August 28, 2023

Sherlok Xolms. Alvonlik Ishi. So'nggi bob. 

Xotima.

Hammamiz Payshanba kuni hakamlar huzurida bo’lishimiz haqida ogohlantirilgandik biroq Payshanba kelganida guvohlik berishimizga xojat qolmadi. Oliyroq hakam hammasini o’z qo’liga oldi va Jefferson Houp unga beriladigan qattiq adolat berilishi uchun oliy sudga chorlandi. Ushlab olinganning ayni kechasi anevrizma portladi va uni tongda qamoqning polida cho’zilib yotgan xolda topishdi. Uni yuzida xotirjam kulgu qotib qolgan bo’lib, go’yoki o’layotgan onlarida foydali hayotiga boqib, ishini bajarganini bilib keta olgandek edi.

-         Gregson va Lestryed uni o’limidan quturib ketishadi, - dedi Xolms, keyingi kuni kechda bu haqida suhbatlashayotganimizda, - ularni katta e’lonlariga nima bo’larkin endi?

-         Ular jinoyatchini tutib olishda ko’p ham aloqadorligini ko’rmayotirman, - javob qildim men.

-         Bu dunyoda nima qilishingizni ahamiyati yo’q, - javob qaytardi sherigim, achchiq bilan, - masala nima qilganingizga odamlarni ishontira olishingizda. Mayli, - davom etdi u to’xtab turib, sal yorug’lashib olgach, - nima bo’lsa ham tergovni baribir o’tkazib yubormasdim. Meni to’plamimdan bundan yaxshiroq ish bo’lmagan edi. Juda oddiy biroq o’ylab qilinadigan nuqtalari ko’p edi.

-         Oddiy! – hayqirdim men.

-         Xo’sh, chindan ham boshqacha ta’rif berish qiyinda, - dedi Sherlok Xolms, meni hayratimga javoban jilmayib, - undagi o’ziga xos soddalikning isboti shuki, bir necha oddiy deduksiyamdan boshqa hech qanday yordam olmasdan, uch kun ichida jinoyatni qo’lga olishga muvaffaq bo’ldim.

-         To’g’ri, - dedim men.

-         Sizga allaqachon no odatiy bo’lgan jihatlar odatda to’siqdan ko’ra ko’proq yo’lboshchi bo’lishini tushuntirib berganman. Bu kabi muammolarni yechish uchun, eng asosiy narsa bu orqa tarafga izlanishdir. Bu g’oyatda foydali yutuq xisoblanadi va juda osoni hamdir, lekin odamlar uni ko’p ham qo’llayverishmaydi. Har kungi yumushlarda old tomondan izlanish foydaliroq, shundan narigisi usul e’tibordan chetda qoladi. Bitta tahliliy izlanadigan odamga ellikta sun’iy izlanuvchi odam to’g’ri keladi.

-         Tan olishim kerak, - dedim men, - sizni unchalik ham tushunmadim.

-         Sizdan buni kutmayman ham. Sizga hammasi aniqroq qilib berishga urinib ko’raman. Ko’p odamlar, agar sizga hodisalar zanjirini ta’riflab bersalar, sizga buning natijasini ham aytishadi. Ular hodisalarni onglarida birlashtirib oladilar va shunga qarab nimadir sodir bo’lishi haqida bahslashadilar. Lekin, kamroq odamlar ham bor. Ularga natijani aytsalar, o’zlarining ichki shuurida, bu natijaga qanday qadam bilan borilganini o’zlaricha tassavur eta oladilar. Men orqadan yoki tahliliy izlanish haqida gapirganimda shu qobiliyatni nazarda tutdim.

-         Tushundim, - dedim men.

-         Endi bu ish ham shunaqa edi, sizga natijasi taqdim qilingan va qolgan hammasini o’zingiz topishingizga to’g’ri kelardi. Izlanishimning turlicha qadamlarini sizga tushuntirishga harakat qilsam. Boshidan boshlasam, o’zingiz bilasizki, uyga o’z oyog’imda hamda miyamni har xil taasurotlardan butunlay tozalab yaqinlashdim. Tabiiyki, yo’lkani ko’zdan kechirishdan boshladim va sizga allaqachon tushuntirib berganimdek, izvoshning aniq izlarini payqab qoldim. Surishtiruv davomida ishonch xosil qildimki, bu o’sha tunda qoldirilgan ekan. Buni keb ekanligini xususiy izvosh emasligini aravaning ensizligidan aniqlab, qanoatlandim. Londonning oddiy ot-izvoshlari jentlmenlarning hashamdor izvoshlaridan anchagina ingichkaroq xisoblanadi.

“ Bu eng birincha qo’l kiritgan dalilim edi. So’ng, loyli tuproqdan tashkil topgan bo’lgan va taasurotlar uchun ayni muddao bo’lgan bog’ bo’ylab sekin yurib bordim. Shubhasizki, sizga bu shunchaki bir balchiqning toptalgan yo’lidek ko’ringan biroq mening o’rgangan ko’zlarim uchun uning ustidagi belgilarning ma’nosi bor edi. Izquvarlik ilmida oyoq izlarini kuzatish san’ati kabi eng muhim hamda eng e’tibordan chet qolmagan biron boshqa butoq yo’q. Yaxshiyamki, men doim unga katta e’tibor qaratganman va ko’plab amaliyotlarim uni men uchun ikkinchi xislatga aylantirgan. Men mirshabning og’ir oyoq izini shu bilan birga men bu bog’dan birinchi o’tgan ikki erkak kishining izlarini ham payqadim. Ularni boshqalaridan oldinroq bo’lganini aytish oson edi, chunki ba’zi joylarda ular ustidan boshqalari ezib o’tilishidan butunlay yo’qolib ketgandi. Shu yo’sinda ikkinchi ip ham aniqlandi va bu menga tungi tashrifchilar ikki kishi ekanligi a’yon bo’ldi – birinchi bo’ydor edi ( buni qadamlari kattaligidan chamaladim ) va boshqasi chiroyli kiyingandi, buni esa oyoq kiyimining kichikroq va nafisligidan bilish mumkin edi.

Uyga kirishda, oxirgi xulosam tasdiqlandi. Yaxshi poyabzalli kishi meni yonimda yotar edi. Novchasi, demak qotillikni qilgandi, agar bu chindan ham qotillik bo’lgan bo’lsa. O’likning tanasida yaralanish yo’q edi lekin uning yuzidagi hayajonlangan ifoda meni u boshiga tushgan qismatini oldindan bilganiga ishontirdi. Yurak kasalligidan yoki boshqa qo’qqisdan keladigan tabiiy sabablardan o’ladigan kishilar, ifodalarida hayajonni namoyish qilishga ulgurishmasdi. Murdaning lablarini xidlab turib, nordon xidni aniqladim, va unga majburlab zahar berilganini xulosa qildim. Yana, uni majburlanganiga isbot sifatida uning yuzidagi nafrat va qo’rquvni aniqladim. Istisno qilishlar usuli orqali, bu natijaga yetib keldim sababi boshqa gipotezalar faktlarga to’qnash kelmasdi. Bu g’oya avvallari bo’lmagandek tassavur uyg’onmasin. Zaharning majburan berilishi jinoyatlar yilnomasida umuman yangilik emas. Odessadagi Dolski va Montpelliyerdagi Leturiyer ishlari har qanday zaharshunosning kallasiga o’sha zahoti uriladi.

