Sherlok Xolms. Alvonlik ishi. O'n uchinchi bob.
Doktor Jon Vatson xotiralarining davomi.
Mahbusimizning g’azabnok qarshiligi bizga qarshi kuch ishlatishidan dalolat bermadi sababi, u o’zini kuchsizligini bilgach, xushmuomalalik bilan jilmaydi va biz ur-yiqit ichida biron bir zarar yetkazmaganiga umid qilishini bildirdi.
- O’ylashimcha, meni politsiya mahkamasiga olib bormoqchisiz, - dedi u Sherlok Xolmsga, - kebim eshik yonida turibdi. Agar oyoqlarimni bo’shatsangiz, unga yurib tushsam. Ko’tarish uchun, bir vaqtlardagidek, yengil emasman.
Gregson va Lestreyd bu taklifni ancha dadil deb xisoblashganidan ko’z urushtirib olishdi, biroq Xolms o’sha zahoti mahbusni so’ziga quloq tutdi va oyoqlariga aylantirib bog’langan shoyshabni bo’shatdi. U o’rnidan turdi va oyoqlarini kerib, o’zini ozod ekanligiga yana bir bor ishonch xosil qilib olgan bo’ldi. Yodimda, unga tikilib turar ekanman, bunday kuchli yaratilgan insonni kamdan-kam ko’rganim haqida o’yladim. Uning quyoshdan qorayib ketgan yuzi uning tanidagi kuchi kabi iroda va shijoat ifodasini berardi.
- Agar politsiya boshlig’iga bo’sh joy mavjud bo’lsa, siz u joyga munosibsiz deb hisoblayman, - dedi u, hamxonamga ochiq hayrat bilan tikilib, - ortimdan quvishingiz uzoqni ko’ra bilishlik bo’ldi.
- Men bilan birga yurganingiz ma’qul, - dedi Xolms ikki izquvarga.
- Men haydashim mumkin, - dedi Lestreyd.
- Yaxshi! Va Gregson men bilan birga ichkarida ketadi. Siz ham, Doktor, siz bu ishga qiziqish bildirgansiz va biz bilan birga bo’lishingiz mumkin.
Bajonidil rozi bo’ldim va biz birgalikda pastga tushdik. Mahbusimiz qochishga harakat qilish uyoqda tursin, o’ziniki bo’lgan kebga xotirjam oyoq qo’ydi va biz uni ortidan kirdik. Lestreyd kebni boshqarishga o’tirdi, otlarni qamchiladi va bizni juda qisqa vaqt ichida manzilga yetkazdi. Biz kichikroq kabinaga kirib keldik va u joyda politsiya ofitseri mahbusimizning nomini va u o’ldirishga ayblangan kishilarning nomlarini yozib oldi. Ofitser oq-yuzli, vazmin inson edi va hammasini mulohazasizlik bilan o’z ishini bajardi.
- Mahbus bir haftalar ichida hakam oldiga qo’yiladi, - dedi u, - ungacha, janob Jefferson Houp, aytish uchun biron so’zingiz bormi? Ogohlantirishim kerakki, so’zlaringiz yozib olinadi va o’zingizga qarshi ishlatilinishi mumkin.
- Aytadigan ancha gapim bor, - dedi mahbus sekingina, - siz jentlmenlarga hammasi haqida gapirib berishni istayman.
- Buni sudga asrab qo’yganingiz yaxshi emasmi? – dedi nazoratchi.
- Sud qilinmasam kerak, - javob qildi u, - bezovtalashingizga xojat yo’q. Suiqasd haqida o’ylmayotirman. Siz Doktorsiz-a? – u oxirgi jumlasini ayta turib, qat’iyatli qora ko’zlarini menga o’girdi.
- Unda, qo’lingizni bu yerga qo’ying, - dedi u jilmayib, kishanli bilaklari bilan ko’ksiga ishora qilib.
Shunday qildim va shu zahotiyoq, ichkaridagi g’ayrioddiy shovqinni va g’alayonni sezdim. Uning ko’kraklari devorlari kuchli dvigatel ishlayotganda, mo’rt binoning ichida qolib ketgandek hayajon bilan zirillardi. Xonaning jimligi ichida, men ichkaridan chiqayotgan g’amgin g’ichirlash va xirillashni tingladim.
