Yoz mavsumi zavqli va soz o`tmoqda
Maktabgacha yoshdagi bolajonlarning sevimli maskani bo‘lgan maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ayni paytda yozgi sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda. Nurobod tumanidagi 16-son davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida ham mavsum qiziqarli mashg‘ulotlarga boy tarzda olib borilmoqda.
Bolalar uchun mo‘ljallangan chiniqtirish va sog‘lomlashtirish maydonchalari mavsum oldidan shay holatga keltirilib, yengil va qiziqarli mazmunda chora – tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Chunki yozda asosiy e’tibor bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilgan. Bu esa bolalar o‘tilayotgan mashg‘ulotlarni oson qabul qilishga imkon beradi. Ochiq havoda o‘tilayotgan mashg‘ulotlar, suv, havo va qum o‘yinlarining o‘tkazilishi ularga yanada zavq berib qulaylik yaratmoqda. Ertaklar olamiga sayohat, turli sport va intellektual bellashuvlar mavsum mazmundorligini oshirmoqda. Ta’lim tashkilotimiz tibbiyot xodimi tomonidan jismoniy rivojlantirish ishlari nazoratga olinib, taomlantirish jarayonlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Nurobod tumanidagi 16-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori