur edi. Mana endi, uni London yuragida, marhum kichik kotibning cho’ntagidan topib turibmiz. Rasmiy tomondan qaralsa, bu shunchaki ayanchli.

-        Shunga qaramay, uni qaytarib oldingizmi?

-        Yo’q, Sherlok, yo’q! Hamma gap shunda. Qaytara olmadik. Vulvichdan o’nta qog’oz olingan. Kadogan Vestning cho’ntagida yettitasi bo’lgan. Eng muhim uchtasi – yo’qolgan, o’g’irlab ketilgan. Hamma ishni tashlashing shart, Sherlok. Politsiya idorasidagi mayda boshqotirmalaringni qo’yib tur. Xalqaro muammoni yechishingga to’g’ri keladi. Nega Kadogan Vest qog’ozlarni olgan, yo’qolganlari qayerda, u qanday xalok bo’lgan, tanasi topilgan joyda qanday bo’lib qolgan, qayerda topilgan, muammoni qanday xal qilsa bo’ladi? Bu hamma savollarga javob topsang, mamlakatingga yaxshigina xizmat qilgan bo’lasan.

-        Nega o’zing buni yechib qo’yaqolmaysan, Maykroft? Sen ham men kabi uzoqni ko’ra olasanku.

-        Ehtimol, Sherlok. Lekin masala tafsilotlarni olishda. Menga tafsilotlarni ber, men ekspertcha xulosamni qilaman. Biroq, uyoqqa yugur, buyoqqa yugur, temiryo’l soqchilarni so’roqqa tut, linzani ko’zga tutib, yuz bilan yerga yot – bu mening kasbimmas. Yo’q, bu ishni ravshan qiluvchi – sensan. Agar ismingni keyingi sharaf ro’yhatida ko’rishni istasang ...

Do’stim jilmaydi va boshini silkidi.

-        Sirlarga ularni o’ziga qiziqsamgina kirishaman, - dedi u, - har xolda masala shubhasiz bir necha joyida qiziqish uyg’otmoqda va men ularga ko’z tashlab qo’yishdan xursand bo’laman. Marhamat qilib, ko’proq ma’lumot bersangiz.

-        Mana bu qog’ozga eng muhim tafsilotlarni va senga qo’l keladigan bir nechta manzillarga qo’shib yozib qo’ydim. Xujjatlarning haqiqiy, rasmiy qo’riqlovchisi mashxur hukumat mutaxassisi ser Jeyms Volter xisoblanadi. Unda martaba va unvonlar shunchalik ko’pki, hammasini yozib chiqsa ma’lumotnomaning ikki qatori to’lib ketadi. U xizmatda sochi oqargan jentlmen, eng yuksak xonadonlarning faxrli mehmoni, hammasidan ham bu kishining vatanparvarligi shubhadan xolidir. U seyfning kaliti bor ikkita odamdan biri. Qo’shimcha qilishim mumkinki, xujjatlar shubhasiz dushmanba kuni ish soatlarida idorada bo’lgan va ser Jeyms soat uchlarda kalitni o’zi bilan olib, Londonga jo’nab ketgan. Hodisa sodir bo’lgan vaqtda, butun kechki vaqtda u Barkley maydonida, Admiral Sinklerning uyida bo’lgan.

-        Bu tasdiqlanganmi?

-        Ha, uning akasi polkovnik Valentayn Volter uni Vulvichdan ketgani, Admiral Sinkler bo’lsa uning Londonga yetib kelgani to’g’risida guvohlik berdi. Demakki, ser Jeymsni muammoda bevosita ishtiroki yo’q.

-        Kaliti bor boshqa kishi kim edi?

-        Bosh kotib va chizmachi – janob Sidni Jonson. Qirq yoshlarda, uylangan va beshta bolasi bor. U indamas, ma’yus odam ammo, uning, umuman olganda davlat xizmatida ajoyib tajribasi bor. Hamkasblar orasida dongdor emas ammo mehnatkash ishchi. Faqatgina xotininig so’zlari bilangina tasdiqlangan, o’zining xisobotiga ko’ra, u butun boshli dushanba ishdan keyingi kechki vaqtda uyda bo’lgan va uning kaliti uyida osilib turadigan soat zanjirini tark etmagan.

-        Bizga Kadogan Vest haqida aytib bering.

-        U o’n yildan beri xizmatda edi va yaxshi ishlagandi. U buyruqboz va salga qizishishi bilan nomi chiqqan ammo o’zi to’g’ri va vijdonli edi. Unga qarshi hech nima deya olmaymiz. U idoradagi ikkinchi Sidni Jonson edi. Uning topshiriqlari har kuni rejalar bilan shaxsan tanishib chiqishdan iborat edi. Undan boshqa hech kim ularni ushlamasdi.

-        Rejalarni o’sha tunda kim qulfagan?

-        Janob Sidni Jonson, bosh kotib.

-        Xo’sh, kim ularni olib ketgani g’oyatda aniq. Ular keyin o’sha kichik kotib Kadogan Vestdan topilgan. Qat’iy yakundek tuyulmoqda, shunday emasmi?

-        Shunday, Sherlok va shunda ham ko’p narsalarni tushunarsiz qolmoqda. Birinchi navbatda, u ularni nega olgan?

-        O’ylashimcha, ular qimmatlidir?

-        Ular uchun bir necha ming olishi mumkin edi.

-        Sotishdan tashqari xujjatlarni Londonga olib borishni boshqa vajini taklif qila olasizmi?

-        Yo’q.

-        Unda, biz buni ishchi gipotezamiz sifatida olishimiz zarur. Yosh Vest qog’ozlarni oldi. Xo’sh, bu faqat soxta kalitga ega bo’lish orqaligina sodir bo’lishi mumkin...

-        Bir nechta soxta kalitlar. U binoni va xonani ochishiga to’g’ri kelgan.

-        Unda, demak, bir nechta soxta kalitlar bo’lgan. U qog’ozlarni sirni sotish uchun Londonga olib borgan. Uning rejasi, shubha yo’qki, rejalarni o’zini keyingi kuni tongda seyfga, ular yo’qolgani aniqlanmasidan oldinroq solib qo’yish bo’lgan. Londonda esa bu xiyonotkorona topshirig’i vaqtida, u o’lim topgan.

-        Qanday?

-        Faraz qilaylik – u Vulvichga qaytayotganida, o’ldirilib, kupesidan tashlab yuborilgan.

-        Oldgeyt – jasad topilgan joy, Vulvichga qaytish yo’li o’tishi mumkin bo’lgan London ko’prigidan anchagina masofada.

-        U London ko’prigidan o’tib ketib qolishiga bir qancha ehtimollar bo’lishi mumkin. Masalan, vagonda kimdir bo’lgan va u bilan berilib suhbat qurib ketayotgan bo’lishi mumkin. Suhbat zo’ravonlikka aylanib, u hayotdan ko’z yumgandir. Ehtimol, u vagondan chiqib ketishga uringan va relsga urilganu, o’lim topgan. Sherigi eshikni yopib qo’ygan. O’shanda tuman qalin edi va hech nimani ko’rib bo’lmasdi.

-        Hozirgi bilganlarimizga ko’ra bundan yaxshiroq izoh berib bo’lmaydi. Biroq, Sherlok, qancha narsaga to’xtalmaganingni e’tiborga olgin. Bilganimizga qarab, Yosh Kadogan Vest bu xujjatlarni Londonga yetkazishga QAROR qilgan deb taxmin qilaylik. U xorij agenti bilan tabiiyki uchrashuv tayinlagan bo’ladi va kechki vaqtini bo’sh saqlagan bo’lardi. Uni o’rniga, u teatrga ikkita chipta olgan va qaylig’ini yarim yo’lgacha kuzatib qo’yganu, to’satdan yo’qolib qolgan.

-        Shamg’alat qilish bu, - dedi suhbatni ozgina toqatsizlik bilan tinglab turgan Lestryed.

-        G’alati alahsitish. Bu 1-raqamli e’tiroz edi. 2-e’tiroz: U Londonga yetib keladi va xorij agenti bilan ko’rishadi deb taxmin qilaylik. U qog’ozlarni tonggacha qaytarib olib borishi lozim edi, yo’qsa ularni yo’qolgani aniqlanadi. U o’ntasini oladi. Yettitasi cho’ntagida bo’lgan. Qolgan uchtasiga nima bo’lgan? Uni, albatta, o’z xoxishi bilan tashlab yubormagan bo’lardi. Yana, bu xiyonatning mukofoti qayerda? Cho'ntagida katta miqdordagi pul topilishini kutsa bo’lardi.

