November 6, 2023

Qilichqo'l botir qahramonligi. 

14-bob. So'nggi jang. 1-qism.

Qor asta-sekin vodiyga pag’a-pag’a yog’a boshlayotgan, shamol sal zabtiga olib, esayotgan bir kunda, Iliqxon qasrida o’n mingdan ziyod otliq, piyoda, to’pchi, o’qchi askarlar yo’lga chiqdi. Eng ilg’or qo’shinlar oldida zo’r berib ildamlayotgan va hadiksirabgina ortiga qarab-qarab qo’yayotgan Qilichqo’l botirni bugun ko’zlarida ozgina nam bor. Chunki, u bugun boshqalarning hayotiga ham javobgar edi. Bugun faqat o’zini emas balki ming chog’li askarni ham saqlab qolishi kerak. Lekin, u bunday bo’lmasligini yaxshi biladi. Ko’zi ham shunga yoshlangan.

Eng ilg’ordagi Qilichqo’l botir yaktak ustidan bittagina yengil chopon kiygan. Lekin undan keyin yurib borayotgan askarlarni mingboshilari bari xuddi bayramga ketayotgandek hashamdor. Qilichlari ham xiyla yupqa tuman orasida aniq-tiniq yaltirab, bilinib turibdi. Xatto, qo’shinning bosh sarkardasi – yoshi qirqlardan o’tgan, novcha, bilaklari katta, cho’qqisoqolli va mo’ylovlik, mallasochli tumanboshi ham boshdan oyoq zarbo’f to’nga o’ralgan. Hammalarini boshida temircho’qqili jig’alar kiyilgan.

Faqat oddiy askarlargina juldur kiyim, qayoqlardandir topib kelgan ajnabiy askarcha va issiq kiyimlar bilan jon saqlab, bazo’r, ko’zlarini dam yumib ochib oldinga harakatlanishmoqda.

Qor hali kuchaymasidan turib, ular vodiyni tark etishdi. Oldinda adirliklar ko’rindi. U yoqda ham qor salgina uchqunlab tashlab turganiga qaramasdan, yerdan va havodan hali iliqlik ketmagandi. Hamma yengilroq nafas olib, qadamlarni tezlatishdi. Adirliklar o’tib, bir necha qishloq va dalalar ortda qolgach, umuman boshqacha, go’zal manzarali yam-yashilligini kuzda ham yo’qotmagan yaylovga chiqishdi. Yaylovda yovvoyi mevali daraxtlar meva solgan, atrofdan nuqul yoqimli xid va nam xidi anqib yotgan ufqqacha cho’zilib ketgan, irmoq-daryolar esa xuddi ilon kabi buralib-buralib har yer-har yerda dam oldilaridan, ham yonlaridan chiqib qolardi.

Yaylov o’rtasida nihoyat bir ikki soatgagina to’xtab dam olishganda Qilichqo’l yoniga o’ntalik bo’linmaga boshliq bo’lib olgan Muzaffar ot choptirib keldi.

-         Shohidbek chorlayotir, - dedi u.

Briksha darhol lashkar ichiga ot qo’ydi. Ichkarida, tik turgan askarlarning yarim chaqirimdan oshiqqa qatorining tamom bo’lishiga yaqin bir joyda omonatgina chodir tikilgandi. Briksha besh qadam qolganida, otini to’xtatmasdan sakrab tushdi va chodirga qarab shahd bilan kirib keldi.

Mallasoch, kallasi tuxumni eslatadigan qo’shin boshlig’i uni kutib turardi. Briksha ko’rasolib, bosh egdi.

-         Shohidbek!

-         Kiraver, Qilichqo’l, - qo’mondonning ko’zlari boshqa makonliklar kabi Brikshaga hayrat bilan emas, balki mutlaqo sovuqqonlik bilan boqardi. Uning qarashi jang ko’rgan, ko’raverib, har qanday mo’jizani ham indamasdan xazm qilib ketaveradigan, o’z ishini bajarishdan boshqasini o’ylamaydigan odamniki edi.