- Qanaqasiga? – xitob qildim men, - sizda aorta anevrizmasi bor ekan!
- Shunday deb atashadi, - dedi u xotirjam, - o’tgan hafta doktorga borgan edim va u menga bir necha kunlardan so’ng, bu portlab ketadi deb aytdi. Yillardan buyon u yomonlashib borayotgandi. Buni meni Tuz Ko’li tog’lari orasida kam ovqat deb, uysiz-joysiz yurgan kezlarimda orttirganman. Ichimni bajardim, endi qanchalik tez ketishim menga farqsiz, lekin ortimda qolgan ishimning hisobotini qoldirishim kerak kerak. Meni oddiy kallakesar sifatida eslab qolishlarini istamayman.
Nazoratchi va ikki izquvar unga hikoyasini aytib berishga ruxsat berish to’g’risida shoshilinch muhokama o’tkazib olishdi.
- Sizningcha, Doktor, bevosita xatar bormi? – so’radi birinchisi.
- Unday bo’lsa, uning ko’rsatmasini olish adolat manfaati yo’lida, bizning burchimizdir, - dedi nazoratchi, - siz, ser, o’z hisobingizni berish huquqiga egasiz. Yana ogohlantirib o’tamanki, sizni gaplaringiz yozib olinadi.
- Ruxsatingiz bilan o’tirib olsam, - dedi mahbus, so’zlarini harakatiga moslay turib, - bu anevrizmam meni tez charchatib qo’yadi va yarim soat oldin bo’lgan janjalni ta’siri hali bosilganicha yo’q. Bir oyog’im go’rda, shu sababli sizlarga yolg’on gapirmasam kerak. Har bir so’zim bu chinakam haqiqat va uni qanday baholashingiz menga ahamiyatsizdir.
Shu so’zlarni ayta turib, Jefferson Houp o’rindig’iga suyanib oldi va yuqorida aytib o’tilgan ko’rsatmani bera boshladi. U buni sokin va uslubli qilib, xuddi bir hodisalar har doim sodir bo’ladigandek so’zlardi. Bu hisobotning to’g’riligiga kafolat bera olaman chunki men Lestryedning daftarini olgan edim va unda barchasi aynan u gapirganidek so’zma-so’z yozib olingandi.
- Nega bu odamlardan nafratlanishimni boisi sizga balki unchalik qiziq emasdir, - dedi u, - nafratim sababi ularning ikki inson – ota va qizning o’limida aybdorligi, ularning hayotiga zomin bo’lganidir. Jinoyatlaridan keyin vaqt o’tishi barobarida, ularga qarshi sudda hukm qildirish men uchun imkonsiz edi. Ularni aybdor ekanliklarini bilardim, va men hammasi - sud, hakam va hukmni ijro etuvchi bo’lishga az qildim. Agar sizga erkaklik g’ururi bo’lsa va o’rnimda bo’lganingizda, siz ham shunday qilgan bo’lardingiz.
“ Men so’zlab bergan o’sha qiz menga yigirma yil oldin turmushga chiqish arafasida edi. U o’sha Drebberga majburlab turmushga berildi va bu uni yuragini vayron qildi. Men uni jonsiz barmoqlaridan nikoh uzugini yechib oldim va Drebberning o’layotgan ko’zlari shu uzukni ko’rishiga va uning olim oldidan o’tgan so’nggi o’yi jazosini oladigan o’sha jinoyat bo’lishiga qasam ichdim. Uni o’zim bilan olib yurdim va Drebberni va sherigi ortidan to ularga yetib olgunga qadar ikki qit’a ergashib bordim. Ular meni charchatishni o’ylashgandi lekin, bunday bo’lmadi. Agar ertaga o’lsam, ehtimol shunday bo’lar, bu dunyodagi ishim tugagani, yaxshilik bilan tugaganini bilib o’laman. Ular daf bo’ldi va bu meni qo’lim bilan bo’ldi. Men istaydigan yoki umid qiladigan hech nima qolmadi.
