@mustaqilgazetasi
324 posts

Tabiatni sevgan bola - kelajakni asraydi

Bulung‘ur tumanidagi 26-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida yozgi mavsum munosabati bilan “Ekologik tabiat bolalar nigohida” mavzusida tuman ko`rgazmali seminari tashkil etildi. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar uchun qiziqarli va mazmunli ekologik maydonchalar tashkil qilinib, ular tabiat sirlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Seminar doirasida bolajonlar hayvonot bog‘i, tozalik qutilari, Turon teatri, pazandalik bekati, kulolchilik ustaxonasi, o‘simlik yetishtirish hamda o‘g‘it tayyorlash maydonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Aniq maqsad bilan kelajak sari dadil qadamlar

Tadbir maktab o‘quvchilari, pedagoglar hamda faollar ishtirokida ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda yoshlarni qat’iyatli bo‘lishga, vaqtning qadriga yetishga, kelajak oldidagi mas’uliyatini chuqur his etishga undovchi fikr va mulohazalar o`rtaga tashlandi. Ta’kidlanganidek, insonning bugungi mehnati va izlanishi uning ertangi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam zamin yaratadi.

Yuksak ma`rifatli  avlod - kelajak bunyodkorlari

Tadbirda maktabning bitiruvchi o‘quvchilari, ustozlar, ota-onalar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etib, yoshlarga ezgu tilaklarini bildirdilar. Ayniqsa, bitiruvchilarning hayajon va quvonchga yo‘g‘rilgan qalb kechinmalari tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Ифлос ҳаво мияни “секинлаштираяпти”

Тадқиқот доирасида 45 ёшдан 85 ёшгача бўлган 40 мингдан ортиқ инсоннинг саломатлиги ва улар яшайдиган ҳудудлардаги ҳаво сифати таҳлил қилинган. Олимлар ҳатто расман “хавфсиз” деб баҳоланадиган меъёрлар доирасида ҳам ифлос ҳаво инсон миясига салбий таъсир кўрсатишини аниқлашган.

Тарқалган видео ортидаги аччиқ ҳақиқат ва таълим фожиаси!

​Жамоатчилик фаоли сифатида бу вазият бўйича қатъий талабларим ва айтар сўзим бор:

Айрим давлатларда ҳантавирус инфекцияси тарқалаётгани айтилмоқда

Қўмита раисининг биринчи ўринбосари Нурмат Отабековнинг маълум қилишича, ҳозирча мамлакатда ҳантавирус билан касалланиш ҳолатлари аниқланмаган. Унга кўра, вирусологик мониторинг ишлари доимий равишда олиб борилмоқда ва эпидемиологик вазият барқарор ҳисобланади.

Avlodlarni bog‘lagan ezgu rishta

Uchrashuv davomida nuroniylar tomonidan o‘tgan kunlar xotiralari, hayotiy saboqlar va yurt tinchligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar haqida samimiy suhbatlar qilindi. Ayniqsa, otaxon va onaxonlarning duoga yo‘g‘rilgan nasihatlari yosh avlod qalbida chuqur taassurot qoldirdi. Jajji bolalarning she’r va qo‘shiqlari esa tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Xotira - qalblarni munavvar etdi

Tadbirni maktab direktori Munira Xo‘jamova ochib, yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan insonlar xotirasi hamisha e’zozda ekanini ta’kidladi. U o‘z tabrik so‘zida yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va inson qadrini ulug‘lash ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifasi ekanini alohida ta`kidladi.

Ustoz xotirasi yod etildi

Tadbirga mehnat faxriylari, nuroniy ustozlar va jamoatchilik vakillari taklif etildi. Maktab sahnida yangragan samimiy so‘zlar, ezgu tilaklar va xotiraga yo‘g‘rilgan chiqishlar barchani o‘yga toldirdi. Ayniqsa, maktabda uzoq yillar samarali mehnat qilgan, ko‘plab shogirdlar qalbida chuqur iz qoldirgan faxriy ustoz Akbarali Muhammadiev xotirasiga bag‘ishlangan “Ustoz xotirasi — shogirdlar qalbida abadiy” nomli xotira kechasi barchani to`lqinlantirdi.

Orzularga  yo`l  ochgan  uchrashuv

Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining tajribali o‘qituvchilari maktabga tashrif buyurib, yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdilar. Ular nafaqat oliy ta’limga kirish sirlari, balki insonning o‘zini anglashi, o‘z yo‘lini topishi haqida ham qalblarga yetib boradigan fikrlarini bayon etdilar. Har bir so‘z, har bir maslahat o‘quvchilar qalbida yangi umid uchqunlarini yoqdi.