Qo’mondon yonida bir qancha mingboshilar, Ergash va Tuman ham turibdilar. Ular chodirni eng chekkasiga o’rnatilgan xaritaga tikilib turishibdi.

-         Hozirgina kelgan ayg’oqchilarimiz habariga ko’ra Sehrxon ellik ming qo’shin to’plab, bizni Dehqonobodga kirishdagi har bitta tepalik, har bitta yo’l va har bitta qishloq ichida kutib turibdi ekan, - dedi Ergash yoniga kelib, xaritani tomosha qilayotgan Brikshaga.

-         Qanday qilib buncha ko’p askar to’plattiribdi?

-         Cho’liston, Dehqonobod, Tumanjoy, Xurramoboddan askar yig’dirgan, - deb javob qildi Ergash, - Sehrxonni sodiq kishisi – Mirzabek tumanboshi, Sargonus, Bahodir qushbegilar unga ko’mak bo’lishgan.

-         Ellik ming! – dedi qo’mondon ham ularni suhbatini eshitib turib, - Sehrxon boz ustiga komnvel va ostmentlardan juda katta qurol zahirasi to’plattirib qo’ygan. Hozir biz xujum qilmoqchimiz lekin, Sehrxon istagani uchun shunday bo’lyapti. Sehrxon bizni shu yerda tor-mor keltirishni o’ylagani uchun shu yerdamiz.

-         Xon lashkarichi? – so’radi Briksha hayron bo’lib, - ular qani?

-         Ular bizdan hali masofa uzoqlikda, - dedi qo’mondon, - xon Dehqonobod chegarasidagi Qorasuv irmog’i yoniga chodir tiktirgan. Sehrxon lashkaridan ximoyalanish uchun.

“ O’zimga qo’yib berishlari kerak edi. “ deb o’yladi Briksha. Lekin, endi kechligini tushuntib turardi.

Qo’mondon jang rejasini tushuntira ketdi. Briksha bu rejada. Lekin aldab xujum qilish, yon tomondan zarba berish orqali yutish mumkin deb ishontirayotgan qo’mondonga quloq tutdi. Qo’mondon yonib, terlab, xuddi muallimdek gohida tayoqchasini olib savalagudek mingboshilarga qayta-qayta ularni qilishi lozim bo’lgan ishlarni tushuntirdi.

Oxirida, Brikshaga yuzlandi. Va yana bir marta, qisqacha qilib dedi :

-         Ilg’or sifatida, birinchi sen, keyin Ergash yuradi. Biz asosiy o’n ming lashkar bilan to’g’ri markazga kirib boramiz. Dushmanni kutmagan tomonidan kirib boramiz. Xonga odam yubordik. U daryoni chetlab o’tib, yon tomondan yuradi.

Briksha bosh egdi va Ergash ikkovi shu zahoti chodirni tark etdi.

Chiqasolib, Ergash undan so’radi :

-         Sehrxonning ham senikiga o’xshagan hunarlari bor deb eshitganman...

-         Uni menga qo’yib beravering. Nimalarga qodirligini bilaman, - ishontirdi, o’z kuchi bilan akasini yenga olishiga bir oz ko’zi yetmasa ham Briksha.

Briksha eshitardiyu, hayolidan oxirgi jang oldidan Sehrxon akasi ehtimol Sun’iy Olmosni qo’lga kiritgandir, shuning uchun hammani tuzoqqa tushirib qirib tashlamoqchidir degan gumon o’tardi. Bu gumon g’alati edi. Akasi uni o’rnida bunday shubhaga bormasdi – sababi bu insonlarga oid, mantiqsiz hayol edi. Agar mantiqli bo’lsa – akasi Sun’iy Olmosni shu choqqacha ishlatib bo’lgan bo’lardi. Qarshilarida insonlar emas, balki temirtanlar yoki undan battarlar qo’shini turmasmidi?