Qilichqo'l botir qahramonligi
10-bob. Mudhish falokat. 1-qism.
Ichkariga basavlat, beliga ayri shamshir taqqan, qo’lida uzun burunli miltiq ko’tarib olgan harb kishisi kirib keldi.
U ichkaridagilarga bir qur nazar tashlab, ichida eng yoshi katta ko’ringan Ergashni yoniga keldi.
- Qilichqo’l senmi? – dedi salkam pichirlab u.
Ergash esa boshi bilan yonida o’tirgan qoracharoqdan kelgan, ko’zlari yashil-moviy tusda, egnida oq yaktak kiygan, baquvvat bo’lmasada, bilakdor bo’lgan yigitga ishora qildi. Yigit undan ko’z uzmay turardi.
Yigit shunda Brikshani yoniga kelib, o’tirdi.
- Chindan ham Veydni, Markoni o’ldirdingmi? – so’radi u.
Ammo Briksha tasdiqlamadi. U Markoni olomon, Veyd esa ichidagi eng mergan – Muzaffar o’ldirdi deb aytdi.
- Lekin sen sababli bu ikkisi o’ldi, shunaqami? – so’radi u yana o’shandek tovushda.
- Juda soz. Unda, Sobiqxonni ham o’ldirasan.
- Unda nima qasding bor, o’zi?
- Men unga sodiq edim. Aytganlarini bajarardim. Eng sodiq insoni edim. Intiqom olmoqchiman.
Kishi boshqa hech nima demadi. Briksha ham, o’tirganlar ham hammasiga tushundi.
- Sobiqxon oldiga bitta sen kira olasan, - dedi sal jimlikdan keyin harb kishisi, - Sobiqxon odamlariga seni tutishni, men habar jo’natgan paytimda buyurdi. Seni asir qilib olib kiraman.
- Bizchi? – so’radi Muzaffar bu harb kishisidan shubhalanib.
- Siz shu yerda qolishingiz yo qaytib ketishingiz mumkin, - dedi harb kishisi, - sizlarni bu yerda payqab qolishsa ham alohida e’tibor berishmaydi. Sobiqxon ham, Sehrxon ham, isyonni markazida Qilichqo’l turganini biladi. Qilichqo’lni qo’lga olsak, vodiy o’z-o’zidan tinchiydi degan fikrda.
Ergash bosh irg’adi. Va Brikshaga nima deysan degandek tikildi. Briksha bo’lsa, bir qarorga kelib ulgurgandi.
Beshsuv markazidagi Uchhovuz shahri Ko’ksuv qishlog’iga ulanib ketgan edi. Bu joyning obodligi qishloqnikidan ham go’zal bo’lib, bog’lar, saroylar va chiroyli maktab, dorilfunun, karvonsaroy, elchixona kabilar katta ahamiyatga ega binolar qad rostlagan edi. Lekin ulardan ham muhimi, xuddi qal’a kabi devorlar bilan o’ralgan Sobiqxon qo’rg’oni – ark qism edi. Ark qismda ko’hna qasr yangi rang va ishlov berilib, chet el naqshlari bilan bezatilgan va tom va yonlar ham chet elchasiga qayta qurilmoqda edi.
Sobiqxon qurdirgan qo’rg’on darvozasidan Briksha ikkala qo’lini orqa qilib, bog’langan ko’yi o’tdi. Uni ortidan haligi harb kishisi va uni besh nafar qo’riqchisi kelmoqda edi.
Qo’rg’on oldida uch nafar nayza, to’rt nafar to’pponcha va uch nafar to’pchilardan o’tish Briksha o’zi o’ylaganidan ham silliq ko’chdi. Ular ortidagi harb kishisini ko’rdilaru, unga bosh egib, bir so’z demasdan darvozani ochib berishdi.
Harb kishisi ham ularni yonidan o’qrayib o’tib ketdi. Ichkari qo’rg’onda xaxolash, qiyqirash ovozlari eshitilib turardi. qo’rg’onda katta ziyofat o’tkazilmoqda edi. Harb kishisi Brikshani to’g’ri o’sha ziyofat kelayotgan tomonga boshladi. Qo’rg’on ichida bir bog’cha bor edi. U bog’chada temir naqshinkor, ustiga chirmoviqlar chiqarib qo’yilgan supalar bo’lib, bu supalarda juda bashang kiyingan janoblar oldilaridagi dasturhondagi ne’matlarni oshalab tiqib, ovqatlarini sachratib xaxolardilar. Ko’plari oddiy xalqni ustidan kulardi. Ko’plari ularni avomligidan, yana boshqalari esa o’zlarini maqtab zo’rma zo’raki xandon otishardi.
- Yaxshilikniyam bilmaydi – tunov bittasini bolasini maktabga jo’nattirsam, yalinib yolvoradimiyey meni qizim unday, bunday deb xaxaxa!
- Meni qullarim hammasi hozir Osmon mamlakatida boyvachcha bo’lib ketishgan, har kuni menga, oilasiga pul jo’natadi. Shular ketishdan oldin xuddi o’lgani ketgandek qaraganlarini ko’rganingda, vahhahhah!
Brikshani ko’ngli xira bo’ldi. Bu ziyofatni buzib tashlashni istadi. Ammo shoshilmaslik kerak.
Nihoyat, Briksha o’zi kutgan supasiga yaqin keldi. Harb kishisi uni issiq paytida to’n ustida to’n kiygan, baq baqalari osilib tushgan, xiyla Brikshadan pastqamroq, yuzi xuddi ari chaqqandek shishib ketgan, boshiga o’ragan sallasi yuziga noqulay kiyilgan kimsa – Sobiqxon o’tirgan supani to’g’risiga olib keldi. Harb kishisi birdan to’xtab e’lon qildi :
- Qarshilaringda – vodiy isyonchilarini kattasi – Qilichqo’l botir!
Ziyofat birdaniga tinchib qoldi. Sobiqxon g’ajiyotgan mol go’shti suyagini tovoqchasiga tashladi va turib sekin dastro’molchasi bilan og’zi atrofini artib olib, harb kishisiga yuzlandi.