November 6, 2023

Qilichqo'l botir qahramonligi.  

14-bob. So'nggi jang. 2-qism.

“ Insonlarga yana ham ko’proq o’xshab qolmoqdaman, chog’i. “ deb o’yladi Briksha, boshidan o’tkazganlarini eslab va hayoliga berilib turib.

Bir necha soat davomida Briksha qo’shini bir necha irmoq yonida ehtiyotkor o’ta turib, kun qiyomdan o’tganda oldinda kattagina bir guruh jangovar do’mbiralar va ura-uralar bilan shundoqqina qarshisiga chiqayotganini ko’rdi. Yaylovzordagi chimlar va nam tuproq ustida ularning to’fang-to’plari juda sekin harakat qilar edi. Shunga qaramay, Briksha ularni to’g’ri o’ziga qarab kelayotganini tushundi. Otlar dupurlagani ham quloqqa chalindi. Briksha amr etdi.

-         Ximoyalaning! Safga!

O’zi kutganidek to’plar yonidan, komnvelcha kiyingan yuzdan ortiq dragun otliqlar ko’rindi. Dragunlar komnvellar qo’shini ichida eng daxshatlisi edi. Ular miltiq, to’pponcha, ot, uzun shamshir va boshqa qurollar bilan qurollanishgandi. Bitta dragunning qurollari bilan Makonliklarning beshtasini qurollantirsa bo’lardi. Bitta dragun esa makonliklarning o’ntasini bemalol qulatardi.

Briksha shuning uchun askarlarini ertaroq ximoyalanishga turishga buyurdi. Otliqlar ko’p kuttirmasdan, oldinga tashlandi. Briksha va uning qo’shini safni buzmasdan, masofa saqlab, dragunlarni va ularni otlariga kamon va miltiq bilan ota boshlashdi. Mo’ljalga tegib, dragunlar bir necha lahzagina jang qilib, ortlariga shoshilib ketib qolishdi. Ortlarida ularning yaradorlari va xalok bo’lgan birodarlari qolib ketdi.

Briksha buyurdi. Yaradorlarga kim bo’lishidan qat’iy nazar yordam ko’rsatildi.

Tun ichi Briksha va guruhi oldinga qarab yurishni davom ettirishdi. Nihoyat, keyingi kuni katta qiyalik yoqasida son-sanoqsiz katta-kichik chodirlar turgan joydan chiqishdi. Briksha odamlariga buyurdi :

-         Xujumga!

Dushmanlari kutmagan paytda Briksha sallotlari qarorgohga bostirib kirishdi. Askarlar nima bo’layotganini bilmay ham qolishdi, hammayoq ur-yiqit, to’polon edi. Dushmanlardan ayrimlari otga minib olishga ulgurdi. Briksha o’zi urushga kirib, ularni tulpori bilan, qo’llari bilan yiqita ketdi. U hayajonlanardi.

To’plar otila boshladi, har tomondan do’mbiralar sadosi yangradi. Briksha askarlari bir – ikki soatcha mardonavor bo’lib, qarorgohni bir chekkadan, ximoyalana – ximoyalana bosib kela boshladilar. Dushman soni ko’paydi – minglarcha kelardi. Lekin, shunda Brikshaga yordamga Ergash ham yetib keldi. Ergash ham, Briksha kabi urush ichida jonbozlik bilan dushman ichida qilichbozlik qila ketdi.

Jang sur’ati kuchaydi. Dushman lashkaridagilar komnvellarni uzoqdan otadigan miltiqlaridan turib, qator tizilib olishdiyu, o’q otishga hozirlik ko’ra boshlashdi. Briksha baqirdi :

-         Chekinmang! Oldinga ham yurmay turing! Yordamni kuting!

O’zi esa shitob bilan ular tomon yurdi. Yonidan o’qlari vizillab uchib o’tgani eshitildi lekin, unga birontasi tegmasdi – Briksha shunchalik chaqqon ediki, o’qlari yetib bormasidan, o’zini chetga olishga ulgurib qolar edi.

Briksha miltiqbozlar qatoriga yaqin kelganida yana uning qo’llaridan qilichlar “o’sib chiqdi” va Briksha dushmandagi miltiqlarni xuddi o’tin kesgandek zarb bilan kesib tashladi. Ba’zi miltiqlar bundan yorilib, portlab ketdi. Dushmanning rejasi shunday qilib ish bermadi.

Yana do’mbiralar, hayqiriqlar ovozi yaylovni tutdi. Uch – to’rtta tomondan bor ovozlari bilan Muqimxon, To’liqbek qo’shinlari yetib kelishmoqda edi. Briksha ruhlanib yana oldinga ot qo’ydi. U hammasini tugatishga ahd qilgandi.