Ular boy edi va meni qashshoq edim – ularni ortidan ergashish oson bo’lmadi. Londonga yetganimda, cho’ntagim deyarli bo’sh edi va tirikchilik uchun qo’limni qayoqqadir urishim kerakligini tushundim. Haydash va minish menga yurish kabi oson edi, shunday qilib men kebchining idorasiga yozildim va tez orada ishli bo’ldim. Keb egasiga haftasiga muayyan mablag’ keltirib berishim kerak edi va undan ortig’ini o’zimda saqlashim mumkin edi. Kamdan-kam pul ortiq bo’lardi shunga qaramasdan bir amallashga muvaffaq bo’ldim. Ishimda eng og’iri yo’llarga ko’nikish bo’ldi – umrimda kezgan barcha chalkash yo’llar ichida, bu shahar eng chigali edi. Yonimda xaritam bor edi, va asosiy mehmonxonalar va stansiyalarni tanib olgandan so’ng, o’rganib ketdim.
Ikki jentlmen yashayotgan joyni topgunimcha biroz vaqt o’tdi biroq, men va nihoyat ularga ro’paro’ kelganimga qadar surishtiraverdim va surishtiraverdim. Ular daryoning narigi tomonida, Kemberveldagi pansionatda edilar. Ularni topib olgan zahotim, ular endi hukmim ostida ekanligini bilardim. Soqol o’stirib olgandim va ular meni tanib olishlari dargumon edi. Fursati kelganini sezgunimcha, ular ortidan ko’ppakdek tushdim. Ular mendan qochib ketmasliklariga ishonchim komil edi.
Sal qolsa qochib ketishlariga bir bahya qoldi. Londonda ular qayerga borsalar, men yaqinida bo’ldim. Ba’zan ularni kebimda poylab yurdim, ba’zida esa piyoda, lekin keb yaxshiroq edi chunki ular mendan bunda qochib keta olishmasdi. Faqat juda erta tongda yoki yarim kechdagina pul topa olardim, shu sababdan keb xo’jayinidan pul berishda kechika boshladim. Biroq toki men orqasidan tushgan kishilarimni ushlab olishga imkonim bor ekan, bunga e’tibor qilmadim.
Ammo, ular juda makkor edi. Ular izlaridan ta’qib bo’layotgani ehtimolligi haqida o’ylashgan bo’lishi kerak – hech qachon yolg’iz yoki yarim tundan keyingacha tashqariga chiqishmasdi. Ikki hafta ular ortidan yurdim va hech qachon ular alohida xolda ko’rmadim. Drebberning o’zi bu fursatning yarim qismida mast edi lekin Strenjersonni pinakka ketgan xolda tutib olish imkoni yo’q edi. Ularni kechqurunlari va ertalablari kuzatardim, lekin biron bir imkoniyat sharpasini sezmadim, bundan tushkunlikka tushmadim, chunki ichimda nimadir fursati yetib qolganini aytib turardi. Birgina qo’rquvim, ko’ksimdagi bu narsa vaqtliroq portlab ketishi va ishim tugamasdan qolib ketishi mumkinligi edi.