-        Menga bu ravshandek tuyulmoqda, - dedi Lestreyd, - nima sodir bo’lganiga shubham yo’q. U qog’ozlarni sotish uchun olgan. Agentni ko’rgan. Narxiga kelisha olishmagan. U uyga qaytgan biroq, agent u bilan ketgan. Poyezdda, agent uni o’ldirgan, eng muhim qog’ozlarni olgan va jasadni vagondan tushirib yuborgan. Bu hammasiga javob bo’ladi, shunday emasmi?

-        Unda nega chiptasi yo’q?

-        Chipta qaysi stansiya agentni uyiga yaqinligini ko’rsatgan bo’lardi. Shuning uchun, qurbonni cho’ntagidan uni olib qo’ygan.

-        Yaxshi, Lestreyd, juda yaxshi, - dedi Xolms, - sizning farazingiz hammasini birlashtiradi. Agarda bu rost bo’lsa, ish yakuniga yetdi. Boshqa tomondan, xoin o’lgan. Yana boshqa tomondan bo’lsa Bryus Partington suvosti kemasi rejalari allaqachon ehtimolki qit’aga yetib borgan. Bizga nima qoladi?

-        Harakat qilish, Sherlok, harakat! – xitob qildi Maykroft, oyoqqa qalqib, - mening hamma instinktlarim bu izohga qarshi bo’lmoqda. Kuchingni ishlat! Jinoyat joyiga bor! Bunga aralashgan odamlarni ko’r! Bironta toshni qo’zg’atmasdan qoldirma! Butun xizmating davomida mamlakatingga ishlashning bunday katta imkoniyatiga ega bo’lmagansan.

-        Xo’sh, xo’sh! – dedi Xolms, yelka qisib, - Yuring, Vatson! Siz ham, Lestreyd, bir yo ikki soatcha hamrohlik qilishlikka bizni sazovor eta olasizmi? Surishtiruvimizni Oldgeyt stansiyasiga tashrif bilan boshlaymiz. Ko’rishguncha, Maykroft. Kechgacha sizga biron xabar yetkazaman, biroq oldindan ogohlantirib qo’yayki, ko’p narsa kutmasangiz bo’ladi.

Bir soat o’tib, Xolms, Lestreyd va men metro temir yo’lining Oldgeyt stansiyasiga kiraverishda, tunnelning chiqish nuqtasida turardik. Qizil-yuzli, xushmuomula keksa jentlmen temiryo’l kompaniyasidan vakil sifatida kutib oldi.

-        Shu yerda yigitchaning jasadi yotgandi, - dedi u, temir yo’ldan uch futcha masofadagi joyni ko’rsatib, - U yuqoridan tushib ketmagan bo’lishi mumkin emas, sababi yuqoridagi devorlar toza xolda turibdi. Shunday qilib, u faqat poyezdda tushib qolgan bo’lishi mumkin va bu poyezd, kuzatishlarimizga ko’ra, dushanba kuni yarim tunda o’tgan bo’lishi kerak.

-        Vagonlar zo’ravonlik izlari bo’yicha tekshirilmadimi?

-        Bunaqangi izlar yo’q va hech qanday chipta ham topilmadi.

-        Bironta eshik ochiq xolda topilgani habar berilmaganmi?

-        Hech qanday.

-        Bugun ertalab allaqachon yangi dalilga ega bo’lganmiz, - dedi Lestreyd, - Oldgeytdan oddiy shahar markaziga ketadigan poyezdda sayohat qilayotgan bir yo’lovchi dushanba tunida, taxminan 11-40larda urilib tushgan jasadniki kabi kuchli shovqinni eshitgan. Tuman qalin edi, shuning uchun hech nima ko’rinmagan. O’sha vaqtda, u bu haqida habar bermagan. Iya, janob Xolmsga nima qildi?

Do’stim yuzida kuchli zo’riqish bilan temir yo’l relslarning tunneldan chiqadigan qismiga tikilib turardi. Oldgeyt ulanish joyi bo’lib, u joydan har xil tarmoqlar ajralgandi. Sherigimning ishtiyoqli, so’roq bilan qadalgan ko’zlarida men uning o’tkir, sergak chehrasida lablari qisilib, burun teshigi titrab, oldindan biladigan qalin, to’q qoshlarning jamlanib ketganini ko’rdim.

-        O’tkazmalar, - pichirladi u, - o’tkazmalar...

-        Unga nima qilibdi? Nimani nazarda tutyapsiz?

-        Farazimcha, bu kabi tizimlarda shunchalik ko’p o’tkazmalar yo’q?

-        Yo’q, bunaqasi kamdan-kam.

-        Egrilik ham. O’tkazmalar va egrilik. Xudo haqqi! Shunday bo’lsaydi.

-        Nimani nazarda tutyapsiz, janob Xolms? Biron taxminingiz bormi?

-        G’oya – bir ma’lumot, undan ortiq hech nima. Lekin, ish qiziqarli tus olmoqda. Noyob, g’oyat noyob va nega shunday bo’lmas ekan? Chiziq ustida qon alomatlarini ko’rmayotirman.

-        Umuman qon izlari yo’q edi.

-        Lekin, tushunishimcha, jarohat anchayin jiddiy edi.

-        Suyak majaqlangandi ammo tashqi jarohat yo’q edi.

-        Biroq, shunda ham qon ketishini kutsa bo’lardi. O’sha tuman ichida gursillash ovozini eshitgan yo’lovchisi bo’lgan poyezddan tekshirib chiqishimga imkoniyat bormi?

-        Qo’rqamanki yo’q, janob Xolms. Poyezd sal avval buzilib qolgan va vagonlar qayta taqsimlab chiqilgan.

-        Sizni ishontira olaman, janob Xolms, - dedi Lestreyd, - har bitta vagon ehtiyotkorlik bilan tekshirib chiqilgan. O’zim buni tepasida turdim.

Do’stimning o’zidan ancha xushyorsiz aql egalari oldida sabrsizligi, uning eng yaqqol zaifliklaridan biri edi.

-        Katta ehtimolda, - dedi u, qarshi tarafga burilib, - buni qarangki, men tekshirishni istagan narsa vagonlar emas ekan. Vatson bu yerda qilinadigan hamma ishni bajardik. Sizni ortiq muammoga qo’ymaylik, janob Lestreyd. O’ylashimcha, surishtiruvimiz endi bizni Vulvichga tomon yetaklaydi.

London ko’prigida, Xolms akasiga telegramma yozdi va uni jo’natishdan avval menga ko’rsatdi. U shunday bitilgandi:

“ Zulmat ichida yorug’lik ko’rsat, u so’nib qolishi ehtimol. Ayni chog’da, iltimos xabarchi orqali uni Beyker ko’chasida kutib turishni tayinlab, Angliyadagi barcha aniqlangan xalqaro agentlar va xorijiy ayg’oqchilarning to’liq ro’yhatini manzillari bilan jo’natib yubor.

Sherlok. “

-        Bu foydali bo’lishi kerak, - ta’kidladi u, Vulvich poeyzdidagi o’rinlarimizga joylashar ekanmiz, - Aniqki biz og’am Maykroftdan bizni mislsizga o’xshab ko’rinayotgan ish bilan tanishtirgani uchun qarzdormiz.

Uning g’ayratli yuzi juda jiddiy va asabiylikni aks ettirardi. Bu menga qiziquvchanlik o’y-hayollar ichida bir noma’lum va o’ylantiruvchi jihat ochilganidan darak berardi. Quloqlari osilib qolgan va dumlari yerga cho’kkan tulki ovlovchi tozi itni uychasi ichida engashgan xolatda uchratsangiz va bu itni ko’kragigacha yetadigan isni olgach, ko’zlari yiltirab, muskullari cho’zilib ketgan xolini ko’z oldingizga keltirsangiz, Xolmsning tongdan buyon qanday o’zgarganini tassavur qilishingiz qiyin bo’lmaydi. U atigi bir necha soat oldingi tuman qurshab turgan xonada, kulrang xalatida bezovtalanib yurgan o’sha oqsoq va erinchoq kimsadan boshqacha bo’lib ketgandi.

-        Dalil mavjud. Ko’lami mavjud, - dedi u, - nahotki, anqov bo’lganman –ehtimollarni tushunib yetmapman.

-        Hatto, hozir ham ular men uchun qorong’u.

-        Yakun menga ham qorong’u, ammo bizni uzoqqa yetaklaydigan bir tushunchaga egaman. Kishi o’limini boshqa joyda qarshilagan va tanasi vagonning tomida bo’lgan.

-        Tomida?

