Qilichqo'l botir qahramonligi.
12-bob. Vodiyga qaytish. 1-qism.
Ikki oy vaqt o’tdi. Makonda issiq kunlar kamayib, sovuq tusha boshladi. Briksha Muqimxon oldida qoldi. U Muqimxonni Sargonus qo’shinidan qutqarib qoldi. Shundan keyin, xon Makonga qaytib kelgani, taxtga o’tirgani yana “Qilichqo’l botir”ning Muqimxon xizmatida ekanligi haqida gaplar urchidi.
Makonliklar hammasi birdaniga xon va Qilichqo’l huzuriga borishga oshiqib ketishdi.
Sehrxon tajovuzi bir oz muddatga aridi, Sobiqxon, Mansurbekning sodiq kishilari xatto Sehrxon o’zi qo’ygan voliylar Muqimxon tomon bo’lib olishdi. Xonning oshig’i olchi, nomi tillarda doston bo’ldi.
Xon bu paytda savlat to’kib, bu yerga kelgandan keyin to’lishibgina qolgan qornini belbog’i bilan tortib, atrofda ming nafar navkari bilan, taxtiravonida o’tirib, sayru-sayohat qilardi. Uni ortidan esa piyoda yurishib, amaldorlar bo’ynini egib itoatda ketishardi. Navkarlar ichida esa komnvel tulporini egarlagan Briksha ham bor edi.
Briksha xazonrezgi faslning alvon ranglariga tikilgan ko’yi, chuqur-chuqur, to’yib-to’yib nafas olardi. U mamnun edi – og’asining zolimlari kamaydi, Muqimxon bo’lsa o’zini munosib tutardi – ozod qilingan xalqdan soliqlarni olib tashlar, chetga odam yuborishdan xalos qildirar, xalq ustidan zulm qilgan amaldorlarni jazolar, Sehrxon qurdirgan maktablarni bekor qilsa ham buzdirib yubormadi – istagan odamlar boraversin deb. Odamlar xondan ham, “botir”dan ham shod edilar. Qayerda ko’rsalar, xitob qilib, bosh egishardi.
“ Avvalroq xonni topsam bo’lardi! “ deb o’zicha o’ylardi Briksha.
Briksha bundan keyin hammasi o’zgaradi, insonlar jaholat va qoloqlikdan xalos bo’lishlari mumkin, og’asining zulmi esa vaqt o’tib, unutilib ketadi deb o’ylay boshlagandi.
Ammo, ikkita narsa Brikshani ko’nglini xijil qilardi. Birinchisi, saroyda hamma majlislarda o’tiradigan, xonga buyruq bera oldigan ko’zlari qiyiqqina, o’rta bo’ydan pakanaroq, qotmagina bir ajnabiy kishi edi. Unga hamma Yasu deb murojaat qilardi. O’ttiz to’p xalq – g’alato’p ya’ni komnvellarning Makondagi ishongan vakili edi. Briksha uni kuzatib, xonni o’z yo’rig’iga yuritishga harakat qilayotganidan hadiksirardi. Ko’ziga u Sehrxonning birodarlaridan ham yomonroqdek ko’rinardi. To’g’ri, u ko’pincha xalq haqida, ularni rozi qilish uchun avvalgi xonlikdagi shavqatsiz siyosatni tugatish haqida gapirardi, ammo Briksha undan hamma qo’rqishi, uni so’zini hamma tinglashi, u xon bilan yakka, sirli muloqot qilishini bilib qolgandi va shubhalari ham shundan edi.
Ikkinchi narsa bo’lsa, To’liqbek edi. Muqimxon Makonni bir necha voliyligini bosib olsa ham, To’liqbekdan habar yo’q edi. Vaholanki, To’liqbek Sobiqxon o’limidan foydalanib, vodiyni egallab olgandi, mustaqil idora qila boshlagani haqida Toshqinobod qamalidan ikki kun o’tiboq, habar topgan edilar. Lekin, u paytda Muqimxon ilki katta kalta edi – elchi jo’nata olmadi. Vaqt o’tdi – voliylar, amaldorlar, xalq xon va botirni tomoniga o’tdilar ammo shunda ham To’liqbekdan dom-darak yo’q edi. Ana shunda, Muqimxon elchi jo’nattirdi.
Ovozachining bu gapi xon va uning to’pini taqqa to’xtatdi. Briksha ham sergaklandi. U karvon oxirrog’ida ketayotgandi. Sal oldinroqqa ot qo’ydi.
- Elchi Do’stbek – To’liqbekdan habar keltirdi, xon xazratim!
Muqimxonni guldurok ammo nechukdir ishonchsiz ovozi eshitildi.
