November 6, 2023

Qilichqo'l botir qahramonligi. 

12-bob. Vodiyga qaytish. 2-qism.

Briksha uni bu turishini mutoyiba qildi.

-         Qo’ying, Shuhratbek! – dedi Briksha jilmayib, - askarlar ichida eng jasuri, Toshqinobodda bir qadamga ortiga yurmagan jasoratli jangchi mendek bir yigitchadan qo’rqsa!

-         Sen yigitcha emassan! – to’ng’illadi Shuhrat, - xon kutyapti, yur men bilan!

Qal’ada xatto soqchilar ham mudrab qolgan tun edi. Atrofdan bo’yo’g’lilarni huhlashiyu, chiyabo’rilarni qichqirishidan boshqa sado kelmasdi. Qorong’u tun edi. Xatto oy ham yo’q. Ko’chalar esa umuman ko’rinmaydi – zim-ziyo. Ba’zan bironta imorat Briksha va Shuhrat qarshisidan chiqib qolsa, juda yaqin kelmaguncha undan nari bo’lmas edilar.

Shu ketishda ular ko’shkni xon yotgan yotog’iga emas, balki ko’shk yonida tikilgan, zarhal matoli chodir qarshisiga kelishdi. Briksha hayron bo’ldi.

-         Nega bu yerga keldik? Xon xazratlari, ko’shk ichida emasmi?

-         Xon ichkarida! – qisqa qildi Shuhrat va yana shubhayu, gumonlari bilan nari ketdi.

Briksha chodirni kirishidagi matoni avaylabgina ko’tarib, ichkariga kirdi.

Ichkarida u o’ziga tanish, mudhish yuzli, qotma Todoni ko’rdi. Todo uzun qisiq ko’zlari bilan Muqimxonga o’z tilida nimanidir uqtirayotgan edi. Brikshani ko’rdiyu, jim bo’ldi. Xon esa to’satdan xitob qildi:

-         Sehrxon yangi reja tuzibdi! - deb gap boshladi u, - u bor kuchini To’liqbek va men birlashmasimizdan yo’q qilishga safarbar qilibdi. Vilyam bilan ham vaqtincha sulh tuzib olibdi. Bizning bu yerdagi kuchimiz esa Sehrxonni yangidan qurilgan, kuchli qo’shiniga bas kela olmaydi. Uni qo’shini chet ellarda o’qigan odamlar tomonidan boshqarilar ekan. Biz sen - Qilichqo’ldan shuni istar edikki, hozir ikkiga bo’lik kuchlarimizni bir qilishda bizga yordam bersang!

Briksha Todoga qaradi. Uni yuzida hali shumlik balq urib turardi. Briksha undan ko’z uzmasdan, xonga shunday dedi:

-         To’liqbekni qushbegi bo’lishiga rozi bo’ling!

-         To’liqbek faqat buni o’zini shart qo’ymagan, - dedi Todo, bidirlab, - u menining yaxshi niyatlarimni tushunmasdan, netmasdan, meni xonni ustidagi odam deb ko’rmoqda.

Briksha qoshlari qisildi.

-         Unda nima qilish kerak? – so’radi u.

-         Biz seni To’liqbek yoniga elchi etib yuborishga qaror berdik, - dedi xon, - uni yoniga borib, ko’ndir. Shubhalarini arit. Tezroq bizga qo’shilsin. Shunda, Sehrxonni butunlay tor-mor qilgan bo’lamiz.

Briksha birpas o’ylanib turdi.

“ Unday qil, bunday qil. Bunaqasi ketmaydi. Tiriklar Tirigi o’g’li Briksha garchi Sehrxondek bo’lmasa ham, butunlay esini yemagan. “

Shuni o’ylab turib, Briksha boshini shart ko’tarib, xonga qattiq tikildi.

-         To’liqbekni o’zim ko’ndiraman. Lekin, xon, mening ham shartim bordir.

-         Ayt!

-         Xon, o’zingiz ko’rdingiz – Sehrxon o’ziga ishonchli kishilarini saralab olib, qanday saltanat bunyod etganini. Xalq esa Sehrxon davrida ham, avvalgi zamonlardagidek zulm chekkanini. Endi bunday bo’lmasligi, xon! Xalqqa ishonch bildiring! Ularni o’qiting! Dunyo ko’rsating! O’zingizga yaqin qiling! Ulardan shu tariqa foydalaning!

Xon qovog’i uyulib ketdi. U bunday gap-so’z kutmagandi. Ammo, Brikshani ham gapida jon bordek tuyuldi. Atrofida xalqdan chiqqan aqlli, tadbirli insonlar bo’lishi... nimasi yomon? Sehrxondek zamonaviy qo’shin tuzardi. Ehtimol, bu g’alato’plarni ham, poshsholarni ham uzoq qilgan bo’lardi...

-         Nima kerak, bu uchun? – so’radi xon.

-         Tanlash huquqini bering. Xalqqa vakillardan bir idora tuzishlariga ruxsat bering. Men borgan joylarda, xalq ana shunday boshqariladi. Hukmdor bu vakillarga quloq tutib, ish ko’radi. Siz ham shunday qiling!

Qovog’idan qor yog’ayotgan Todoga ishora qilib, Briksha qo’shimcha qildi :

-         Ularda ham shunday hukumat bor! Shunday emasmi?

Muqimxon bir oz asabiylashib oldi. Mustamlakachi, yovuz kishilardek davlat qurish! To’g’ri, komnvelda yashadi, ularni o’rgandi lekin... xalq qanday qabul qiladi buni? Xalq axir, xonlikdan boshqa narsa ko’rmagan. Muqimxon anchagacha jim o’ylandi. Keyin nimadir unga dalda berdi.

-         Shunday bo’laqolsin, Qilichqo’l botir! – dedi u, - biz Todo bilan Sehrxonga qarshi birinchi yurishga qaror qildik. Suruvmakondan chiqqandan keyin Xurramobod tekisliklariga jangovar tug’ o’rnatamiz. Sen esa To’liqbekka hammasini ayt. Bu mening qarorim!

Briksha suyunib ketdi. U xonga xurmat bilan chuqur ta’zim qildi.

“ Chindanam, oldinroq xon huzurida bo’lishim kerak edi! “ deb o’yladi u ichida.

U chodirdan chiqasolib, otxonaga qaytdi va bo’z tulporini egarladi, bo’xchasiga narsalarini joyladi va o’sha zahoti qasrdan qushdek uchib ketdi.