-        G’aroyib, shunday emasmi? Biroq, faktlarni xisobga oling. Jasadning ayni poyezd silkinib, temiryo’lning ulanish nuqtasida yo’nalishni o’zgartirish uchun yonlamasiga surilgan joyda topilgani tasodifmi? Aynan shu joyda tomdagi narsa o’z joyidan surilib, qulab tushmaydimi? Kesishishlar poyezd ichidagi bironta jismga ta’sir qilmaydi. Yo jasad tomdan sirpanib tushgan yoki juda qiziq tasodif ro’y bergan. Endi esa qon izini masalasini ko’rib chiqsak. Agarda jasad boshqa joyda qon ketib tugasa, albatta yo’lkada hech qanday qon izi bo’lmaydi. Har bitta fakt o’zicha bo’lganda o’ylantiradi. Birlashib, ular yaxlit kuchga aylanadi.

-        Chipta masalasida ham! – xitob qildim.

-        Aynan. Biz chiptani yo’qolganini tushuntirib bera olmadik. Bu esa uni izohlaydi. Hammasi mos kelyapti.

-        Biroq, faraz qilaylik, shunday bo’lsa ham, biz hanuzgacha uning o’limi sirini yechishdan ancha masofada turibmiz.

-        Ehtimol, - dedi Xolms, o’ychan, - “Ehtimol”. U jimgina hayol surib ketdi va bu imillagan poyezd toki Vulvich stansiyasiga yetib borguniga qadar davom etdi. O’sha yerda u ishvosh chaqirdi va Maykroftning qog’ozlarini cho’ntagidan chiqardi.

-        Tushdan keyin qiladigan talaygina ko’p tashriflarimiz bor, - dedi u, - o’ylashimcha janob Jeyms Volter eng birinchi diqqatimizga sazovor.

Mashxur xizmatchining uyi yashil maysazorlari Temzagacha cho’zilib ketgan ajoyib villa edi. Unga yetib kelganimizda, tuman ko’tarilib, ingichka va nam quyosh nurlari chiqib kelayotgandi. Xizmatchi bizni chaqiruvimizga momand peshvoz chiqdi.

-        Janob, janob Jeyms, - dedi u jiddiy qiyofada, - janob Jeyms bugun tongda vafot etdi.

-        Yo qodir egam! – xitob qildi Xolms ajablanib, - qanday o’ldi?

-        Ehtimol siz kirishni va uning ukasi, polkovnik Valentaynni ko’rishni istarsiz?

-        Ha, shunday qilganimiz ko’ngilli.

Biz xira yoritilgan qabulxonaga kiritildik va bir lahza o’tiboq bizga ellik yoshlardagi xiyla novcha, ko’rkam kishi - marhum olimning yosh ukasi peshvoz chiqdi. Uning asov ko’zlari, dog’li yonoqlari va taralmagan sochi oila boshiga qo’qqisdan tushgan sinovdan dalolat berar edi. U so’zlayotib ham, bazo’r gapirardi.

-        Hammasi o’sha mudhish mojaro tufayli, - dedi u, - akam, ser Jeyms, ta’sirchan g’ururli kishi edi va bunday ishdan keyin o’zini tiklay olmadi. Bu uni yuragini jarohatladi. U doim idorasining samaradorligidan faxrlanardi va bu og’ir zarba bo’ldi.

-        Biz u ishni ochiqlovchi biron bir ko’rsatkichlar qoldirgan bo’lishi ehtimol deb umid qilgandik.

-        Sizni ishontirib aytamanki, bularning bari xuddi sizga yoki hammamizga bo’lgani kabi sirli edi. U allaqachon barcha bilganlarini politsiya bilan bo’lishgandi. Tabiiyki, unda Kadogen Vestni aybdorligiga shubha yo’q edi. Biroq, qolganlari – aql bovar qilmas jumboqlar edi.

-        Siz bu masalaga biron bir oydinlik kirita olmaysizmi?

-        Eshitganlarim yoki o’qiganlarimdan ortiq narsa bilmayman. Adabsiz bo’lishga ishtiyoqmand emasmanu, tushunasizki, janob Xolms, biz hozirda anchagina bezovta ahvoldamiz va sizdan bu so’roqni tezroq tugatishni so’rayman.

-        Chindan ham kutilmagan rivojlanish, - dedi do’stim biz izvoshga qaytganimizda, - O’lim tabiiy sodir bo’lganmi yoki sho’rlik qariya o’zini o’ldirganmi, bilish qiziq. Agar keyingisi bo’lsa, bu burchga e’tiborsiz munosabat uchun o’zini – o’zi jazolashmikan? Bu savolni keyinroqqa qoldirishimiz lozim. Endi, Kadogan Vestlarnikiga burilamiz.

Shahar tashqarisidagi kichik ammo yaxshi saqlangan hovli – motam tutayotgan ona boshpanasi edi. Kampir g’am-g’ussadan shunchalik esankirab turganidan, bizga yordam bera olmadi. Biroq uni yonida o’tirgan, marhumning unashtirilgan qaylig’i, o’zini miss Vayolet Vestbyuri deb tanishtirgan oq-yuzli yosh xonim marhumni o’sha falokatli kunda ko’rgan eng oxirgi kimsa edi.

-        Buni tushuntirib berolmayman, janob Xolms, - dedi u, - fojiadan buyon kunu-tun buni sababi nimada ekanligini o’ylab, o’ylab, o’ylab mijja qoqmadim. Artur dunyodagi eng qat’iy, jasoratli va vatanparvar kishi edi. U o’ziga ishonilgan davlat sirini sotgandan ko’ra o’ng qo’lini kesib tashlagan bo’lardi. Uni tanigan har bir kishi uchun bu ayblov bema’ni, imkonsiz va nomunosib ko’rinadi.

-        Lekin, faktlarchi, miss Vestbyuri?

-        Ha, ha, tan olaman, ularni izohlay olmayman.

-        Uni pulga muhtojligi bormidi?

-        Yo’q, uning ehtiyojlari juda sodda va ish haqi yetarli edi. Bu necha yuz orttirgandi va biz yangi yilda turmush qurish arafasida edik.

-        Biron bir ruhiy hayajonlanish alomati yo’qmidi? Keling, miss Vestbyuri, bizga ochiqchasiga ayting.

Hamrohimning sezgir ko’zlari uni xulqida biroz o’zgarishni aniqladi. U bo’zarib ketdi va ikkilanib qoldi.

-        Ha, - dedi u nihoyat, - uni miyasida nimadir borligini sezgandim.

-        Qanchadan buyon?

-        Faqat oxirgi haftalarda, ehtimol undan uzoqroqdir. U o’ychan va tashvishli bo’lib qolgandi. Bir marta undan buni surishtirgandim. U bir nimadir borligini oldi va bu rasmiy ishiga bog’liqligini ham tan oldi. “Bu haqida gapirishim juda xafvli, xatto senga ham, “ dedi u. Boshqa hech nimani bila olmadim.

Xolms tirishib ketdi.

-        Davom eting, miss Vestbyuri. Xatto bu unga qarshidek ko’rinsa ham, davom ettiring. Biz hali buni nimaga olib borishini bilmaymiz.

-        Chindan aytaman, boshqa aytadigan so’zim yo’q. Bir – ikki marta u menga nimanidir aytmoqchidek tuyuldi. Bir kuni kechda o’sha sirning muhimligi haqida gapirdi va yodimda qolgani u xorijiy ayg’oqchilari unga ega bo’lish uchun kattagina boylik berishlariga shubha qilmasligi haqida aytdi.

Do’stimning yuzi yana ham tirishib ketdi.

-        Boshqa biron nima yo’qmi?

-        U biznikilar bunday ishlarda sust ekanligi – har qanday xoin rejalarni olishi osonligi haqida gapirgandi.

-        Bu so’zlarni oxirgi vaqtlarda aytganmidi?

-        Ha, yaqindagina.

-        Endi, bizga so’nggi oqshom haqida ayting.

-        Biz teatrga bormoqchiydik. Tuman juda qalinligida, izvoshda sayr behuda edi. Piyoda ketdik va yo’limiz idoradan yaqiniga olib bordi. To’satdan, u tumanlik ichiga shoshib kirib ketdi.

-        Biz so’z demasdan-a?

-        Baqirib yubordi – bori shu. Kutib turdim va u qaytib kelmadi. Keyin, uyga piyoda yetib bordim. Tongda, idora ochilgandan keyin, surishtiruvga kelishdi. Soat 12larda biz o’sha daxshatli yangilikni eshitdik. O, janob Xolms, qaniydi, qaniydi siz uni nomini saqlab qola olsangiz! Unga bu xo’p qadrli edi.