- Gapir, Do’stbek! Nima habar keltirding?
Elchi tomog’ini sal qirib olib, tumtaroqli chiqarishga harakat qilib, bo’g’ildi :
- To’liqbek, ulug’ xon, chindan ham Keng Iliqlikni idora qilmoqda. Uch oydan kam yo ko’p vaqt o’tibdi. Xaloyiq To’liqbekdan rozi – To’liqbek sizlan qilg’an ishlarni uyog’da ham amalga oshiribdi. Hammayoq tinch – bog’-rog’lari ayni yetilg’an, Sehrxon odamlari ko’rinmaydi – hammayoqda xalq askarlari yurishibdi!
- O’zichi, o’zidan gapir! – buyurdi xon.
- U meni zo’r tantana bilan qabul etdi. Sharafimga ikki kunlik to’y-tomosha berdi – siz xonning eski o’rdangizda...
- Bu qiziq emas! – toqatsizlandi xon. U oxirgi jumladan tutaqib ketgandek edi, - To’liqbek nima dedi?
- Aytishicha..., - ikkilandi elchi, - ...sizni ilkingizg’a kirish uchun, uni sharti bor ekan. Sizni g’alato’p sotilgan degan shubhaga boribdi. Xatto Sehrxonga...
- Nima deding! Yaramas! Munofiq! – o’shqirgani eshitildi to’p ichidan, ustma-ust to’n kiyganidan xiyla novcha va to’la ko’rinayotgan xon qushbegisi. U xonni yaqin kishisi bo’lib, birga quvg’inda yurgan va uni xizmatini qilganidan qushbegi etib tayinlangan edi.
Qolganlar va norozi g’ala-g’ovurni boshlashdi. Lekin xon buyurdi :
- Sizni qushbegingiz bo’lishni va xon xizmatini to’liq ado etishni so’radi, To’liqbek!
Qushbegi yana ham tutaqdi. U kurakda turmaydigan so’zlardan aytib so’kina ketdi.
“ Battar bo’lsin. “ deb o’yladi xursand bo’lib, Briksha.
Briksha uni yoqtirmasdi. Qushbegini qandaydir ko’rinishlari Sobiqxonni eslatardi. Sobiqxonga o’xshab, u ham ziyofatlarni sevardi, sharob, musallas va sarxush qiladigan urug’lar, mevalardan yerdi. Yana, u g’alato’plar ichida o’rganib kelgan, Makonlikka ham, koinotni madaniyatli qavmlariga ham mos kelmagan ishlarni ko’p qilardi...
Xon bu baqir-chaqirni ovozini o’chirishni buyurganda, qushbegi birdaniga tinchidi. Xon va uni yordamchilari yana yo’llarida davom etishdi.
Kechga yaqin, xon qo’shini Suruvmakon voliyligi janubidagi Qo’yko’payganqal’a deb nom olgan bir ko’hna qasrga kirib borishdi. Xon shu yerning ko’shkiga joylashishga farmon berdi.
Briksha qasr tashqi devorlari yaqinidagi otxona devori bilan birlashtirib solingan bir eski mehmonxonada. Briksha bu yerda yolg’iz edi. U o’zi oti bilan olib kelgan yumshoq to’shakni soldi va ikkilanib turib, unda yotmaslikka ahd qilib, to’shak yonidagi titilib ketgan pichan qopiga bosh qo’ydi. Shu ketishda u ko’zini yumdi. Ko’zini yumganida, ko’z oldida hali hanuz Olmosga tikilib turgan, ammo havotiri yana ham kuchaygan yigitchani, undan so’ng o’zini, undan so’ng, og’asini yonidagi begona kishilar bilan allanimalarni so’zlashishayotganini ko’rdi...
- Xon kutyapti, Qilichqo’l botir!
Uni tepasida turgan navkar – Shuhrat edi. Shuhrat yoshi o’ttizlardan ortgan, ko’zlari kosasidan chiqib ketgudek katta, yuzida jilmayish qotib qolgan, boshi esa xuddi taqir cho’l kabi kal kishi edi. Briksha ham, ko’zini ochib, birinchi uni kal boshini ko’rdi. U o’rnidan irg’ishlab turdi.
Shuhrat Brikshani kuch-qudratiga qiziqqan askar. O’sha jangdagi ko’rsatgan ishidan buyon zimdan va ba’zan ochiq qilib Shuhrat Brikshani kuzatib yurishini bildirib qo’yardi. Hozir ham Shuhrat Briksha qiziqish va shubhayu-gumon bilan tikilib turibdi – qo’llari belidagi qayrilma shamshiriga tegib-tegmaydi.