Qilichqo'l botir qahramonligi.
Yangi sahifa
- Sehrxon sharmandalarcha qochdi!
Makonning har bitta qishlog’ida, shahrida, har bitta maskanida ushbu sadolar uzukkun yangradi.
Birgina Sargonus egallab turgan dengizbo’yi qal’asidan tashqari har bitta Makon zamini g’alabadan shodu-xurram bo’ldi.
Muqimxonning lashkari bo’lsa bu paytda tarixiy bosh kent – Xurramobodga tantanalar, shodliklar, qo’shiqlar va baqiriqlar sado ostida qaytmoqda. Xon Todo sovg’a qilgan kajava ichida mag’rur ketmoqda. Uni ikki yonida ot ustida ikkita – bittasi sobiq va ikkinchisi yangi qushbegilar ham chuqur – chuqur nafas olib, ko’zlarini masrur ochib-yumib yo’lga chiqqan.
Lashkar juda uzun edi – o’n beshmingdan ziyod askarlar ketardi. Oralarida mingboshilar qatori ham bor edi. Mingboshilar bugun faxrga to’lgan. Ko’zlarini ko’zida quvonch yoshlari. Ba’zilari bir-biriga so’z qotib, endi hayotlari izga tushib ketishlari haqida jo’shib so’zlashishmoqda. Ularning ko’plari hali yigirma beshdan o’tmagan yosh yigitlar. Oralarida sal qorachadan kelgan, ko’zlari ko’m-ko’k bir yigitcha esa indamasdan, boshini quyi solib ketmoqda. Uning qalbi bo’shab, huvillab qolgandi. U o’zini shu tobda, o’zi yengganlardan yaxshiroq emasdek xis qilardi.
Briksha sal narida, arava ustida yotgan do’sti – Ergashga qarab ot soldi. Ergash ko’zlari yarmi yumuq, arava ichida inqillab ketardi.
- G’alaba qildik... Qilichqo’l..., - dedi Ergash Brikshaga ko’zi tushib.
Briksha uni ko’nglini ko’tarish uchun zo’rma-zo’raki tabassum qilib qo’ydi.
Ergash yonida bu safar tilla sopli qilich taqqan va gerdaygan Tuman ketardi. Tuman bosar-tusarini bilmay qolgandi. Salgina oldin, kecha o’ljalarni tarqatish boshlanganida har ikki tomonda xalok bo’lganlarni xurmat ham qilmay tilla tishlarigacha sug’urib olganini Briksha ko’rib, ko’ngliga unga nisbatan kek oraladi. Tuman o’shanda o’zicha bunday qilganini sababini, g’alato’pda o’qigan dorilfununda o’liklarga baribir ekanini, ularga endi hech nima kerak bo’lmasligini o’qiganini aytganda ham Briksha ham, uni yonida turgan Muzaffar va Omon ham birdek jirkanib ketishdi.
Ha, lekin birgina Tuman emas, butun boshli qo’shin – undan keyin esa xalq talonchilikka o’tib ketdi. Sehrxondan qolgan hamma narsa, yig’ishtirib olinmasdan balki askarlar va olg’ir odamlar orasida taqsimlandi. Ko’plar osongina boyib ketdi. Bunga xon ham, To’liqbek ham ko’z yumdi – umuman bu haqida og’iz ham ochmadilar. Uni o’rniga g’olib qo’shin qo’mondonlariga yer, mol-mulk bo’lib berish haqida o’yladilar. Xullas, hammasi shu qadar xunuk ediki, Briksha ko’ngli vayron bo’ldi.
Briksha yana bu odamlardan hayron bo’lardi. Xuddi hammasini ular qilganidek! Xon ham, To’liqbek ham, ularning katta amaldorlari ham jangda ishtirok etmadi. O’zlari uzoqda qolishdi. Bo’lgandaki, xuddi barcha muammolar, barcha zulm, barcha xatar birgina jangda tugab ketganidek suyunishganichi!
Aslida, bu yangi sahifa, bundan keyin nima qilmoqlik hammasi ularga bog’liq edi. Xalqqa suyanishsa, xushyor bo’lishsa g’olib keladilar. Xalqdan yuz o’girsalar va beg’amlikka berilsalar yana ustlariga Sehrxondek yoki Vilyamdek yoki komnvellardek dushmanlar kirib kelaverishadi.
Shunisi aniq ediki, Sehrxon qayerda bo’lsa ham, hali tirik edi. Ostmenlar ham qochib ketishmadi – hamon Makonga qo’shni o’lkalarda turib, kim bilsin yana qanday rejalar tuzishardi. Todor Yasuvski – Todo Yasuning ham shunga o’xshash rejasi bor edi. Ular bu g’alabani xuddi Briksha kabi yangi sahifa o’laroq qabul qilishdi. Bu yangi sahifada ular Makon davlatini uzul – kesil tugatib, bo’lib olishni maqsad qilishgan edi.
Makonning qayeridadir esa butun koinotni o’zgartirishga qodir “Sun’iy Olmos” saqlanardi...