Xolms g’amgin bosh chayqadi.

-        Yuring, Vatson, - dedi u, - yo’limiz boshqa joyga ketadi. Keyingi bekatimiz qog’ozlar olingan idora bo’ladi.

-        Shundoq ham yigitchani yuzi qora edi va surishtiruvimiz uni yana ham qoraytirdi, - ta’kidladi u, izvosh yo’lga chiqarkan, - uning bo’lg’usi to’yi jinoyatga sabab bo’la oladi. Tabiiyki unga pul kerak bo’lgan. Bu haqida gapirgan - bu fikr uni miyasida bo’lgan. U rejalari haqida aytib, qizni xiyonatga deyarli sherik qilayozgan. Bu juda yomon.

-        Biroq, Xolms, bu yerda xatti harakat ham muhim emasmi? Nega unda u qizni ko’chada qoldirib ketib, jinoyatni sodir etishga shoshilgan?

-        Aynan! Albatta, e’tirozli xolatlar bor. Biroq, ish juda qattiq, bu xolatlarni ustun kelishi ancha mushkul.

Janob Sidni Jonson – katta kotib bizni idorada kutib oldi va bizni hamrohimiz har doim olib yuradigan tanishtiruv qog’oziga mufoviq xurmat bilan qarshiladi. U ozg'in, qo'pol, ko'zoynakli, o'rta yoshli kishi edi. Uning yonoqlari ozg’in va qo’llari o’zi duchor bo’lgan asabiylikdan titrab turardi.

-        Bu yomon, janob Xolms, juda yomon! Rahbarning o’limini eshitdingizmi?

-        Hozir, uni uyidan keldik.

-        Idora betartib bo’lib ketdi. Rahbar o’lgan, Kadogan Vest o’lgan, qog’ozlarimiz o’g’irlangan. Dushanba kunida kechki vaqtda eshikni yopganimizda, biz har qanday hukumat xizmati kabi samarali faoliyatda edik. Yo, Xudo, buni o’ylashni o’zi xunuk! Vest, hammadan ham ko’ra, bu ishni qilgan bo’lishi!

-        Demak, siz uni aybi borligiga ishonchingiz komilmi?

-        Boshqa hech qanday yo’l ko’rmayotirman. Biroq, unga o’zimga ishongandek ishongan bo’lardim.

-        Dushanba kuni soat nechada idora yopildi?

-        Beshda.

-        Uni siz yopdingizmi?

-        Doim eng oxirgi bo’lib chiqaman.

-        Rejalar qayerda edi?

-        Seyfda. U yerga o’zim qo’yaman.

-        Binoda kuzatuvchi yo’qmi?

-        Bor, ammo u boshqa bo’limlarga ham qaraydi. U eski askar va eng ishonchli odam. O’sha kuni kechda hech nimani ko’rmagan. Albatta, tuman juda qalin edi.

-        Faraz qilaylik, Kadogan Vest binoga soatlar o’tgandan so’ng,tashrif buyurishni istab qoldi, unga xujjatlarga yetgunicha uchta kalit kerak bo’lardi, shunday emasmi?

-        Ha. Tashqi eshik kaliti, idora kaliti va seyf kaliti.

-        Faqat ser Jeyms Volter va sizda kalit bormidi?

-        Menda eshiklarning kalitlari yo’q – faqat seyflarniki bor.

-        Ser Jeyms tartibli xulq-atvorga egamidi?

-        Ha, o’ylashimcha shunday. Bilganim u hamma uchta kalitlarini bitta xalqada saqlardi. Tez-tez ularni shu yerda ko’rib turardim.

-        Va o’sha xalqa u bilan Londonga ketganmi?

-        Ha, o’zi shunday dedi.

-        Va sizning kalitingiz sizdan chiqib ketmaganmi?

-        Hech qachon.

-        Unda Vest, agar chindan ham jinoyatni sodir etgan bo’lsa, nusxasiga ega bo’lgan bo’lishi kerak. Bunga zid ravishda, jasadidan ular topilmadi. Boshqa nuqta – agarda idoradagi kotib rejalarni sotishni istaganda qo’l uriladigandek, haqiqiysini olgandan ko’ra rejalarni nusxalab olish osonroq bo’lmasmidi?

-        Rejalarni pishiq usulda nusxalab olish uchun anchayin texnik bilim talab qilingan bo’lardi.

-        Biroq, o’ylashimcha yo ser Jeyms, yoki siz, yo Vestning texnik bilimingiz bor, shundaymi?

-        Bu shubhasiz, biroq iltimos meni bu masalaga olib kirmang, janob Xolms. Bu yo’sinda faraz qilishimizni nima keragi bor, asl rejalar Vestdan topilgan bo’lsa?

-        Xo’sh, u behavotir nusxa ko’chirish imkoniga ega bo’lgan xolda, asl rejalarni olib qo’yishi g’alati. Chunki, nusxalar uning maqsadlari uchun teppa-teng foyda bergan bo’lardi.

-        G’alati, shubhasiz – shunga qaramay, u bunday qildi.

-        Bu masaladagi har surishtiruv qandaydir tushunarsizlikni oshkor qilmoqda. Mana, uchta qog’oz hanuzgacha topilmaganini olsak. Ular, tushunishimcha, eng muhimlari edi.

-        Ha, shunday.

-        Aytmoqchisizki, bu uchta qog’ozga ega chiqqan har kim, qolgan yettitasiz, Bryus Partington suvosti kemasini yasashi mumkinmi?

-        Buni Admirallikka habar qilganman. Biroq, bugun, yana chizmalarni ko’rib chiqib, bunga shubha uyg’ondi. Qaytib berilgan qog’ozlarni bittasida o’z-o’zini sozlaydigan ikkiyoqlama klapan chizilgan edi. Xorijliklar buni kashf qilmaguncha kemani yasay olmasdilar. Albatta, ular bu mushkullikdan tez orada qutilishlari ehtimol.

-        Shunday qilib yo’qolgan uchta chizma eng muhimlarimidi?

-        Shak-shubhasiz.

-        Ruxsat bersangiz, binoni aylanib chiqsam. Boshqa savolga tutmayman chog’i.

U seyfning qulfini, xonaning eshigini va nihoyat derazaning temir yopqichlarini tekshirdi. Tashqaridagi maysazorga o’tganimizdagina nihoyat uning qiziqishi ortib, hayajonlanib ketdi. Derazadan tashqarida dafna butasi va bir nechta shox-shabba bor edi hamda ularda bukilish va ezg’ilanish alomatlari bor edi. Sherlok ularni va yerda qoldirib ketilgan mavhum va mujmal bo’lgan izlarni lupasida ehtiyotkorlik bilan tekshirdi. Nihoyat u bosh kotibdan temir yopqichlarni yaqinroqdan tekshirishni so’radi va menga u yopilganda o’rtasiga zo’rg’a yetib borishini ko’rsatdi. Bu istalgan odamga xona ichida nima bo’layotganini ko’rish imkonini berardi.

-        Alomatlarni uch kunlik kech qolishdan keyin ancha buzilib qolibdi. U biron nima yoki hech nimani anglatishi mumkin. Xo’sh, Vatson, o’ylashimcha Vulvich bizga boshqa yordam bera olmasa kerak. Biz ko’rganimiz dengizdan tomchi xolos. Qani, Londonda ko’prog’iga erisha olish-olmasligimizni ko’raylikchi.

Shunda ham, Vulvich stansiyasidan ketishimizdan avval yana bitta tomchini aniqlashtirib oldi. Chipta idorasidagi xisobchi ishonch bilan ta’kidlay oldiki, u ko’rinishidan yaxshi taniydigan Kadogan Vestni dushanba tunida ko’rgan edi va u Londonga roppa rosa sakkizdan o’n besh daqiqa o’tganda London ko’prigiga jo’nab ketgandi. U yolg’iz bo’lgan va uchinchi klass chiptasi sotib olgan ekan. Xisobchi o’shanda uni hayajonlanib, asabiylashganidan hayron bo’libdi. Uni shunaqangi qaltiroq bosgan ekanki, u qaytimini olishga qiynalibdi va xisobchi uni qo’liga tutqazishiga to’g’ri kelibdi. Vaqt jadvalining ma’lumotnomasi Vestga qaylig’ini 7:30da tashlab ketganidan keyin birinchi poyezd 8:15 bo’lganini a’yonlashtirdi.