Nihoyat, bir kuni kechda men Torki Terras deb nomlangan ular kelib tushgan ko’chada uyoqdan-buyoqqa izvosh haydab yurgan edim, bir kebni ularning eshiklari tomonga yurganini ko’rdi. Oldiniga biroz yuklar chiqdi va bir vaqt o’tib, Drebber va Strenjersonlar ham unga ergashdi va kebga o’tirib ketishdi. Men otimni qamchiladim va ularni ko’zdan qochirmasdan yurdim. O’zimni judayam yomon xis qildim chunki ularni yana joylarini almashtirishlaridan qo’rqqandim. Yuston stansiyasida ular tushib qolishdi va men otimni bir bolaga ushlab turishga qoldirib, ularni platformagacha kuzatib bordim. Ularni Liverpul poyezdini surishtirishganini va soqchi bittasi endigina ketib qolgani va boshqasi bir necha soatlarga bo’lmaydi deb javob qilganini eshitdim. Strenjerson bezovta ko’rindi biroq Drebber aksincha mamnunroqdek edi. Ularga shovqin ichida yaqinlashdim va endi ular o’rtasidagi bo’lib o’tgan suhbatni tinglay olardim. Drebber o’zining bir qiladigan ishi borligini aytib, agar sherigi uni kutib tursa, tezda unga qaytib kelishi haqida gapirdi. Sherigi e’tiroz bildirib, unga birga yurishga qaror qilishgani haqida eslatdi. Drebber bu masala juda nozikligi va yolg’iz borishi ma’qulligini aytdi. Strenjerson unga nima deganini eshita olmadim biroq uning hamrohi so’kina ketdi va unga shunchaki yollanma xizmatkordan boshqa hech kimligini eslatib, unga buyruq berishga haqqi yo’qligi haqida gapirdi. Sekretar bu masalada yon berdi va shunchaki agar so’nggi poyezddan kech qolsa, u bilan Hallideyning Xususiy Mehmonxonasida topishishi lozimligi to’g’risida kelishib oldi. Bunga javoban Drebber platformada bir o’ndan oldinroq qaytib kelishini aytdi va stansiyadan chiqib ketdi.
Uzoq muddatlardan buyon kutgan onlarim va nihoyat kelgandi. Dushmanlarim qo’lim ostida edilar. Ikkovi birgalikda bir-birlarini ximoya qila olishardi biroq yakka xolda ular mening hukmim ostida edilar. Shunga qaramay, men ortiqcha shoshma-shosharlarcha harakat qilmadim. Rejalarim allaqachon tuzilgandi. Agarda jazolanuvchi unga zarb bergan kishi kimligini bilmasa, jazolanishi sababini bilmasa, qasos o’tidan lazzat olish yo’q edi. Rejalarimni shunday tuzgan edimki, menga zarar yetkazgan kishi eski gunohi uni yo’qlaganini tushunib yetishiga imkoniyat yaratishim kerak edi. Bir necha kun oldin Brikston ko’chasidagi ayrim uylarni ko’zdan kechirish bilan mashg’ul bo’lgan bir jentlmen behosdan izvoshimga kalitlaridan bittasini tushirib qoldirgandi. U o’sha kuni kechroq qaytarib olingandi biroq buni orasida men bu kalitni qoliplatib, nusxasini qildirib olgandim. Shunday qilib, men bu katta shaharning hech bo'lmaganda bitta nuqtasiga xalal berishlarsiz kirish imkoniyatiga ega bo’lib olgandim. Drebberni bu joyga qanday olib borish esa endilikda yechishim kerak bo’lgan muammo edi.
U ko’cha bo’ylab yurdi va bir-ikki likyor (suyuqlik – izoh) do’konlariga kirib o’tdi va oxirgisida naqd yarim soatcha qolib ketdi. Chiqqanida, oyoqlarida gandiraklab yurardi va shubhasiz mast edi.
Mendan oldinroqda otli izvosh turgan edi va Drebber unga chiqib oldi. Men otimni shunday yaqin qilib ergashdimki, uning tumshug’i yo’l davomida haydovchidan bir yarddan masofada turdi. Biz Vaterlu ko’prigidan o’tdik va ko’chalar bo’ylab bir necha milya o’tib, nihoyat, meni ajablantirib, biz o’zimizni u tushgan aynan o’sha Terrasda ko’rdik. Uning qaytib kelishidan sabab nimaligini tassavur qila olmadim lekin davom etib, kebimni uydan yuz yardcha uzoqlikda qoldirdim. U uyga kirdi va izvoshchisi ketdi. Bir shisha suv bersangiz, agar malol kelmasa. Og’zim gapirsam quruqshab qoladi. “
Unga shisha tutqazdim va u uni oxirigacha ichib oldi.
