September 19

“Ochiq eshiklar kuni” da ijod va mahorat namoyishi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida maktabning turli to‘garak a’zolari o‘z ijodiy ishlarini namoyish etdi. Ko‘rgazmalarda o‘quvchilarning mahorati aks etgan asarlar bilan bir qatorda, konsert dasturi ham taqdim etildi.

Mehmon sifatida tashrif buyurgan ota-onalar va yoshlar maktabda faoliyat yuritayotgan 7 yo‘nalishdagi to‘garaklar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu ularga farzandlarining qiziqishlari va iste’dodini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ayniqsa, “Milliy raqs” to‘garagi a’zolarining tojikcha va buxorocha raqslari, shuningdek, qo‘g‘irchoq teatri sahna ko‘rinishlari tadbirga o‘ziga xos ruh va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Shu tariqa, “Ochiq eshiklar kuni” nafaqat o‘quvchi-yoshlarning iste’dodini namoyish etish, balki ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Shaxnoza RAXMONOVA, Sharof Rashidоv tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi bo`lim mudiri