-        Keling voqeani gavdalantirib olsak, - dedi Xolms yarim soatlik sukutdan so’ng, - barcha birgalikda o’tkazgan tadqiqotlarimizda hozirgidan murakkabroq bo’lgan ish bo’lganini bilmayman. Har bitta yangi siljishda biz undan keyin yangi qiyalikka duch kelyapmiz. Shunda ham, muhim harakatlanishga erishdik.

-        Vulvichdagi surishtiruvimiz ta’siri asosan yosh Kadogan Vestga qarshi bo’ldi. Biroq derazadagi alomatlar anchagina iliqroq gipotezaga xissa qo’shib turibdi. Faraz qilaylikki, masalan unga bir xorijiy ayg’oqchi yaqinlashdi. Xiyonat uni oshkor etmaslik sharti bilan bajarilgan bo’lsa ehtimol va shunda ham bu ish uni fikr-yodiga qattiq ta’sir o’tkazgani qaylig’iga aytgan so’zlaridan ma’lum bo’lib qoladi. Xo’p. Endi tassavur qilib ko’ramiz, u tuman ichida qaylig’i bilan teatrga bordi, xuddi o’sha ayg’oqchini idoraga ketayotganini payqab qoldi. U shoshilib qaror qiladigan shoshqaloq bo’lgan. Ongidagi barchasi burchiga qadalgan. U kishini kuzatgan, derazaga borgan, xujjatlarni olinayotganini ko’rgan va o’g’rini ta’qib qilgan. Bu yo’sinda biz nega unda nusxalash imkoni bo’la turib, haqiqiysini olgani haqidagi taxminni yo’qqa chiqaramiz. Hozircha hammasi bir-biriga yondoshmoqda.

-        Keyingi qadamchi?

-        Mana shunda murakkabliklarga duch kelamiz. Tassavur qilsa bo’ladi, bunday vaziyatda yosh Kadogan Vestning eng birinchi qiladigan ishi razilni ushlab olish va hammani ogohlantirish bo’lardi. Nega bunday qilmadi? Qog’ozlarni olgan undan lavozimi katta bo’lgan kimdir bo’lishi mumkinmi? Bu Vestning xarakatlarini izohlagan bo’lardi. Yohud boshliq Vestdan tuman ichida sirg’alib chiqib ketgandir va Vest o’sha zahoti Londonga, uni xonalari qayerdaligini bilganini mo’ljal qilsak, undan oldinroq yetib borish uchun jo’nab ketgan bo’lsachi? Yuzlashuv juda muhim bo’lgan bo’lsa kerak, u qaylig’iga lom-mim ham demasdan, tuman ichida qoldirib ketgan. Izlarimiz shu joyida yo’qoladi va gipotezamiz va metropolitan poyezdini tomida cho’ntagida yettita qog’oz bilan yotgan Vestning jasadi orasida keng bo’shliq bor. Instinktim hozir boshqa tomondan ushlashga qaratilgan. Agar Maykroft bizga manzillar ro’yhatini bergan bo’lsa, biz qidirayotganimizdan topishimiz va bittadan ko’ra ikkita izdan yurishimiz mumkin.

“ Ro’yhatda mayda kimsalar sanoqsiz bo’lsa ham, faqat ozchiligina bunday katta ishga qodir. Ko’rib chiqishga arziydiganlari bular – Vestminster, 13 Buyuk Jorj ko’chasidagi Adolf Mayer, Notting Hill, Kampden dargohlaridagi Luis La Rotiyer va Kensington, 13 Kaulfild bog’idagi Hyugo Obeshteynlar. Oxirgisi haqida uni dushanba kuni shaharda bo’lgani va hozir chiqib ketgani ma’lum. Yorug’likni ko’rganingni eshitganimdan xursandman. Vazirlik oxirgi xisobotingni qattiq hayajon bilan kutadi. Eng yuqori lavozimlardan muhim vakillar tashrif buyurishgan. Agar kerak bo’lsa davlatning butun kuch tizimlari seni ortingda bo’ladi. Maykroft”

Darhaqiqat, Beyker ko’chasida bizni noma kutardi. Hukumat habarchisi uni shoshilib olib kelgandi. Xolms uni ko’zdan kechirib chiqdi va menga tashladi.

-        Qo’rqamanki, dedi Xolms, jilmayib, - qirolichani barcha otlari ham, barcha xizmatchilari ham bu ishda yordam bera olmaydi.

U Londonning katta xaritasini yoydi va uni yoniga diqqat bilan egildi.

-        Xo’sh, xo’sh, - dedi u darhol mamnuniyat bilan xitob qilib, - vaziyat nihoyat biz tomonizga biroz og’a boshladi. Xo’sh, Vatson, ishonamanki, biz buni axiyri uddalaymiz chog’i.

U meni yelkamga to’satdan quvnoqlik bilan urib qo’ydi.

-        Tashqariga chiqaman. Bu kuzatishni yagona yo’li. Ishongan o’rtog’im va biografimsiz bironta jiddiy ish qilmoqchi emasman. Shu yerda qolasizmi, ehtimol meni bir yoki ikki soatlarda yana ko’rib qolasiz. Agar vaqt depsinib qolsa, katta qog’oz va qalam olingda mamlakatni qanday qutqari qolganimiz haqida yozishni boshlab turing.

Shuurimda uning kayfiyati ko’tarinki ekanligini xis qildim negaki u nishonlashga sababi bo’lmasa tejamkorlik odatidan bunchalik chekinmasligini bilaridm. Noyabr tunini uni qaytishini sabrsizlik bilan kutib o’tkazdim. Nihoyat, soat to’qqizlardan sal o’tib, darakchi xat keltirdi.

“ Goldini restarani, Gloukester ko’chasi, Kengsingtonda kechki ovqat tanavvul qilmoqdaman. Iltimos hoziroq keling va menga qo’shiling. O’zingiz bilan ochqich, tungi fonus, keskich va revolver olvoling. Sh.X. “

Bular har qanday hurmatli fuqaro uchun nursiz, tuman bilan qoplangan ko’chalarni kezish uchun ko’ngilli ashyolar edi. Ularni shinelim ichiga ko’zdan yashirin qilib joyladim va yozilgan manzilga keldim. Borsam, do’stim hashamatli Italiya restorani eshigiga yaqin joyda, bir dumaloq stol yonida o’tirardi.

-        Biron nima tamaddi qildingizmi? Agar unday bo’lmasa, men bilan birga kofe va kurakao ( liykor turi – muallif ) iching. Mulkdorni sigarasidan bittasini oling. Ular kutilganidan ko’ra ancha zararsizroq. Ashyolarni oldingizmi?

-        Ular shinelim ichida.

-        Ajoyib! Sizga nimalar qilganimni endi qilishimiz lozim bo’lgan ishlarga sha’ma qilgan xolda qisqacha qilib gapirib bersam. Sizga ochiq-oydin bo’lsa kerak, Vatson, bu yigitcha poyezdning tomiga QO’YILGAN. O’sha paytdayoq men taxmin qildimki u vagondan emas, tepadan qulab tushgan.

-        Bironta ko’prikdan tushib ketgan emasmikan?

-        Aytish shartki, bu imkonsiz edi. Agar tomni tekshirsangiz bilasizki, ular ozgina yumaloq shaklli va ular atrofida to’sqichlari yo’q. Shundan ayta olamizki, yosh Kadogan Vest uni ustiga tushgan.

-        U yerga qayerdan kelib qolgan?

-        Shu savolga javob topishimiz darkor edi. Bittagina yo’li bor edi. Sizga ma’lumki, metro Vest Endni bir nuqtalarida tunneldan chiqib keladi. O’zim sayohat qilganimda boshimni shundoqqina tepasida derazalarni bot-bot ko’rib qolganimni elas-elas esladim. Endi, taxmin qilaylikki, poyezd shunday derazalarni biridan o’tib qoldi, jasadni tomga joylashtirishga qiyinchilik bo’lishi mumkinmidi?

-        Bu imkonsizdek tuyulyapti.

-        Biz ko’hna va isbot talab qilmaydigan haqiqatga yuzlanishimiz kerak – boshqa tasodifiy hollar kamlik qilganida, qolgani, imkonsiz bo’lsa ham, haqiqat bo’lib chiqadi. Bu joyda boshqa har qanday tasodif o’zini OQLAMADI. Metro tepasida joylashgan uylar qatori ichida yashagan va yaqindagina Londonni tark etgan, ilg’or xalqaro ayg’oqchini bilib olganimda esa shunchalik quvonib ketdimki, siz meni qo’qqisdan bunchalik suyunib ketganimdan biroz hayratlandingiz.

-        O, shunday bo’lganmidi, yo’g’e?