- Bu boshqa gap, - dedi u, - Xo’sh, men uni chorak soat, yoki ko’proq kutib qoldim va to’satdan uy ichida odamlar to’polon ko’tarishiga o’xshash ovoz keldi. Lahza o’tib, eshik lang ochildi va ikkita erkak paydo bo’ldi, biri Drebber, ikkinchisi esa yosh yigitcha bo’lib, uni oldin hech ko’rmagandim. Yigitcha Drebberni yoqasidan olib turardi va ular ko’chaga qarab bir necha qadam bosishgandan so’ng, u Drebberni turtib yaxshilab tepib yubordi va bu uni ko’chani yarmigacha o’tkazib yubordi. “Ko’ppak!” baqirdi u, tayog’ini unga silkitib, “vijdonli qizni haqorat qilishni ko’rsatib qo’yaman!”. Yigitchaning qoni shunday qaynagan ediki, nazarimda u agar Drebber ko’cha bo’ylab oyog’ini qo’liga olib gandiraklagancha qochib qolmaganda, uni tayog’i bilan savalagan bo’lardi. U burchakkacha qochib bordi va kebimni ko’rib, chorladi va sakrab kirdi. “Hallideyning Xususiy Mehmonxonasiga hayda” dedi u.
“ Uni kebim ichkariga kirgazib olganimda, yuragim quvonch bilan shunday dukilladiki, shu tobda anevrizmam pand berib qo’yishidan qo’rqib ketdim. Sekin haydadim, hayolimda nima qilsam yaxshiroqligi haqidagi o’ylar edi. Uni shahar tashqarisiga olib chiqib ketishim mumkin edi, u yerda so’nggi so’rog’imni o’tkazish uchun tashlandiq bir yo’lak bor edi. Bu fikrga deyarli qaror bergan vaqtimda, yo’lovchimning o’zi muammoni men uchun yechib bordi. Ichkilikka bo’lgan tashnalik uni yana qamrab olib, u menga bironta jin (ichilik turi – izoh) sotadigan joyda to’xtashni buyurdi. U menga kutib turishni buyurib, o’zi kirib ketdi va u joyda to do’kon yopiladigan vaqtgacha qolib ketdi. Chiqqanida shunaqangi o’zini yo’qotgan ediki, o’ljam o’z qo’lim ostida ekanligini anglab yetdim.
Uni vahshiylarcha o’ldirishni reja qilgan deb o’ylamanglar. Agar shunday qilganimda ham, adolat puxtalik bilan qaror topgan bo’lardi biroq, men o’zimni bunday qilishga majbur qila olmadim. Uzoq vaqtdan oldinroq unga yashash uchun imkoniyat berish tomoshasini ko’rsatishga ahd qilgan edim. Amerikada sarsonlikda turli ishlarga bosh urib yurgan kezlarimda, York kollejidagi laboratoriyada farrosh va supuruvchi bo’lib edim. Bir kuni professor turli zaharlar haqida ma’ruza qilayotganida, talabalariga o’zi aytishi bo’yicha bir alkaloidni ko’rsatdi. Uni Janubiy Amerikadagi kamon o’qi zahridan ajratib olgandi va u shunchalik kuchli ediki, bug’doy donasidek keladigan miqdoridan ozrog’i ham muqarrar ajalga ro’paro’ qilardi. Tayyor hosila saqlanadigan idishni ko’rib qoldim va ular ketganida o’zimcha undan ozginasini oldim. Yaxshigina dori tayyorlovchi edim, shunday qilib men bu alkaloidni kichik, eruvchan dorilarga aylantirdim va har birini o’ziga o’xshash, zaharsiz dorilar bilan birga bittadan dori solib qo’ydim. O’sha kezlarda azm qilgandimki, agar imkoniyat tug’ilib qolsa, qurbonim har bir qutidan bittadan dorini qabul qilishi, men esam qolgan dorini yeyishim kerak edi. O’sha kundan, o’zim bilan doim dori qutilaim bilan yurdim va bularni ishlatadigan vaqtim kelgandi.