Dushman o’zinikilar bilan isyonchilarni urush ketayotgan tomondan yigirma sarjin naridagi qiyaliklarga tiza boshlashdi. Briksha ularni niyatini payqab qoldi va ot qo’ydi. Hammajoyda janglar ketardi. Miltiqchilar, shamshirchilar, nayzalilar bir-biri bilan uch – to’rtta guruhga bo’linib jang qilishardi. Briksha ketidan dushmanning yana bir guruh otliqlar ot soldi. Bu otliqlarni pakana, yuzi chandiq bilan to’lgan, burni qiyshaygan, soch-soqolli tarvaqaylab o’sib ketgan, dumaloqyuzli, pakana bir mahluq boshqarardi. Bu odam – ko’rinishidan umuman odamiylikdan chiqib ketgan manfur kimsa edi. U ayni paytda Brikshani harakatini ko’z uzmay kuzatardi. Otiga osib olgan uzun nayzasini oldinga tashlab, endigina qiyalikka chiqa boshlagan Briksha otini qulatishga muvaffaq bo’ldi.

Mahluq xuddi momaqaldiroqdek ovozi bilan xaxoladi.

-         Xoling shu ekanku! – baqirdi u.

Yiqilishi bilan o’rnidan turib olgan Briksha otini ko’kragidan ushladi. Oti tirik edi. Shunda u mahluqqa yuzlandi. Mahluq otda bir nechta o’zidan battar o’likyuzli navkarlari bilan Brikshani o’rab turardi.

-         Men – Mirzabekman!

Briksha indamadi. U qilichi bilan xamla qila ketdi. Omonsiz olishuv boshlandi. Briksha birin-ketin mahluq tegrasidagi otliqlarni qulatdi, mahluq esa tobora Brikshaga xalal berib, nayzasini u yer – bu yeriga tekizdirib olardi. Nihoyat, Briksha nayzani qo’li bilan mahkam ushlab uloqtirib yubordi va mahluq odam ham otidan qulab tushdi. Yakkama – yakka olishuv boshlandi. Ikkovi bittadan qilichni qo’liga ushlab bir oz olishishdi.

-         Ana endi ko’rasan! – dedi mahluq va shamshirni to’g’ri Brikshani qoq miyasiga qarab yo’naltirdi.

Briksha o’zini olib qochdi. Keyin mahluq yana xamla qilmoqchi bo’lganida, vaqt yo’qotayotganini tushunib yetib, u qo’llaridan mitti oppoq xanjar chiqardiyu, uni qoq beliga suqib qo’ydi. Ayni mo’ljalga tekkanidan Mirzabek ihramasdan yerga jonsiz quladi.

Jang Xon va vodiydan kelganlar xisobiga xal bo’lish arafasida edi. Faqat nariroqdagi zambaraklargina qoldi. Briksha o’sha tomonga qarab yurdi. Yelkasi, ko’kragidan tepasi, bilaklarini ayrim joylari og’riqdan zirqirardi. Hozirgina Mirzabek suqib olgan joylar negadir Brikshaning tanasiga xilof ravishda tiklanishga shoshilmasdi. Briksha nayzani ham xuddi o’zi kabi uzoqlardan kelgan – koinot quroli ekanini tushundi. Lekin u odimlayverdi – zambaraklarni otilishini oldini olmoqchi bo’ldi.

Biroq, bunga xojat bo’lmadi. Ergash, Omon va Muzaffarlar ot ustida ko’rinish berishdi. Ular miltiqlardan o’q uzishib, zambarakchilarni bittadan qulata boshlashdi. To Briksha yaqinlashguniga qadar, ular qiyalik ustida bitta ham dushman odamini qoldirmadilar. Uchchovlon uzoq baqirishdi.

Jang yana davom etdi. Yana bitta tun tushdi. Qarorgoh ancha dushmandan tozalanib qoldi. Faqat dushmanni janubiy qarorgohi qarshilik ko’rsatardi. U yerda Sehrxon va Bahodir qushbegi bor edi. Ular ot ustida turib, o’zinikilar bilan urushga kirishib ketishdi.

Sehrxon oxiri chiday olmay, otdan sakrab tushdi va zirhini ham, sallasini ham uloqtirib, na’ra tortib, qarshisidagi isyonchilar qo’shinini bittama-bitta yerga qulata boshladi. Sehrxonni yoniga hech kim yaqinlasha olmasdi. Sehrxon go’yoki, askarlariga qalqon bo’lib turib qoldi.

-         Kim menga qarshi chiqishga qodir? Kim? – g’azab sochdi Sehrxon.

Odamlar orasidan bir ko’zlari qisiq, temir qalpoqlik bir yigit chiqdi. U otidan shoshilmasdan, pastga tushdi. Sehrxon jazavaga tushib, baqirdi va shu tobda, qayerdandir shamol esdi, bulutlar ustidan chaqmoq chaqnadi, chor atrof zulmatga botdi. Sehrxon birinchi musht zarba bergandayoq, qarshisidagi raqibini o’n quloch nariga uloqtirib tashladi.

-         Qani xoningiz chiqsin! Beklaringizga qani? Bu ramaqijon bolami eng kuchlingiz? – shovqin soldi Sehrxon.