-        Ha, bor gap shu edi. 13-Kaulfild bog’ida turadigan janob Hyugo Obershteyn meni nishonga aylangandi. Gloukester ko’chasi stansiyasida harakatlarimni boshladim, u yerda juda ko’ngilli bir rasmiy men bilan birga temiryo’l bo’ylab hamrohlik qildi va menga nafaqat Kaufild bog’idagi orqa zina derazalari ochiq bo’lishi balki, bundan ham muhimroq faktni ya’ni kattaroq temiryo’llarning kesishmasida metro poyezdlari tez-tez ayni joyda bir necha daqiqa harakatlanmasdan turib qolishini ko’rib, qoniqish xosil qilishimga yordam berdi.

-        G’aroyibku, Xolms! Barini xal etibsiz!

-        Hozircha, hozircha, Vatson. Ilgariladik lekin maqsad uzoqda. Kaufild bog’larining orqa tomonini ko’rib bo’lgach, uni old qismiga qadam ranjida qildim va qushimiz allaqachon uchib ketgani habaridan qanoatlangan bo’ldim. Uy kattagina, xulosam bo’yicha yuqori qavatlari jihozlanmagan. Obershteyn u yerda bitta malayi bilan yashagan ehtimolki u ishonchli bitta hamtovog’idir. Esda tutishimiz lozimki, Obershteyn qit’aga o’ljasidan qutilish uchun ketgan biroq, qochishni rejalashtirmagan zero uni xibs orderidan qo’rqishiga bironta sabab yo’q va ko’r-ko’rona uyga birov o’ralab qolishi uni hayoliga kelmaydi. Biz esa aynan mana shunday qilmoqchimiz.

-        Xibs orderi olib, buni qonuniylashtirib olsak bo’lmaydimi?

-        Dalilimiz yetarli emas.

-        Nimaga umid qilsak bo’ladi?

-        U yerda munosib biron ashyo bor-yo’qligini oldindan bilolmaymiz.

-        Xolms, bu menga yoqmayapti.

-        Qadrdonim, siz ko’chada qo’riqlab turasiz. Jinoiy ishni o’zim bajaraman. Arzimas narsalarga yopishib olish vaqti emas. Maykroftni nomasini, Admirallik, Vazirlik, habarni quvonch bilan kutadigan shaxsni o’ylang. Borishga majburmiz.

Javob sifatida o’rnimdan turdim.

-        Haqsiz, Xolms. Borishga majburmiz.

U oyoqqa qalqdi va qo’limni silkidi.

-        Oxiri baribir, yon berishingizni bilardim, - dedi u. Bir lahzada men uni ko’zlarida shu vaqtgacha ko’rganim bo’yicha muloyimlikka eng daxldor bo’lgan bir ifodani ko’rdim. Lahza o’tiboq, u mohir amaliyotchi bo’lmish o’zligiga qaytib oldi.

-        Yo’l yarim milyaga yaqin biroq shoshilmaymiz. Piyoda ketaylik, - dedi u, - iltimos qilaman, ashyolarni tushirib qo’ymang. Sizni shubhali shaxs sifatida ushlab olishlari o’ta baxtsiz murakkablikka olib bormasin.

Kaufild bog’lari London Vest endidagi tekis yuzali ustunli, portikoli uylardan iborat bo’lib, bular o’rta Viktoriya davri mahsuli sifatida ko’rilar edi. Biz borayotgan uy yonidagi eshikda yosh ovozlarning xushchaqchaq g’uvillashlari va tun qo’ynida jaranglayotgan pianino sadolari eshitilar, aftidan u yerda bolalar bazmi bo’layotgandi. Tuman hanuzgacha tarqalmagandi va bizni do’stona pardasi bilan yopdi. Xolms fonusini yoqdi va katta eshik qarshisida yoritdi.

-        Bu jiddiy masala, - dedi u, - eshik ham murvatlangan, ham qulflangan. Hovliga chiqqanimiz yaxshiroq. Hov anavi yerda yaxshigina qubbali yo’lak bor, mabodo g’ayratli politsiyachi kelib qolsa qo’l keladi. Qo’lingizni bering, Vatson, men ham shunday qilaman.

Bir daqiqa o’tib, ikkalamiz ham hovlida bo’ldik. Zim-ziyo panalarga yetib-yetmasimizdan, yuqorimizdagi tuman qo’ynidan politsiyachining qadam tovushlari eshitildi. Yengil tovushlar o’chib qolganida, Xolms pastki eshik ustida ishlay boshladi. Uni bukchayib, kuchanishini kuzatib turdim so’ngra qattiq qarsillash eshitildi va eshik ochilib ketdi. Biz ortimizdan eshikni yopib, zim-ziyo yo’lak bo’ylab, xatlab yura ketdik. Xolms qiyshiqroq, gilamsiz zinalardan yuqoriga boshladi. Uni mitti sarg’ish nuri pastki deraza bo’ylab porladi.

-        Mana, Vatson, shu joy bo’lishi kerak, - u derazani ochgani hamono, kuchsiz qattiq shuvillash asta-sekin baland na’raga aylandi va zulmat ichida ostimizdan poyezd o’tib ketdi. Xolms fonusini deraza tokchasi bo’ylab aylantirdi. Oyna o’tkinchi paravozlar tufayli quyuq qurum bilan qoplangan bo’lsa-da, ayrim yerlarida qora qoplam artilib, xira tortgandi.

-        Jasadni qayerga qo’yib turishganini ko’rishingiz mumkin. Ana-ana, Vatson! Bu nimasi bo’ldi? Shubha yo’qki, bu qon izi! – u derazani yog’ochidagi notiniq to’qrangliklarga ishora qilib turardi, - mana, zinani toshlari ustida ham bor. Tomosha tamom. Bironta poyezd to’xtaguncha shu joyda turaylik.

Ko’p kutmadik. Keyingi poyezd avvalgisi kabi tunneldan na’ra tortib chiqdi lekin, ochiqqa chiqqach, sekinladi va so’ng tormoz g’irchillab, shartta ostimizda to’xtadi. Vagon tomidan deraza tokchasi to’rt futcha chiqardi. Xolms sekingina derazani yopdi.

-        Hozircha, haqli bo’lib chiqyapmiz, - dedi u, - bunga nima deysiz, Vatson?

-        Mohirona ish! Hali bunchalik yuqori cho’qqiga ko’tarilmagandingiz.

-        Bu fikringizga qo’shila olmayman. Jasadni tomda bo’lishi g’oyasini, albatta bu juda mavhum emasdi, tassavur etganimdayoq, qolgani muqarrar bo’lgandi. Bu hodisaga bog’langan jiddiy manfaatlar bo’lmaganda, bu ish unchalik ahamiyatga molik bo’lmasdi. Qiyinchiliklarimiz hanuz oldimizda turibdi. Biroq ehtimolki, bizga yordam bera oladigan nimagadir ega bo’larmiz.

Biz oshxonaga chiqdik va ikkinchi qavatdagi xonalarga kirib chiqdik. Bittasi oshxona bo’lib, deyarli jihozlanmagandi va e’tiborga molik biron nimasi ham yo’q edi. Ikkinchisi esa yotoqxona ekan, u ham bo’m-bo’sh bo’lib chiqdi. Qolgan xona umidbaxshroq ko’rindi va sherigim tizimli ravishda qidirishga tushib ketdi. Xona kitoblar va qog’ozlar bilan liq to’la edi va aftidan o’rganish maqsadida ishlatilgandi. Silliqlik va yumshoqlik bilan Xolms, birma bir tortmalar va javonlar ichidagilarni titkilab chiqdi biroq, uning talabchan yuzlarida muvaffaqiyat shu’la ko’rinmasdi. Bir soatlarcha bo’lganda ham u boshlang’ich nuqtadan ilgari siljimayotgandi.

-        Makkor ko’ppak izlarini yo’qotib ketibdi, - dedi u, - unga ayblov qo’yish mumkin bo’lgan hech nimani qoldirmapti. Uni xatarli yozishmalari olib qo’yilgan yoki yo’q qilib tashlangan. Bu esa so’nggi umidimiz.

Bu yozuv stoli ustida turgan, tunukadan ishlangan pul qutichasi edi. Xolms uni keskichi bilan qayirib ochdi. Quti ichidan bir necha taxlam, nimani anglatishiga doir eslatmasi yo’q shakl-shamoyillar va hisob-kitoblar chizilgan qog’ozlar chiqdi. “Suv bosimi”, “to’rtburchak inchga bosim” jumlalarining qaytarilishi, uni suv osti kemasiga taaluqligiga ishora qilardi. Xolms, bularni barini betoqatlik bilan uloqtirib tashladi. Faqat mayda ro’znoma qirqimlari bo’lgan xatjild qoldi. U bularni stol ustiga tashladi va o’sha zahotiyoq, uning yuzida umid uchqunlanganini ko’rdim.