O’n ikkiga yaqinlar chamasi edi, tun jala shiddatidan va shamol epkinidan asovlashgan va atrof xiralashgandi. Tashimdan qayg’uli ko’rinsam ham, ichimdan xursand edim – shu qadar quvongan edimki, hayajon ichimda baqirib yuborishim ham mumkin edi. Siz jentlmenlardan birontangiz agar bir narsani uzoq vaqtdan buyon tugib qo’yib, yigirma yillarcha uni istab kelgan bo’lsangiz va uni qo’qqisdan qo’lingiz yetadigan joydan topgan bo’lsangiz, xissiyotimni tushungan bo’lardingiz. Sigaramni yoqib va asablarimni xotirjam qilish uchun uni purkab turdim, ammo qo’llarim titrardi va chakkalarim hayajondan qaltirab ketdi. Haydarkanman, qariya Jon Feryeni va jonajon Lyusimni tun qo’ynidan menga qarab tikilib, jilmayib turishganini ko’rardim va bu hammasi xuddi sizlarni shu xonada ko’rib turganim aniq-tiniq edi. Yo’l bo’yi ular qarshimda turdilar va toki men Brikston ko’chasidagi o’sha uyga to’xtamagunimcha, har biri bittadan ot ustida o’tirishdi.
Atrofda hech zog’ yo’q edi, yomg’ir tomchilaridan bironta ovoz ham eshitilmasdi. Derazadan qaraganimda, Drebberni mast-alast uyquda yotganiga ko’zim tushdi. Uni qo’lim bilan tebratib, “ Ketish vaqti bo’ldi, “ dedim.
U o’zi aytgan mehmonxonaga keldik deb o’ylagan bo’lsa kerak, sababi u biron boshqa narsa demasdan tashqariga chiqdi va menga bog’ bo’ylab ergashdi. Uni muvozanatida saqlab turish uchun yonida yurishimga to’g’ri keldi, shunda ham u biroz vazmingina edi. Eshikka yetganimizda, men uni ochdim va eng birinchi xonaga boshlab kirdim. So’zimga ishoning, ota va qiz ham oldimizda birga yurardi.
- Haddan ortiq qorong’uku, - dedi u, hafsalasizlik bilan yurarkan.
- Tez orada, yorug’likka chiqamiz, - dedi men va gugurtni yoqib, o’zim bilan olib kelgan shag’am qandilga tekkizdirdim, - “Mena endi, Enox Drebber, - davom etdim unga o’girilib, yorug’likni yuzim yoniga olib kelib, - men kimman?
U menga bir zum kirtaygan, mast ko’zlari bilan tikildi, so’ngra men ularda daxshat qalqib chiqqanini, butun yuzlarini burishtirib yuborganini ko’rdim. Bu uni meni tanib olganini bildirardi. Uning yuzi oqarishib, ortiga gandiraklab ketdi va men uning peshonasidan ter chiqib ketganini, tishlari taqillab ketganini ko’rdim. Orqamni eshikka suyab olib, kuzatarkanman, uzoq va baland ovozda kuldim. Doim qasos shirin bo’lishini bilardim, lekin qalbim shunchalik xursandchilikka to’lishiga umid ham qilmagandim.
- It! – dedim men, - seni Tuz ko’li shahridan, Sankt Peterburggacha quvib yurdim va doim mendan qochib ketding. Endi, nihoyat seni daydiliging yakuniga yetdi chunki yo sen yo men ertani tongini hech qachon ko’rmaymiz.
Gapirar ekanman, orqaga tisarilaverdi va uni yuzidan meni telba deb o’ylayotganini ko’rib turardim. O’shanda chindan ham shunday edim. Ensalarimdagi pulslar bolg’adek urilar, ishonamanki, agarda burnimdan qon chiqib ketib meni yengillatmaganda, tutqanoq bo’lib qolishim aniq edi.
- Endi Lyusi Ferye haqida nima deysan? – xitob qildim, eshikni yopib, kalitni uni yuzi oldida silkitarkanman, - Jazo juda sekin keldi lekin nihoyat senga yetib oldim! – gapirayotib, uni qo’rqib ketgan lablari qimirlaganini ko’rdim. U shavqat so’rab yalinishi mumkin edi lekin bu befoydaligini bilardi.
- Meni o’ldirasanmi? – dedi u duduqlanib.