Endi juda katta savolga – sababga yuzlansak. Agarda talonchilik qotillik sababi emasdi – hech nima olinmagandi. Siyosat sababmikan yoki unda ayolmikan? Shu savol men bilan yuzlashdi. Birinchi sababdan narigisiga tomon moyil bo’la boshlagandim. Siyosiy qotillar ishlarini bajarardilaru, uchib ketishardi. Bu qotillik esa aksincha, shoshilmasdan qilingandi va buni qilgan xonada izlarini qoldirib, shu yerda ekanligini ko’rsatib turardi. Bu siyosiy bo’lmasdan, shaxsiy masala bo’lgan bo’lishi kerak edi, qotillik rejali qilinganiga ishorat bor edi. Devordagi yozuv kashf qilinishi bilan men o’z fikrimga yanada moyillashdim. Yozuv shunchaki ko’r-ko’rona edi. Uzuk topilganda esa masala hal bo’ldi xisob. A’yonki, qotil uzukni biron bir marhum yoki yo’qolgan ayolni qurboniga eslatish uchun ishlatgandi. Bu nuqtada, men Gregsondan Klivlendga jo’natilgan telegrammasidan janob Drebberning sobiq mavqeyi qanday bo’lganin surishtirgan-surishtirmaganini so’radim. U esingizda bo’lsa kerak, salbiy javob qildi.

Keyin men xonani ehtiyotkorlik bilan ko’zdan kechirib chiqishga tutindi va bu meni qotilning bo’yi haqidagi fikrimni tasdiqlab, Trichinopoli sigarasi va tirnog’ining uzunligi haqidagi qo’shimcha tafsilotlar bilan to’ldirdi. Allaqachon xulosaga kelib bo’lgandim – bu yerda biron bir qarshilik alomatlari yo’q bo’lgandan keyin, polni qoplagan qon qotil hayajonga to’lgan vaqti burnidan to’kilgandi. Kuzatib, qonning yo’li uning oyog’ining yo’liga mos kelishini aniqladim. Kamdan-kam xollarda biron odam, agar u qoni ko’p bo’lmasa, bunday hayajonda o’zini yo’qotib qo’yardi va shundan tavakkaliga jinoyatchining taxminan baquvvat va qizil yuzli bo’lishi ehtimolligi fikriga keldim. Hodisalar esa meni to’g’ri xulosa qilganimni tasdiqladi.

Uydan chiqib, ayni Gregson e’tibordan chetda qoldirgan ishni qildim. Klivlenddagi politsiya boshlig’iga telegraf yozdim, surishtiruvimni doirasini cheklab, uni Enox Drebberning turmushiga bog’ladim. Javob hal qiluvchi bo’ldi. Unda menga Drebber allaqachon muhabbat borasidagi Jefferson Houp ismli eski raqibidan qonun doirasida ximoya olish uchun murojaat qilgani va aynan shu Houp Yevropada ekanligi yozilgandi. Jumboqning kaliti qo’limda ushlab turganimni bilardim va qolgani faqat qotilni tutish edi.

Allaqachon ongimda Drebber bilan uyga birga kirgan shaxs, kebni haydab kelgan odamdan boshqasi emasligini belgilab olgandim. Ko’chadagi belgilar menga ot o’zini xuddi birov uni boshqarmagandek tutib tentiragandi. Haydovchi uy ichida bo’lmasa, unda qayerda bo’lishi mumkin edi? Ta’kidlaymanki, biron aqli raso odam oldindan o’ylab olgan qotilligini ayni unga keyinroq xiyonat qilishi aniq bo’lgan uchinchi shaxsning ko’z o’ngida sodir qilmaydi. Nihoyat, agar biron odam boshqasini London bo’ylab itdek ta’qib qilishni istasa, keb haydovchisi bo’lishidan boshqa yaxshiroq chorasi yo’q edi. Bu mulohazalarning hammasi meni qat’iy xulosaga olib keldi – Jefferson Houp shahar markazidagi izvoshchilari orasidan topilardi.