-        Nima bu Vatson? A? Nima? Ro’znoma e’lonlaridagi habarlar to’plamiku. Deyli Telegrafning bosmadan chiqqan shaxsiy e’lonlari ustuni. Qog’ozning yuqori o’ng burchagi. Sanalar yo’q – lekin habarlar buni to’ldiradi. Bunisi birinchisi bo’lsa kerak : “Tezroq xabar topish kutilgandi. Shartlar kelishildi. E’londa keltirilgan manzilga yozing. Piyerrot”. Keyin bunisi: “Tavsif uchun murakkablik qiladi. To’liq xisobot kerak. Mahsulotlar yetkazib berilganda, mol seni kutadi. Piyerrot”. Keyingisi esa bu: “Bosim kelmoqda. Shartnoma bajarilmasa, taklif qaytarib olinadi. Xat orqali uchrashuv tayinlang. E’lon orqali tasdiqlanadi. Piyerrot“. Va so’nggida: “ Dushanba tuni to’qqizdan keyin. Ikki marta taqillating. Faqat o’zimizga. Shubhalanmang. Mahsulot yetkazib berilganda yirik miqdorda naqd pul beriladi. Piyerrot”.

-        Anchayin to’liq xisobot, Vatson! Endi e’lon qabul qilganni tutib olsak edi!

Xolms barmoqlarini stol ustida taqillatib, o’ylariga g’arq bo’lib qoldi. Nihoyat, u oyoqqa qalqdi.

-        Xo’sh, ehtimolki, bu unchayin qiyin bo’lmaydi. Bu yerda qilinadigan hech nima qolmadi, Vatson. O’ylashimcha, Deyli Telegraf idorasiga bir kirib chiqib, kunlik qilgan mehnatimizga yakun yasay olamiz.

Maykroft Xolms va Lestreyd keyingi kuni tushlikdan so’ng, taklifimizga binoan tashrif buyurishdi va Sherlok Xolms ularga bir kun oldingi qilgan surishtiruvlarimiz haqida so’zlab berdi. Rasmiyimiz bizni bosqinchilikka qilgan iqrorimizni tinglab turib, bosh chayqadi.

-        Xizmatda bunday ishlar qilolmaymiz, janob Xolms, - dedi u, - sizning bizdan yaxshiroq natijalarga erishingiz ajablanarlik emas. Lekin ba’zi kunlarda juda chegaradan chiqib ketib qolasiz, ana shunda siz va do’stingiz muammo ichida qoladi.

-        Angliya, uy va chiroy uchun-a, Vatson? Mamlakatimiz uchun qurbon bo’lsak arziydi. Xo’sh siz nima deysiz, Maykroft?

-        Ajoyib, Sherlok! Tasanno! Biroq, bundan nima chiqara olasiz?

Xolms Deyli Telegrafni qo’liga oldi va stol ustiga qo’ydi.

-        Piyerrotning bugungi e’lonini ko’rdingizmi?

-        Nima? Yanami?

-        Ha, mana u: “Bugun kechqurun. O’sha soat. O’sha joy. Ikkita taqillatish. Favqulodda muhim. Xafvsizligingiz o’rtada. Piyerrot. “

-        Avliyo Jorj haqqi! – baqirdi Lestreyd, - agar o’sha odam bunga javob bersa, uni ushlab olamiz!

-        E’lonni berganimda ham xuddi shuni o’ylagandim. O’ylashimcha agar ikkovingiz fursat ajratib biz bilan soat sakkizlarda Kaufild bog’lariga borsangiz, yechimga biroz yaqinlik kiritib olishimiz mumkin.

Sherlok Xolmsning misli ko’rilmagan xususiyatlardan biri bu uning miyasini bir ishdan butunlay bo’shatib, o’zini bu narsa endilikda unga foyda keltirmaydi deb ishontirgan xolda barcha o’y-fikrlarini yengilroq narsalarga qarata olishi edi. Esimda, o’sha unutilmas kuni bo’yi u Lassusning polifonik motetlariga qaratilgan monografiga butunlay sho’ng’ib ketgandi. Kaminaga kelsak, menda bunday ajratish kuchi yo’qligi uchun, kun abadiydek ko’rinib ketdi. Masalaning mamlakatdagi katta ahamiyati, yuqori darajadagi shov-shuvliligi, biz qilmoqchi bo’layotgan tajribaning ochiqchaligi – barchasi asablarimga ta’sir etdi. Nihoyat, yengil kechki nonushtadan so’ng, safarga otlanganimizda yelkamdan tog’ ag’darilgandek bo’ldi. Lestreyd va Maykroft taklifga binoan bizni Glouchester ko’chasi stansiyasi tashqarisida kutib olishdi. Obershteynning eshigi kecha kechasidayoq ochiq qoldirilgandi va men uchun ahamiyatlisi Maykroft panjaralardan oshib tushishdan bosh tortgach, o’zim kirib hovli eshigini ochishimga to’g’ri keldi. Soat to’qqiz bo’lganda, biz mehmonimizni sabr bilan kabinetda kutib turardik.

Soat soatga ulandi. O’n birga bong urilganda, katta cherkov qo’ng’irog’ining o’lchog’liq zarbalari umidimizning ovozini qayg’uli aks-sadosidek yangradi. Lestreyd va Maykroft o’rinlarida tipirchilab o’tirishar, soatlariga har daqiqada ikki marta ko’z tashlab qo’yishardi. Xolms jim va qunishib, ko’zlari yarim yumuq xolida, har bir sezgisini xushyor torttirgancha o’tirardi. U birdan irg’ib boshini ko’tardi.

-        U kelyapti, - dedi u.

Eshik oldida yashirincha oyoq ovozi eshitildi. So’ng, tovush takrorlandi. Biz tashqarida sharaqlash ovozini eshitdik, so’ngra taqillatgichning ikki marta qattiq taqillagani eshitildi. Xolms o’rnidan turdi va bizga o’rnimizda qolishimizga ishora qildi. Qabulxonadagi gaz alangasi yorug’likni zo’rg’a ushlab turardi. Xolms tashqi eshikni ochdi va u eshikni yopib, qulflarkan, qorong’u sharpa yonidan sirg’alib o’tdi. Biz uning “Buyoqqa!” deganini eshitdik va bir lahza o’tib, kutgan kishimiz yonimizda turardi. Xolms uni yaqinidan ergashib keldi va hayrat-u vahima ichida baqirib yuborganda, yoqasidan ushlab olib, xona ichkarisiga itqib yubordi. Mahbusimiz muvozanatini qaytarib olguncha, eshik yopildi va Xolms unga orqa qilib turib oldi. Kishi unga yalt etib qaradi va gandiraklab ketib, yerga beihtiyor yiqildi. Tebranish sababli uni keng qirrali shlyapasi boshidan uchib ketdi, bo’yinbog’i bo’ynidan sirg’alib tushib ketdi va polkovnik Valentin Valterning uzun siyrak soqollari va mayin, xushbichim qiyofasi ko’rindi.

Xolms ajablanib, xushtak chalib yubordi.

-        Meni tentakka chiqarishingiz mumkin, Vatson, - dedi u, - qafasga solishni mo’ljallagan qushim bu emasdi.

-        U kim? – so’radi Maykroft ishtiyoq bilan.

-        Suvosti bo’limi boshlig’i, rahmatli ser Jeyms Volterning ukasi. Ha, ha, qartalar a’yonlashmoqda. Hammasi ravshanlashdi. Uni tekshirib chiqishni menga qo’yib bersangiz bo’ladi.

Biz cho’zilib yotgan kishini divanga ko’tarib bordik. Shundan so’ng, mahbusimiz turdi va daxshat qoplagan yuzi bilan atrofga ko’z tashlab turib, sezgilariga ishonmayotgan odamdek qo’llarini peshonasiga qo’ydi.

-        Bu nimasi? – so’radi u, - men janob Obershteynni ko’rgani keldim.

-        Hammasi ma’lum, polkovnik Volter, - dedi Xolms, - ingliz jentlmeni qanday qilib o’zini bunday tutishi mumkinligiga tushuna olmayman. Shunda ham, Obershteyn bilan yozishmalaringiz va munosabatingizdan biz habardormiz. Yosh Kadogan Vestning o’limi bo’yicha sodir bo’lgan hodisa ham. Sizga tavba qilish va iqror bo’lib ozgina sharafga ega bo’lishingizni maslahat beraman, chunki ba’zi tafsilotlarni faqat sizning og’zingizdan eshitmoqchimiz.