- O’ldirish yo’q, - javob qildim, - kim bir telba itni o’ldirishni hayoliga keltirar ekan? Sho’rlik mahbubimni so’yib tashlangan otasi oldidan sudrab ketib, la’nati va nomussiz haramingga olib kirganingda shavqating bormidi?
- Uni otasini men o’ldirmadim, - baqirdi u.
- Lekin sen uni bokira qalbini vayron qilding, - qichqirdim men, uni oldiga qutimni itarib, - osmondagi Parvardigor bizni o’rtamizni ajrim qilsin. Tanla va ye. Bulardan bittasida ajal, boshqasida esa hayot bor. Narigisini o’zim olaman. Ko’ramiz, bu dunyoda chindan adolat bormikan yoki tasodiflar boshqarilar ekanmizmi.
U nochor ahvolda yovvoyi faryod chekib va rahm-shavqatlar so’ray ketdi shunda pichog’imni chiqarib, u menga itoat qilmaguniga qadar bo’g’ziga qadab turdim. So’ngra, narigi dorini yutib yubordim va biz bir-birimizga bir daqiqacha qaysi birimiz yashashi va qaysimiz o’lishinini ko’rishni kutib, jim yuzlashib turdik. Birinchi ogohlantiruv azobi unga zahar ichida ekanligini oshkor qilgandagi uning yuz ifodasini hech unutarmidim? Guvohi bo’larkanman, kuldim va Lyusining nikoh uzugini uning ko’zlari yoniga olib bordim. Bu bir lahzada sodir bo’ldi, alkaloidning ta’siri juda tez edi. Og’riq azobi uning yuz ifodasini burishtirib yubordi, u qo’llarini oldiga tashladi, gandirakladi va bo’g’iq xitob qilib, pol ustiga gursillab quladi. Uni oyog’im bilan ag’darib, qo’limni yuragiga qo’yib ko’rdim. Harakat yo’q edi. U o’lgandi!
Burnimdan hamon qon oqardi va men buni sezmagandim. Ongimga devorga yozish fikri nimadan kelganini bilmayman. Ehtimol bu politsiyani adashtirish uchun qilingan razil g’oyamidi chunki o’sha damda o’zimni yengil va ko’tarkinki xis qilayotgandim. Nyu Yorkda bir nemisni tepasida RACHE ismi bilan topilganini esladim, o’sha kezda ro’znomalar buni maxfiy jamiyatlar qilgani bo’lishi mumkinligi haqida bahs yuritilgandi. Nyu Yorkliklarni chalg’itgan ayni narsa Londonlikni ham esankiratib qo’yadi deb tusmol qildim, shuning uchun barmoqlarimni qonimga botirib, devordagi qulayroq bir joyga muhrlab qo’ydim. Keyin kebimga qaytib bordim va atrofda hech kim yo’qligini, tun hanuz zabtiga olganini ko’rdim. Biroq vaqt kebni haydab turib, qo’limni cho’ntagimga solganimda, har doim saqlab yuradigan Lyusining uzugi u yerda emasligini sezib qoldim. Ichimda momaqaldiroq gumburlagandek bo’ldi chunki bu u haqidagi birgina xotiram edi. Drebberning jasadiga engashganimda uni tushirib qoldirgan bo’lishim mumkinligi haqida o’ylab, izimga qaytdim va kebimni ko’cha yonboshida qoldirdim. Uyda dadilona yaqinlashdim sababi uzukni yo’qotishdan barchasini yo’qotishni afzal ko’rardim. Yetib borganimda, endigina uydan chiqib kelayotgan politsiya ofitseri qarshisidan chiqdim va uni umidsiz shirakayf sifatida ko’rsatibgina uni shubhalarini tarqatishga erishdim.