Askarlar ichidan, moviyko’zli, tani silliqqina, ikkala qo’lida oppoq shamshir ushlagan boshqa bir, ajnabiysifat yigit chiqib keldi. Sehrxon xuddi oynaga qaragandek boshini u yonga va bu yonga tashladi.

-         Shu yerdamisan, dardisar! – g’ijindi u, - seni uchrataman deb o’ylamovdim!

-         Kimni kutgandingiz? – so’radi Briksha labiga sal tabassum yugurtirib.

-         Seni emas. Boshqa o’g’illardan bittasini lekin senimas, - dedi Sehrxon va bir oz o’tib so’radi, - Sun’iy Olmosni deb keldingmi?

Briksha bosh irg’adi.

-         Unda nega qidirmayapsan?

-         Siz nega qidirmayapsiz?

-         Albatta topaman faqat oldin bu isyonchilarni jazolayman.

-         Men ham sizni zulmingizdan bu olamni xalos qilib, keyin qidirishga qaror qildim.

Sehrxon “hih”lab kulib yubordi.

-         Bu olamda ko’proq qolishni istayapsan... menga o’xshab! – dedi u ayyorona kulgu bilan.

-         Balki...

Briksha ham, Sehrsha ham babbaravariga qilichlariga yopishishdi va atrofdagilar hali hayron bo’lib ulgurmaslaridan qilichbozlik qilib ketishdi. Ular xuddi kapalaklar misol uchishdi, sher kabi bir-biriga yopishib ketishdi, chigirtka kabi tez va baland sakrashdi.

-         Sen bilan bu yerda urushaman deb o’ylamagandim! – baqirardi Sehrxon, - biz bir millatmasmizmi? Buyuk brik millati! Bir-birimiz bilan olishmasligimiz kerak!

-         Hammasini birinchi o’zingiz boshladingiz, - dedi Briksha xotirjamgina.

Ular atrofida qolganlar ham olishib ketishdi. Eng o’rtada ikkovlari, har ikkala tomonda esa o’zlari sababli bu yerga yig’ilgan makonlik bor edi. Sehrsha o’sha zahoti uni o’z qilichi bilan qaytardi. Briksha qilich bilan epchil xujum qilar, Sehrsha esa qaytarardi. Keyin teskarisi bo’lardi. Har ikkovi ham hamma jihatdan, teppa – teng jang qilishardi.

-         Otam kabi hukmdor edim! Lekin men otamga o’xshab hammayoqni barbod etmadim! Adolat qildim! O’qitdim! Boy qildim! – baqirishda davom etdi Sehrxon.

-         Otam kabi yovuz hukmdor bo’ldingiz! – yana javob qaytardi Briksha.

Sehrsha qilich bilan Brikshaning boshiga urdi, Briksha chap bera olmay qoldi, boshida jarohat paydo bo’ldi. Ammo Briksha indamadasdan jangni davom ettirdi.

-         Ancha kuching oshibdi!

Shunda Briksha ham qurol bilan uni boshiga tushirdi. Sehrsha hech narsa bo’lmagandek, boshi ham tirnalmagandek bo’lib qoldi.

-         Befoyda! Bir-birimizni o’ldira olmaymiz! – dedi Sehrsha.

-         Lekin mag’lub eta olamiz, - dedi Briksha.

Olisha – olisha briko’g’illari holdan toya boshlarkanlar, xuddi insonlar kabi boshlari aylanib, ko’zlari tina boshlarkan, Sehrxonning ko’zi o’zini tarafdorlariga tushdi.

Bahodir qushbegi va uni atrofidagilar o’ralib qolganlar. Ularni isyonchilar xuddi pashsha qirgan kabi qirib tashlamoqda edilar.

Briksha hayratda qoldi. Sehrxon Brikshaga bir o’qraydiyu, o’zi askarlariga yordamga shoshildi. Briksha ortidan qolmadi. Sehrsha g’azab bilan isyonchilarni uloqtirib tashlab, odamlariga yo’l ocha ketdi. Bahodir va bir necha otliq qutilib qolib, qocha boshladi. Ulardan biri Sehrxonni ushladi va Sehrxon uni otiga o’tirib olib, otliqni mingashtirib qocha boshladi.

Briksha ortidan yugurdi. Lekin, ko’zlarni qamashtiradigan bir nur ular ketayotgan tomondan kelib, quvayotgan makonliklarni anchasini kuydirib yubordi. Briksha esa uzoqqa qarab uchib ketdi. Ammo shunda ham xushini yo’qotmadi.

U ajablanib qoldi. Uzoq-uzoqlarda u o’zini jangini to’xtatib, so’nggi omon qolgan odamlarini qutqarib qolgan akasi ketardi. Bu o’zi o’ylagan akasi emasdi. Bu – Makonda turib, insoniyligi oshgan boshqa mavjudotdek edi.

G’alaba sadolar yaylovni tutdi. Makonda esa umidbaxsh tong otdi.