Kishi ingradi va qo’llari bilan yuzini berkitdi. Biz kutib turdik, biroq u jim qoldi.

-        Sizni ishontiramanki, - dedi Xolms, - har bitta muhim gap allaqachon ma’lum. Biz sizni pul bilan qo’lga olinganingizni bilamiz; akangiz qo’lida tutgan kalitlarni nusxalatgansiz; va Obershteyn bilan yozishmalarga kirishgansiz, u xatlaringizga Deyli Telegraf e’lonlar ustuni orqali javob yozgan. Dushanba kuni kechqurun tuman ichida idoraga kirganingizni, lekin avvaldan sizdan shubhalanishiga sababi bo’lgan Kadogen Vest sizni payqab qolib, ortingizdan tushganini bilamiz. U sizni o’g’rilik qilganingizni ko’rgan biroq habar berolmagan, sababi siz qog’ozlarni Londondagi akangiznikiga olib ketayotgan bo’lishingiz ehtimol bo’lgan. Hamma shaxsiy ishini chetga surib, namunali fuqaro sifatida, u sizni tuman ichida poylab borgan va shu uygacha kelguncha ko’zdan qochirmagan. Bu yerda u, o’zini ko’rsatgan, keyin, polkovnik Volter, xiyonatingizga qo’shimcha ravishda bu daxshatli qotillikni sodir etgansiz.

-        Men emas! Men emas! Xudo haqqi qasam ichamanki, men qilmadim, - baqirdi sho’rlik mahbusimiz.

-        Unda aytingchi, qanday qilib Kadogen Vest vagon tomiga qo’ymasingizdan oldin bu ko’yga tushdi?

-        Aytaman, sizga qasam ichamanki, aytaman. Qolgan barini men qildim. Iqrorman. Hammasi siz aytgandek bo’ldi. Birjada qarz bo’lib qoldim. Pul menga juda zarur bo’lib qoldi. Obershteyn menga besh ming taklif qildi. Bu o’zimni barbod qilishdan saqlab qolish uchun edi. Biroq, qotillikka kelsak, men siz kabi beaybman.

-        Keyin nima bo’ldi?

-        Siz ta’kidlaganingizdek u avvaldan mendan shubhalanib yurardi va meni ortimdan tushdi. Buni shu uy eshigiga borgunimcha payqamagandim. Tuman quyuq edi va uch yarddan uzoqroqni ko’rib bo’lmasdi. Ikki marta taqillatdim va Obershteyn eshikka keldi. Yigitcha paydo bo’lib, qog’ozlar bilan nima qilmoqchiligimizni bilishni talab qila ketdi. Obershteynni “hayot-saqlovchi”si( o’sha davrdagi gurzisimon uchi bo’lgan tayoq – izoh ) bor edi. U uni doim o’zi bilan olib yurardi. Vest ortimizdan kuch bilan uyga kirganida, Obershteyn uni boshiga qarab tushirdi. Zarba xalokatli bo’ldi. U besh daqiqa ichidayoq jon taslim qildi. U qabulxonada cho’zilib yotardi va biz nima qilishni bilmay boshimiz qotgandi. So’ng, Obershteyn orqa derazasidan o’tadigan poyezdlar g’oyasini o’ylab topdi. Biroq oldin u men olib kelgan qog’ozlarni tekshirib oldi. U bulardan uchtasi juda muhim ekanligini va o’zida olib qolishi shartligini aytdi. “ Siz ularni olib qololmaysiz, - dedim men, - agar ular qaytarilmasa Vulvichda katta g’avg’o chiqadi”. “ Ularni olishim shart, - dedi u, - chunki yozuvlar shunday texnikaviyki, nusxalatish uchun vaqt yetmaydi”. “ Ular hammasi bugun kechqurun qaytishi kerak, “ - deb oldim men. U biroz o’ylab turdida, baqirib yubordi. “ Uchtasini olib qolaman, - dedi u, - boshqalarini bu yigitchani cho’ntagiga olib qo’yaman. Agar topilsa, hammasi unga ag’dariladi”. Men boshqa yo’l ko’rmadim, biz hammasini u taklif qilganidek qildik. Biz poyezd to’xtaguncha yarim soatcha deraza oldida kutib turdik. Tuman juda quyuq ediki, hech nimani ko’rib bo’lmasdi va bizga Vestni jasadini poyezdga joylashtirishda umuman qiynalmadik. Menga taaluqli barchasi shunday yakun topgandi.

-        Akangizchi?

-        U hech nima demadi, biroq u meni kalitlar bilan bir marta qo’lga tushirgandi va fikrimcha u shubhalandi. Uni ko’zlarida shubhani o’qib oldim. Bilasizki, u keyin boshini qaytib ko’tarmadi.

Xonani jimlik qopladi. Bu sukunatni Maykroft Xolms buzdi.

-        Ishingizni yengillatish uchun tovon to’lay olasizmi? Bu vijdoningizni, va ehtimolki jazoyingizni yengillashtirgan bo’lardi.

-        Nima qilsam, tovon to’layman?

-        Obershteyn qog’ozlar bilan qayoqqa ketdi?

-        Bilmadim.

-        Sizga hech bir manzil aytmadimi?

-        U xatlarni Luvr mehmonxonasiga yetkazib olib borishini aytgandi.

-        Demak, tovon to’lash imkoniyatingiz hanuzgacha mavjud, - dedi Sherlok Xolms.

-        Qo’limdan kelgan hammasini qilaman. Bu odamga hech qanday yaxshilik qarzim yo’q. U meni barbod bo’lishimga, inqirozimga sababchi bo’ldi.

-        Unda mana qog’oz va qalam. Yozuv stoliga o’tiring va og’zimdan chiqqanlarni yozib oling. Berilgan manzilga xatjildni soling. Shunday. Endi, yozing: “Qadrli ser. Bitimimiz bo’yicha, shubham yo’qki, hozirga qadar bitta asosiy tafsilot yo’qligini bilib olgandirsiz. Menda uni to’ldiradigan nusxaga egaman. Biroq men uchun qo’shimcha muammo bo’ldi, va sizdan oldindan yana besh yuz berishingizni so’rayman. Pochtaga ishonchim yo’q va tilla yoki qog’ozdan boshqa hech nima qabul qilmayman. Sizni oldingizga borardim, lekin hozirda mamlakatdan chiqib ketsam, ortimdan shubha izini qoldirgan bo’laman. Shunday ekan, men sizni Charing Kross mehmonxonasining chekish xonasida, shanba kuni qoq tushda kutib olaman. Eslab qoling, faqat ingliz banknotasi yoki tilla, qabul qilinadi”. Bo’ladi. Agar bu odamimizga yetib bormasa, juda ajablanardim.

Va bu yetib bordi! Bu tarixiy masala edi – millatning oshkor solnomalaridanda nozikroq va qiziqarliroq bo’lgan maxfiy ish – Obershteyn butun umrga bundan qutilish uchun, tuzoqqa keldi va Britaniya qamoqxonasiga xafvsiz ravishda o’n besh yilga kirib ketdi. Uning chamadonidan esa qimmatli bo’lgan va Yevropaning barcha dengiz kuchlari markazlari uchun kimoshdi savdosiga qo’ygan Bryus Partington rejalari topildi.

Polkovnik Volter hukmining ikkinchi yil oxirlarida qamoqxonada vafot qildi. Xolmsga kelsak, u Lassusning polifonik motetlari haqidagi monografiga yangi ruh bilan qaytdi. Shundan so’ng bu shaxsiy doiralar uchun chop etildi va mutaxassislar tomonidan bu mavzudagi so’nggi so’z sifatida e’tirof etildi. Bundan bir necha haftalar o’tib, do’stim Vindsorda bir kun vaqt o’tkazganini va u joydan ajoyib zumrad galstuk to’g’nog’ichi bilan qaytib kelganini tasodifan bilib qoldim. Unda buni sotib olgani-olmaganini surishtirganimda, u buni bir vaqtlari bir manfaat ustida kichikroq bir yumushini bajarishga muyassar bo’lgani uchun bir mehribon ayoldan sovg’a sifatida olganini aytdi. U boshqa hech nima demadi; biroq men Avgust xonimning ismini taxmin qila olaman deb idrok etdim va menda shubha yo’qki, bu zumrad to’g’nog’ich do’stimning Bryus Partington rejalari sarguzashtini abadiy eslatib turadi.