Agar u aynan o’sha joyda bo’lgan kimsa bo’lsa, u ishini yakunlaganiga ishonishga sabab yo’q edi. Aksincha, uning nazdida qo’qqisdan o’zgarish e’tiborni o’ziga jalb qilish ehtimolini berardi. U, hech bo’lmaganda bir qancha muddatga ishini davom ettirishi mumkin edi. U soxta ism bilan yurganini tusmol qilishga sabab yo’q edi. Hech kim uning haqiqiy ismini bilmaydigan yurtda uni o’zgartirishga na xojat? Shunday qilib men ko’chadagi izquvar korpusimni tashkillashtirdim va ularni toki ular men istagan odamni topishguniga qadar, tizimli ravishda Londondagi har bitta keb egalari huzuriga jo’natdim. Ular bunga qanchalik zo’r muvaffaq bo’lishgani, bundan qanchalik tez foydalanib qolganim hanuz xotirangizda yangi bo’lishi kerak. Strenjersonning o’limi butunlay kutilmagan hodisa edi biroq bu ishda uni oldini olishning imkoniyati yo’q edi. U orqali, bilganingizdek, mavjudligini allaqachon faraz qilgan dorilarga ega bo’ldim. Ko’rib turganingizdek, butun ish – bironta xatoligi yoki uzilishi bo’lmagan mantiqiy ketma-ketlik zanjiri bo’ldi.

-         Bu ajoyib! – xitob qildim, - sizning xizmatlaringiz omma oldida tan olinishi kerak. Siz bu ishning bayonotining chop etishingiz kerak. Agar siz qilmasangiz, unda o’zim shunday qilaman.

-         Istaganingizni qilishingiz mumkin, Doktor, - javob qildi u, - Buni ko’ring! – davom etdi, menga ro’znomani uzatib turib, - bunga qarang!

U bu kunning Exo ro’znomasi edi va u ishora qilgan satri shu ishga bag’ishlangandi.

“ Jamoat – deyilgandi unda, janob Enox Drebber va janob Jozef Strenjersonning o’limida gumonlangan kishi Houpning o’limidan so’ng, hayajonli onlarni yo’qotdi. Bu ishning tafsilotlari hech kimga ma’lum bo’lmasligi ehtimol, biroq biz rasmiylardan jinoyat eski adolat va romantik adovat natijasi ekanligi va muhabbat va Mormonchilik unda o’rin olgani haqida habar oldik. Ko’rinishicha, ikkala qurbon ham, yoshligida So’nggi Kun avliyolari (Mormonlar – izoh) a’zolari bo’lishgan va vafot etgan Houp ham Tuz Ko’li shahridan bo’lgan. Bu ishga ta’siri bo’lmasada, hech bo’lmaganda izquvar politsiya kuchlarimizning hayratlanarli usullarining samardorligini yuzaga chiqarib, barcha xorijliklarga yaxshigina dars bo’lib, o’z adovatlarini vatanida qilishi ko’ngilli bo’lishi va ularni Britaniya tuprog’iga olib o’tmasalar aqldan bo’lishiga chaqiradi. Bu topqir qo’lga olish ishi butunlayiga Skotlend Yarning taniqli rasmiylari janoblar Lestreyd va Gregsonga tegishli ekanligi ochiq sirdir. Kimsa, anglashilinishicha bir janob Sherlok Xolmsning uyida qo’lga olingan bo’lib, u o’zi bir izquvar ham, izquvarlik jabhasida biroz iste’dod ko’rsatgan bo’lib, yo’lboshchi bilan o’zining mahoratida biron bir darajaga chiqsa ehtimol. Ikki ofitserga esa xizmatlarini munosib e'tirof etish sifatida biron bir minnatdorchilik taqdim etilishi kutilmoqda. “

-         Boshlagan vaqtimizda, sizga aytmaganmidim? – xitob qildi Sherlok Xolms kulib, - Alvonlik ishimizning natijasi shu – ularga mukofot berish!

-         Hechqisi yo’q, - javob qildim men, - daftarimda hamma faktlarim bor va omma bularni bilib oladi. Ungacha siz muvaffaqiyat xissi bilan o’zingizni qanoatlantirib turing xuddi mana bu Rim matalidagidek : “‘Populus me sibilat, at mihi plaudo, Ipse domi simul ac nummos contemplor in arca.’” ( Xaloyiq menga qarab pishillasa ham men o’zimga qarsak chalaman, uyimdagi qutimning tangalari bilan o’zim shod aylarman. )