Enox Drebber yakuni shunday bo’lgan edi. Keyingi qiladigan ishim, Strenjerson bilan ham buni amalga oshirish va Jon Feryening qarzini uzish edi. Uni Hallideyning Xususiy Mehmonxonasida turayotganini bilardim va kun bo’yi poyladim biroq u hech qachon tashqariga chiqmadi. Drebberni qora ko’rinmagandan keyin u nimadandir shubhalandi degan xulosaga bordi. U makkor edi, Strenjerson, doim xushyor xolatda edi. Agar u ichkarida qolish orqali meni o’ziga yaqinlashtirmaslik haqida o’ylagan bo’lsa, juda qattiq yanglishgandi. Tez orada men uning yotog’ining derazasi qaysi biri ekanligini bilib oldim va ertasi kuni tongda mehmonxona yonidagi yo’lkada yotgan narvondan foydalanib, uning xonasiga tongning xira-shira vaqtida kirib keldim. Uni uyg’otdim va vaqti soati yetganini, ancha zomin bo’lgan hayot uchun javob berishi kerakligini aytdim. Unga Drebberning o’limi ta’riflab berdim va unga ham xuddi o’sha zahar dorilar bilan tanlov berdim. Taklif etilgan omon qolish imkoniyatini olish o’rniga, u yotog’idan sakrab turdi va tomog’imga yopishdi. O’zimni o’zim ximoya qilayotib, uni yuragiga pichoq urdim. Nima bo’lganda ham natija bir xil bo’lardi, chunki Qodir egam uning aybdor qo’lini zahardan boshqasini olishga yo’l qo’ymagan bo’lardi.
Yana aytadigan gaplarim oz, shunday bo’lishi kerak sababi hikoyani tugatdim. Bir kuncha keb haydab yurdim, maqsadim Amerikaga qaytib ketgunga qadar yetarlicha mablag’ yig’ib turish edi. Keblar hovlisida turganimda, bir juldur kiyingan bolakay shu yerda Jefferson Houp ismli izvoshchi bor-yo’qligini surishtirib, uning kebi Beyker ko’chasidagi 221Bda turuvchi jentlmen tomonidan izlanayotganini aytib qoldi. Aylanib kelaverdim, hech qanday ziyonni sezmadim va men bilgan keyin narsa, bu yosh kishi bilagim kishan turib turgani va meni umrimda ko’rgan eng epchillik bilan kishanlab olgani bo’ldi. Meni qotil deb topishingiz mumkin ammo bilingki, men xuddi siz kabi adolat ofitseridirman. “
Bu odamning hikoyasi shunchalik hayajonli ediki, uning o'zini tutishi shunchalik ta'sirli ediki, biz jim o'tirgancha, hikoyasiga mahliyo bo’lib qolgandik. Xattoki professional izquvarlar ham, jinoyatga oid barchasini boshlaridan o’tqazgan bo’lsalar ham, kishining hikoyasiga o’tkir qiziqish bildirishgandi. U tugatganida, biz bir necha daqiqa sukunat ichida qolib ketdik va bu sukutni qisqa hisobotning oxirgi jumlalarini bitirayotgan Lestryedning ruchkasining tirnab yozilishi tovushi buzdi.
- Faqat bir nuqtada yana ko’proq ma’lumotga ega bo’lsam devdim, - dedi nihoyat Sherlok Xolms, - meni e’lonim ortidan uzukka kelgan sherigingiz kim edi?
Mahbus mug’ombirlik bilan sherigimda ko’z qisib qo’ydi.
- O’z sirlarimni aytishim mumkin, - dedi u, - biroq boshqa odamlarni muammo ichida qoldirmayman. E’loningizni ko’rdim va men buni tuzoqmikan yoki istagan uzugimmikan deb o’yladim. Do’stim borish va buni ko’rib kelishda ko’ngilli bo’ldi. O’ylashimcha siz uni bu ishni qoyillatganidan hayron qoldingiz.
- Bunga shubha yo’q, - dedi Xolms chin dildan.
- Endi, jentlmenlar, - dedi nazoratchi jiddiy qilib, - qonun tuzilmasidan amalga oshishi lozim. Payshanba kuni mahbus hakamlar oldiga qo’yiladi va sizlarning ishtirokingiz talab qilinadi. Bungacha unga men mas’ulman, - dedi gapira turib, qo’ng’iroqchani chaldi va Jefferson Houpni bir necha qo’riqchilar olib ketdi. Bu payt ichida bo’lsa do’stim va men mahkamadan chiqib, Beyket ko’chasiga qaytish uchun izvosh tutdik.