OZISH TEZROQ BO’LISHI UCHUN OVQATLANISH TARTIBI
NONUSHTA
1. Suli (ovsyanka) yormasi va biroz quritilgan mevalar, kam yog’li sut va meva.
2. Zaytun moyi qo’shilgan sabzavotlardan salat. Butun donli nondan tayyorlangan
issiq sendvich.
3. Bir qoshiqcha mayiz bilan suli yormasidan bo’tqa.
4. Bir osh qoshiq o’simlik moyi qo’shilgan qaynatilgan grechixa.
5. Tuxum, kattaroq pomidor, pishloq va qora nondan sendvich.
6. Petrushka, rediska va ko’katlar qo’shilgan yog’sizlantirilgan tvorog.
7. Qaynatilgan tovuq bilan grechka, salat barglari.
8. Blenderda aralashtirilgan banan va yog’sizlantirilgan tvorog.
BIRINCHI TAMADDI
1. Brinza bilan meva yoki krekerlar.
2. Yog’sizlantirilgan tvorog, yangi yoki muzlatilgan mevalar.
3. Bir stakan kefir (1% yog’li) va ikki bo’lak donli non.
4. Bitta olma, yog’sizlantirilgan tvorog.
5. Yog’siz pishloq va parhezbop non.
6. Bitta qaynatilgan tuxum va bir stakan sabzavot sharbati.
7. Motsarella, rayhon va pishgan pomidor.
8. Bir stakan ryajenka.
TUSHLIK
1. Tovuq va sabzavotli sho’rva. To’g’ralgan pomidor, bodring, bulg’or qalampiri,
piyoz va salat barglari, zaytun moyi qo’shilgan holda.
2. Treska (baliq turi) bilan pishirilgan brokkoli. Yangi salat bargi.
3. Qaynatilgan, dimlangan yoki pechda pishirilgan terisi olingan tovuq filesi va
guruch. Sabzavotlardan yengil salat.
4. Bug’langan kartoshka bilan buzoq go’shti. Pomidor va brinzadan salat.
5. Dimlangan yoki qaynatilgan buzoq go’shti. Limon sharbati sepilgan yashil piyoz,
pomidor va zaytundan salat.
6. Bir bo’lak ikkinchi navli non bilan vegetariancha sho’rva. Zaytun moyi bilan
sabzavotlardan salat.
7. Grilda pishirilgan yog’siz baliq va qaynatilgan kartoshka. Limon sharbati sepilgan
ko’katlardan salat.
8. Dimlangan jigar va grechkali garnir. Sabzavotlardan salat.
IKKINCHI TAMADDI
1. Bir stakan prostokvasha (2,5% yog’li) va ikki bo’lak donli non.
2. Sulidan pechene, ko’k choy.
3. Tabiiy yogurt (1,5% yog’li), parhezbop non.
4. Yog’sizlantirilgan tvorog bilan asal.
5. Past kaloriyali yogurt, bir nechta sulidan pechenelar.
6. Qaynatilgan tuxum, pomidor.
7. Qora non bilan kefir.
8. Bir stakan yogurt.
KECHKI OVQAT
1. Jigarrang guruch va qiymalangan mol go’shti bilan to’ldirilgan bulg’or qalampiri.
Yumshoq pishloq va biroz ko’katlar bilan cherri pomidorlari.
2. Sabzavotlardan garnir bilan baliq filesi. Tabiiy yogurt.
3. Grilda pishirilgan yoki dimlangan baliq. Limon sharbati bilan ko’katlardan salat.
4. Guruchdan garnir va atlantika lososi (сёмга). Pomidorlardan salat.
5. Kam yog’li sut, pomidor va yashil piyoz solingan ikkita tuxum oqsilidan omlet.
6. Pishloq, yog’siz buzoq go’shti va sabzavotli toblama (zapekanka). Ikkinchi nav
nondan buterbrod.
7. Dimlangan baliq. Limon sharbati bilan ko’katlardan salat.
8. Pechda pishirilgan yoki dimlangan buzoq go’shti. Yangi karamdan tayyorlangan
salat.