OZISH UCHUN KELGUSI 30 KUNGA 5 TA QAT’IY QOIDA!
1. Kuniga choy, qahva, kompot va yogurt ichishdan tashqari 1,5-2 litr suv iching. Har kuni tongni bir stakan toza suv ichish bilan boshlang. Ishga plastik idishda suv olib keting va ichib turishni unutmaslik uchun ko’zingiz tushadigan joyga qo’ying. Bir necha kundan keyin bu odat bo’lib qoladi. Lekin ovqatdan keyin kamida bir soatdan keyin suv ichish mumkinligini yoddan chiqarmang.
2. O’z ratsioningizdan shirinliklar, non, fastfud, yog’li, qovurilgan ovqatlarni chiqarib tashlang. Bularning barchasini mevalar, pechda pishirilgan taomlar va vitaminli salatlar bilan almashtiring. Agar shirinliksiz juda ham bo’lmasa, bir bo’lakcha achchiq shokolad iste’mol qilishga ruxsat etiladi. Va albatta, do’konga faqat to’q qorin bilan boring. Och qoringa siz to’g’ri ovqatlanish tamoyillariga zid bo’lgan taomlarni xarid qilib qo’yishingiz mumkin.
3. Nonushta, tushlik va yengil kechki ovqat sutkaning bir vaqtiga to’g’ri kelishi kerak. Asosiy ovqatanishlar orasida kichik tamaddilarni qo’shing: proteinli batonchiklar, quritilgan mevalar, uyda tayyorlangan yogurt, parhezbop nonlar, kam yog’li pishloq, meva va sabzavotlar. Shunday qilsangiz, organizm ochlikdan «vahimaga» tushmaydi va zaxiraga energiya to’plashga harakat qilmaydi.
To’g’ri ozish — 7 kun ichida bir kilogramm vazn tashlashdir. Bu bir oyda 4 kg`ga ozish demakdir. Ha, sizga ozish jarayoni asta tuyulishi mumkin, ammo bu tariqa siz yana tezda ortiqcha vazn yig’ib olmaysiz. Va bu katta plyus.
4. Harakat qiling. Agar siz ixtisoslashgan klublarda sport bilan shug’ullanmasangiz, har kuni kechqurun piyoda yurib, kunora uy sharoitida ozish uchun mashqlar qilishingiz mumkin. Ish joyida ko’p o’tirib qolmang. Har 20-30 daqiqada o’rningizdan turib, ofis bo’ylab yuring. Harakat qilganingizda, organizm tiriladi, u ortiqcha zaxiralardan xalos bo’ladi va kislorod bilan to’yinadi.
5. Siz ozish uchun harakat qilayotganingizni unuting. O’zingizni mukammalroq bo’lishga yordam beradigan sog’lom turmush tarziga o’tdim deb moslashtiring. Jarayondan zavq oling va ijobiy munosabatni saqlang. Ozish uchun qilgan harakatlaringiz natijasini baholash uchun har bir kursni boshlashdan oldin vazningizni o’lchang, rasmga tushing va o’z parametrlaringizni o’lchang.
Do'stlaringizga ulashing! @muskul_chiq